19–20- sulolalar davrida Misr podsholigi Reja


Ramzes II vorislari davrida Misr



Download 96 Kb.
bet2/11
Sana20.04.2022
Hajmi96 Kb.
#566305
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
19–20-Sulolalar davrida Misr podsholigi

3. Ramzes II vorislari davrida Misr. Ramzes II miloddan avvalgi 1235-yilda vafot etadi. Taxtga uning o`g`li Merneptax o`tiradi. Merneptax davrida (1235–1215) Misrning kuch-qudrati susayadi. Bundan foydalangan g`arbiy cho`1 qabilalari Misrga bostirib kirib, Memfes shahrini qamal qiladilar. Shimoldan «dengiz xalqlari» Misrga bostirib kiradi. Misr qo`shinlari qo`shni qabila va xalqlar hujumini qaytaradi. Shu davrda Suriyada Misrga qarshi qo`zg`olon ko`tariladi. Misr qo`shinlari Suriya shaharlaridagi qo`zg`olonlarni qiyinchilik bilan bostiradilar. Misrning o`zida suriyalik Irou degan kishi qullar va osiyolik yollangan jangchilarga tayanib qo`zg`olon ko`taradi. Qo`zg`olonchilar boylar va ibodatxonalarning mulklarini talaydilar. Misr qo`shinlari qo`zg`olonchilarni shafqatsizlik bilan bostiradilar. Qo`zg`olonchilar qattiq jazolanadilar.
4. 20-sulola davrida Misr. Merneptax vafotidan keyin Misr taxtiga Setnaxt o`tiradi (1200). U ancha tadbirkor kishi bo`lib, Misrdagi mushkul ahvolni ancha yaxshilashga erishadi. Mamlakatdagi qo`zg`olonlar bostirilib, tartib o`rnatiladi. Setnaxtning o`g`li Ramzes III (1198–1166) davrida mamlakat xo`jaligini tiklashga katta e`tibor berilgan. Misr qo`shini kuchaytirilib, intizom yaxshilangan. U mamlakat ichidagi nizolarga qarshi kurash olib borgan. Liviyaliklar va «dengiz xalqlari»ning Misrga qilgan hujumlari qaytarilgan. U Suriya va Palastinda g`olibona urushlar olib borib, u yerda Misrning avvalgi ta`sirini tiklagan. Ammo Ramzes III podsholigining oxirlarida u bilan ruhoniylar, nom hokimlari va ayrim amaldorlar o`rtasida nizo chiqqan. Fitnachilar Ramzesga suiqasd uyushtirib miloddan avvalgi 1166-yili uni o`ldirganlar. Ramzes III o`limidan so`ng juda ko`p podsholar almashgan. Lekin ularning hech biri Misrning avvalgi kuch-qudratini tiklay olmagan. Nihoyat 1085-yili Ramzes XI vafotidan so`ng Misr fir`avnlarining 20-sulolasi tugatilgan. Yagona Misr davlati ikkiga bo`linib ketgan. Janubiy Misr Fiva hokimlari, Shimoliy Misr esa 21- sulola asoschisi Tanis hukmdori Smendes qoiiga o`tgan. Shu bilan Misr tarixidagi Yangi podsholik davri ham tugagan.

Download 96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish