3.3. XVIII asr
Drayden va Popning tarjima konsepsiyalari negizida boshqa element, ya’ni aniqlik va tushirib qoldirish muammosi o‘rasidagi tortishuvdan tashqari, tarjimonning o‘quvchi oldidagi ma’naviy vazifasi haqidagi masala namoyon bo‘ladi.
Matn ruhini bir xilda saqlab qolishga bo‘lgan turtki, zamonaviy talablarga javob beradigan matn tili va ma’no uyg‘unligini qayta yaratish talabi, keng miqiyosda ancha oldingi matnlarni qayta ko‘chirishga sabab bo‘ldi.
XVIII asr tarjimalaridagi muhim unsur har bir shaxsga o‘zining individual atamasi va o‘z doirasida munosib murojaat shakli o‘ziga xoslik konsepsiyasi o‘zgarishi bilan bog‘liq.
Pope misol sifatida Homerning tarjimalariga ma’lum munosabatini quyidagi “The Iliad” asarining Chapman tarjimasidan bir lavha keltirib qiyoslaydi.
Asarda keltirilgan misollarni qiyoslaganda Pope Andramaxi azob chekib, tushkunlikka tushsa, Chapman Andramaxi esa o‘z haq-huquqlarini himoya qilgan jangchi sifatida namoyon bo‘ladi.
Chapmanning to‘g‘ri fe’llardan foydalanishi sahna asariga drammatik bo‘yoq beradi. Ayni paytda Popning lotinlashtirilgan tarjimasida kutilayotgan o‘lim sahnasidagi vahima hissi oson qabul qilishnishiga urg‘u beriladi
Hattoki, qo‘rquv sahnasi ham farqli ravishda taqdim etiladi. Popning “Xudo yarlaqagan Hektori” tasviri Chapmanning qahramon o‘tinishi sahnasining uzoq tasvirlanishi bilan solishtiriladi.
She spoke; and furious, with distracted Pace,
Fears in her Heart and Anguish in her Face,
Flies through the Dome, (the maids her steps pursue)
And mounts the walls, and sends around her view.
Too soon her Eyes the killing Object found,
The god-like Hector dragg‘d along the ground.
A sudden Darkness shades her swimming Eyes:
She faints, she falls; her Breath, her colour flies. (Pope)
Thus fury-like she went,
Two women, as she will’d, at hand; and made her quick ascent Up to the tower and press of men, her spirit in uproar. Round She cast her greedy eye, and saw her Hector slain, and bound T’Achilles chariot, manlessly dragg‘d to the Grecian fleet,
Black night strook through her, under her trance took away her feet.
(Chapman)
XVIII asr tarjimon taqlidchi yoki rassom sifatidagi asliyat va kitobxon oldidagi m’anaviy burchi konsepti keng tarqalgan, biroq bir qancha muhim o‘zgarishlarga uchragan badiiy asar o‘zgartirilishi jarayonini tasniflaydi va tasvirlaydi.
Gyote (1749-1832) har qanday adabiyot, tarjimaning uch bosqichini bosib o‘tishi lozim, garchi bosqichlar doimiy ravishda takrorlansa-da, yagona til tizimida bir paytning o‘zida joy olishi mumkin, deydi.
Ilk davr “bizni bizning sharoitda xorijiy mamlakatlar bilan tanishtiradi”. Bu yerda Gyote Lyuterning nemischa Injilidan bir parchani ushbu tendensiyaga misol tariqasida keltiradi. Ikkinchi bosqich shundan iboratki, so‘zlarning o‘rni almashtirilib o‘zlashtiriladi, bu yerda tarjimon xorijiy matnni o‘ziga qabul qilib oladi va uni o‘z atamlari bilan qayta ishlaydi. Bu yerda Gyote Vilandning fransuz tarjima an’analarini keltiradi (nemis nazariyotchilari tomonidan mazkur an’anaga past nazar bilan qaralgan). Uchinchi bosqichni u eng yuqori bosqich deb hisoblaydi. Bu asliyat va tarjima matni orasidagi umumiylikka erishishga harakat qiluvchi bosqichdir. Bunga erishish asliyatning yangi shakl va mazmun orasida yangi “manera”ni yaratish orqali amalga oshadi.
Gyote Homerni tarjima qilgan Voss ishiga iqtibos keltirib, uni yuqori darajaga erishgan tarjimon sifatida ta’riflaydi.
Gyote tarjimadagi yangi orginallik konseptsiyasi bilan birga tarjimon chuqur unversal stukturalar ko‘rinishini bilishga intilishi kerak deb ta’kidlaydi.
Bunday qarashning muammoli tomoni shundan iboratki, notarjimaviylik nazariyasi tomon xafvli yaqinlashib boradi.
XVIII asrning oxirlari, ya’ni 1791-yilda Aleksandr Freyzer Taytler ingliz tilidagi tarjima jarayonlarining ilk sistematik tadqiqiga doir bir tomli “The Principles of Translation” asarini nashr qildirdi. Tytler tomondan uchta asosiy tamoyil belgilab olindi:
1) tarjima orginal asar g‘oyasining to‘liq stenogrammasini aks ettirishi lozim;
2) tarjima shakl va mazmuni asliyat bilan bir xil xususiyatga ega bo‘lishi lozim.
3) tarjima asliyat kabi to‘liq erkinlikka ega bo‘lishi kerak.
Taytler tarjima jarayoniga aniqlik kiritish uchun tushirib qoldirish yoki orttirish tarjimonning burchi deb hisoblasa-da, “parafraza” tushunchasi erkin tarjimalar ko‘payib ketishiga olib kelishini ta’kidlab, Drayden16ning ta’sir xususiyatiga o‘z munosabatini bildiradi.
U XVIII asr andozalari asosidagi tarjimon-rasson solishtirishidan foydalanadi, biroq farq shundaki, tarjimon asliyatdagi bir xil ranglardan foydalana olmaydi, shunga qaramay, uning tasvirida asliyatdagi ta’sir kuchi aks etishi talab qilinadi.
Tarjimon muallifning “qalbidagi eng nozik qirralarni his qila bilishi kerak”, ya’ni muallif tilidan gapirish kerak.
Draydendan Taytlergacha bo‘lgan tarjima nazariyasi san’at asarining muhim ruhi, qalbi va tabiatini qayta yaratish muammosi bilan bog‘langan.
Biroq formal struktura va o‘ziga xos qalb o‘rtasidagi ilgarigi dixtonomik (qarama-qarshi g‘oya orasidagi farq) ishonch yozuvchi sifatida oson qabul qilinadi. Davomiy ravishda ularning e’tiborini tasavvur nazariyasi muhokamasiga qaratadi. Oldingi fikrdan farqli o‘laroq, ijodkorning ma’naviy vazifasi Kolorij17 tarjimani “noo‘rin ko‘chirish” ya’ni “tarjima yangi hayot emas, balki nusxa yaratish” deb tasvirlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |