1991 yilda e’lon qilingan Mustaqillik О‘zbekiston tarixida yangi sahifa ochdi



Download 97,72 Kb.
bet8/9
Sana31.12.2021
Hajmi97,72 Kb.
#240791
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Документ Microsoft Word

Portret san’atining ustasi


 


Ulug‘ insonlar suhbatini olish, ularga shogird bo‘lish juda katta baxt. Men ana shunday baxtiyor insonlardanman. Negaki, O‘zbekiston xalq rassomlari Abdulhaq Abdullaev, Chingiz Ahmarov, Ne’mat Qo‘ziboevlardan, ko‘pchilik qatori men ham san’atning nozik sirlarini o‘rgandim.

 

1987 yil, Qo‘qondagi san’at bilim yurtining to‘rtinchi bosqichida o‘qirdim. Shaharda yangi ochilayotgan teatr binosiga xalq rassomi Bahodir Jalolov devoriy rasmlar ishlayotganini eshitib, bir do‘stim bilan bordik. Ikkinchi qavatga ko‘tarildik, quruvchilarning qo‘li qo‘liga tegmaydi, ishlar qizigandan qizigan. Boshliqlar qurilayotgan bino xonalarini ko‘zdan kechiryapti. Teatr hovlisi qurilish mollari bilan to‘la. Tashqaridagi ochiq teatr tomoshagohi uchun o‘rindiqlar o‘rnatilmoqda. 



Do‘stim ozgina tomosha qildi-da, ishim bor deb ketdi. Men rassomlar ishini ko‘rmasdan ketolmasligimni aytib, qoldim.

Binoning ikkinchi qavatida Toshkentdan kelgan ikki rassom, balandligi 7-8 metr, eniga uzunligi 30 metrdan ziyodroq keladigan hajmda Qo‘qon hayoti va san’ati haqida katta devoriy rasm chizyapti. Ulardan biri o‘rta bo‘yli, jingalak sochli, iliq tabassumli, ikkinchisi baland bo‘yli, sochlari qora, oq yuzli, mo‘ylovli kishi edi. 

Ular vatman qog‘ozga tushirilgan eskizlarga qarab, figuralarni joylashtirish va rasmning baland joylariga chiqib ishlash uchun maxsus temir moslamalardan foydalanar, ikkinchi rassom kompozitsiya markazi bir joyda bo‘lishini aniqlamoqda. Men bunday katta monumental rasm ishlash jarayonini ko‘rmagan edim, ularning ishlarini kuzatish maroq va ilhom bag‘ishlar edi. Ulardan biri yaqinroq kelib, “Rasm chizishga qiziqasanmi, uka?” deb so‘radi. San’at bilim yurtida o‘qishimni eshitib, “Yaxshi-ku” dedi. 

O‘sha kuni ularga qo‘limdan kelgunicha ko‘maklashdim, keyin darsdan chiqib teatrga kelib rassomlarga yordam berishga odatlandim. Ulardan ko‘p san’at sirlarini o‘rgandim. Bilim yurtida rangtasvirchi rassom ustozlarim Maqsudjon Qosimov, Dilbar o‘ofurova, Alisher Hasanovlar dars berishar, ular bilan O‘zbekiston xalq rassomlari O‘rol Tansiqboev, Abdulhaq Abdullaev, Chingiz Ahmarov, Ne’mat Qo‘ziboevlar ijodi haqida suhbat qurar edik. Bu ham men uchun katta maktab edi.

Bahodir Jalolov devoriy rasmlarni ishlayotganda binolarni aniq, odamlar figurasini anatomik asoslarga tayangan holda chizar edi. Qo‘lidagi ikki metrli tayoq uchiga maxsus ko‘mirni bog‘lab chizar va rasmdagi qahramon harakatini ko‘rsatar, agar u raqqosa bo‘lsa, uning harakatidagi noziklik sezilib turardi. 

Bir kuni Bahodir akadan “Men Toshkentga borganimda rassom Abdulhaq Abdullaev bilan tanishtirib qo‘ysangiz” deb iltimos qildim. “Yaxshi, ikki kundan keyin Toshkentdan rassomlar keladi, eslatgin, tanishtirib qo‘yaman” dedi. 

Bundan oldinroq “San’at” jurnalining qaysidir sonida Abdulhaq Abdullaev ijodi haqida katta maqola berilgan, qiziqishni qarangki, o‘sha maqolani uch marta o‘qigan edim. Unda rus rassomi Ilya Repin o‘z yurtidan o‘qish uchun Peterburgga kelgani va unga rassom Ivan Kramskoy bilan uchrashishi lozimligini aytishgani hikoya qilingan edi. Yosh Repin uning oldiga kelsa, Kramskoy uyida yo‘q ekan. Lekin bo‘lajak shogird qaytib ketmasdan, ustozining uyi oldida ikki soatdan ko‘proq kutib turadi. Kramskoy kelib qarasaki, bir yosh yigit turibdi, undan kimni kutayotganini so‘raydi. U kelajakda rassom bo‘lish orzusida ekani va o‘ziga maslahat berishini iltimos qiladi. Kramskoy Repinning ixlosiga, toqatiga qoyil qolib, unga maslahat beradi. Sen ko‘proq o‘qishing lozim, bilki, gumroh odamdan hech qachon rassom chiqmaydi deb aytadi. Repin bu maslahatdan so‘ng o‘z ustida tinimsiz ishlaydi va kelajakda rus xalqining ulug‘ rassomi bo‘lib yetishadi. 

Bu hikoya mening ichki olamimni ag‘dar-to‘ntar qilib yubordi, qulog‘imdan ustoz-shogird so‘zlari ketmay qoldi. 

Bahodir aka aytganiday, ikki kun o‘tib Toshkentdan ko‘p rassomlar devoriy suratlarni ko‘rgani kelishdi. Ular ichida Chingiz Ahmarov, Ro‘zi Choriev va boshqa taniqli rassomlar bor edi. Ular kelib monumental devoriy rasmni ko‘rib, Bahodir Jalolovni tabriklashdi. Shunda men Bahodir akadan Abdulhaq Abdullaev kelmabdi-ku, deb so‘radim. “Ha, kelmabdi, hechqisi yo‘q, yur, deb Chingiz Ahmarov huzuriga boshlab bordi va u kishiga meni tanishtirdi. (Chingiz Ahmarov o‘rta bo‘yli, keng peshonali, sochlari oq, ko‘zoynak taqqan, istarali kishi ekan. Uni ko‘rgan odam nihoyatda madaniyatli insonligini tushunadi, biz bir umrga ustoz-shogird bo‘lib qoldik). Chingiz aka: “Yaxshi, menga bir qog‘ozga xat yozib ber, xatingni Toshkentda albatta Abdulhaqqa yetkazdirib beraman”, dedilar. Ustoz aytganidek, yozib berdim, ko‘ylagining cho‘ntagiga solib qo‘ydilar. 

Oradan kunlar o‘tdi, Bahodir aka devoriy rasmlarini tugatib Toshkentga qaytib ketdilar. Men yakuniy imtihonlarni tugatib, diplom himoyasiga tayyorlanib yurgan kunlarim o‘zim tug‘ilib o‘sgan qishloqqa borishga to‘g‘ri kelib qoldi. Uyga borsam, menga xat kelgan ekan. U O‘zbekiston xalq rassomi Abdulhaq Abdullaevdan edi. Xursand bo‘lib ketdim va xatni ovoz chiqarib o‘qib berdim. 

Qo‘qondagi bilim yurtini tugatgach, turli hajmda ishlagan rasmlarimni qo‘ltiqlab, dadam bilan Toshkentga yo‘l oldik. Avval Chingiz Ahmarovning ustaxonasiga keldik, ustoz bizni juda iliq kutib oldilar, ularnikida ko‘p o‘tirmasdan, Abdulhaq Abdullaevning uyiga birga jo‘nadik.    

Qo‘ng‘iroqni bosdik, ichkaridan, “Hozir” degan ovoz keldi va boshida andijoncha do‘ppi, yozda quyoshdan saqlanish uchun yashil rangli ko‘zoynak taqqan, oq yuzli, iliq tabassumli, yetmish yoshlardagi ustoz o‘zlari eshikni ochdilar. Salomlashdik, Abdulhaq aka: “Kelinglar, kelinglar” deya bizni ichkariga taklif qildilar. 

Ajoyib suhbat bo‘ldi. Ustoz chizgan kartinalarni, portretlarni tomosha qildik. Men chizgan rasmlarimni ko‘rsatdim. Ba’zilari ma’qul keldi, ayrimlari xususida mulohazalarini bildirdilar. 

Ustoz Abdulhaq Abdullaev dadamga “O‘g‘lingizni olib qolaman, qolgan bilimlarini mening ustaxonamda o‘rganadi” dedilar. Bu bag‘rikenglik, mehribonlikdan boshim osmonga yetgan, ichimda benihoya xursand bo‘lib turgan bo‘lsam-da, buni aytolmadim. 

Ustoz uyidagi portretlar galereyasiga olib kirdilar, u yerdagi asarlarini ko‘rib hang-mang bo‘lib qoldim. Galereyada akademik Habib Abdullaev portreti, rassom onasi portreti, baland bo‘yi bilan oq yaktakdagi avtoportret va rus rassomi Repinning mo‘yqalamiga mansub kompozitor Musorskiy portreti, Furqat surati, pokistonlik xonanda Axtar surati, Indira Gandi surati, Hindiston haqidagi etyud portretlari, natyurmort asarlari meni hayratga soldi. Chingiz Ahmarov ancha suhbatdan keyin Abdulhaq Abdullaevga ketishini aytdi va meni tabriklab qo‘ydi. Dadam u kishiga rahmat aytib kuzatib qo‘ydilar. So‘ng hovlida dadam bilan Abdulhaq Abdullaev o‘rtasida san’at haqida suhbat boshlanib ketdi, dadam ham dunyo va o‘zbek rassomlari haqida bilganlari bilan o‘rtoqlashdilar, suhbat oxirida dadam Abdulhaq Abdullaevga “O‘g‘limni sizga topshiryapman, eti sizniki, suyagi meniki”, deb, Qo‘qonga, uyga qaytishlarini aytdilar. 

Shu kundan rassom Abdulhaq Abdullaev ustaxonasida shogirdlik hayotim boshlandi. 

Ustoz juda talabchan, har bir so‘zidan donishmandligi sezilib turardi. U kishidan san’at sirlarini o‘rganish bilan birga hujjatlarimni oliygohga topshirishga tayyorladim. 

Ayrim shogirdlari Abdulhaq Abdullaevning talabchanligini injiqlikka yo‘yar edi, sababi ko‘plari bunday tartibga o‘rganmagan edi. Men uchun esa, u kishi butun boshli rassomlik akademiyasi edi, uylarida har kuni, har soat, har soniya san’at, hayot, buyuk avlodlarimiz haqida suhbat bo‘lar edi. Bo‘sh vaqtlarimizda rasmlaridan nusxalar ko‘chirar, ulug‘ faylasuflarning so‘zlarini yod olar edim va ustozning ko‘rsatmalari bilan natyurmortlar ishlardik. Har kuni hayot qaynar, o‘qigan kitoblarimiz haqida suhbatlashardik. Buyuk rassomlarning rasmlarini kuzatishimizni, hatto ko‘cha-ko‘yda yurganimizda, albatta qo‘limizda kitob bo‘lishini, bo‘sh vaqt bo‘ldi deguncha, mutolaa qilishimizni talab qilar, vaqtni bekor o‘tkazmaslikka undardilar.

Ustozning kitoblari ko‘p bo‘lardi. Bo‘sh vaqtlarimizda o‘qir edik. Ustoz, rassom — dunyo ko‘rgan, tafakkuri keng bo‘lishi kerak, der edilar. 

Abdulhaq aka menga va boshqa yosh rassom shogirdlariga biror yangi ish boshlayotgan bo‘lsa, har doim shoshilmaslikni maslahat berardi. Ustozning uyida hamma narsa aniq vaqt asosida amalga oshirilar edi. Har kuni ertalab erta uyqudan turilar, iloji boricha dars mashg‘ulotlari boshlanguncha biror narsa o‘qib qolishga harakat qilishimizni uqtirar edilar.

1993 yil hech esimdan chiqmaydi. Yosh Zahiriddin Muhammad Boburning bog‘da o‘zi “Voqealar” (“Boburnoma”) asarini yozib o‘tirgan holatdagi portretini ishlab ko‘rsatdim, mehnatim ustozga ma’qul keldi shekilli, portretni uyidagi kartinalar galereyasidagi asarlari qatoriga osib qo‘ydilar. Uylariga kim kelsa, ularga maqtab ko‘rsatgan edilar. 

Ustozimning o‘gitlari yangi asarlar yaratayotganimda qo‘l keladi. Jahon portret san’ati ravnaqiga munosib hissa qo‘shgan, o‘zbek portret san’atining mohir ustasi — O‘zbekiston xalq rassomi Abdulhaq Abdullaevni jonkuyar ustoz sifatida barcha shogirdlari hurmat bilan esga oladi.




Download 97,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish