3. Misrda Ossuriya podsholigining hukmronligi. Miloddan avvalgi VII asrning birinchi yarmida Ossuriya davlati qaytadan kuchayadi. Asarxadon va Ashshurbanipal podsholik qilgan davrda Ossuriya qo`shinlari Misrga uch marta bostirib kirganlar. Ular aho-lini qirg`in qilib, Misr boyliklarini talab, aholining bir qismini qul qilib haydab ketganlar. Asarxadon Efiopiya Misr podshosi Taxarkani yengib, o`zini Efiopiya Misr podshosi deb e`lon qilgan. Ossur podsholarining Misrdagi hukmronligi 671-yildan 655-yilgacha davom etgan. Shu davr ichida Misrda Ossurlaiga qarshi Taxarka rahbarligida ikki marta qo`zg`olon ko`tarilgan, 663-yilda esa ossur qo`shinlari bilan Taxarkaning vorisi Tanutamon qo`shinlari o`rtasida qattiq jang bo`lib, jangda ossurlar g`alaba qozonadilar. Shu jangdan so`ng 25-Efiopiya sulolasi tugatiladi, mamlakat 20 nomga bo`linib ketadi. Nilning quyilishidagi Sais nomdavlati ossurlardan bir oz imtiyoz olib, o`zlarini mustaqil sezardilar. Sais hukmdorlari Misr taxtint egallash uchun harakat boshlaydilar.
4. Misrni qayta birlashtirish uchun kurash. Sais quyi Nil tar-mog`ining g`arbiy qismida joylashgan shahar boiib, atrofi botqoqliklar bilan qurshalgan edi. Sais hukmdorlaridan Psammetix I Lidiya, Yunoniston va Bobil bilan ittifoq bo`lib mamlakatdan efiopiyaliklarni va ossuriyaliklarni surib chiqargan. Shundan so`ng janubiy Misrda ham o`z hokimiyatini mustahkamlab, mamlakatni birlashtirgan. U 26-sulolaga asos solib, bu sulola miloddan avvalgi 663-yildan 525- yilgacha Misrda hukmronlik qilganlar. Psammetix I mamlakat obodonchiligi va xo`jaligini rivojlantirish ishiga homiylik qilgan.
Psammetix I ning o`g`li va taxt vorisi Nexo Misrni kuchli davlatga aylantirish uchun harakat qilgan. U Palastin va Suriya janubida Misr ta`sirini qayta tiklamoqchi bo`lib Frot daryosigacha siqib borgan. Karxemish yonidagi jangda uning qo`shinlari bobilliklardan yengilgan. Nexo davrida ham obodonchilik va xo`jalikni rivojlantirishga katta e`tibor berilgan. Xuddi shu davrda Qizil dengiz bilan O`rtayer dengizini birlashtiradigan 84 km uzunlikdagi kanal qazilgan. Kanal qurilishida asirlar, qullar va oddiy aholi ishlagan. Qurilish vaqtida 120 mingdan ortiq odam o`lib ketgan. Nexo buyrug`i bilan Finikiya dengizchilari Afrika atrofini aylanib chiqqanlar. Miloddan avvalgi 569-yili mamlakatda g`alayonlar boshlangach Misr taxtini sarkardalaridan bo`lgan Yaxmos II egallagan. U miloddan avvalgi 569525-yillarda podsholik qilgan. U Misr davlatini mustahkamlash uchun ko`p harakat qilgan. Lekin, Yaxmos II eroniylar Misrga bostirib kirmaslaridan bir oz oldinroq vafot etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |