19-mavzu. O‘qituvchi pedagogik faoliyatida kasbiy refleksiyaning o‘rni Reja


Refleksiya (lot. «reflexsio» - orqaga qaytish)



Download 62,18 Kb.
bet3/12
Sana21.05.2022
Hajmi62,18 Kb.
#606540
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
2 5424600581689840588

Refleksiya (lot. «reflexsio» - orqaga qaytish) - «har tomonlama barkamol rivojlangan insonning o'z xatti - harakatlari va ularning qonuniyatlami anglashga qaratilgan nazariy faoliyat shaklidir; inson ma’naviy dunyosining o'ziga xos yashirin hislatlarini ochib beradigan o'z-o'zini bilishga va anglashga qaratilgan faoliyatdir»1.
Ilk bor refleksiya tushunchasi qadimgi Yunon falsafasida yuzaga kelgan va insonning o'z ongida kechayotgan mulohazalari haqida. o‘zi fikr yuritishi jarayoni, o'z fikrlari mazmunini tahlil qilishga e’tiborini jalb qilishni anglatgan (Dekart). Sokrat. Platon, Lokk va boshqa yunon faylasuflari refleksiyani insonning o'z-o'zini bilishga, nimalarga qodir ekanligini e’tirof etishga qaratilgan faoliyati ekanligini ta’kidlashadi. Kant, Gegel, Fixte, Shelling kabi Yevropa fay lasuflari esa refleksiyaga insonning bilish qobiliyatlarini rivojlantirish asosi sifatida qarashganlar. Leybnits konsepsiyasiga muvofiq refleksiya insonning appersepsiyaga (idrokning inson o'tmishidagi tajribasiga va individual xususiyatlariga bog'liqligi) qodirlik xususiyati sifatida tilga olinadi.
Bugungi zamonaviy falsafada esa refleksiya nazariy va amaliy jihatdan farqlanadi. Birmchisi, inson tomonidan tushunchalaming rivojlanish jarayoni, yagona tushuncha doirasida bir ta’rifdan boshqasiga o'tish imkoniyatini beradigan metod sifatida; ikkinchisi esa, individual harakat yoki fikmi tushuncha bilan nisbatlash jarayoni, bunda nisbatlash oichovi ustidan nazorat ta’minlanishi kerak.
Hozirgi kunda falsafiy kategoriya sifatida o'rganilayotgan refleksiya psixologiya, sotsiologiya, sinergetika, mantiq, andrologika, evkistika, kibemetika va boshqa ko'plab murakkab fanlaming tadqiqot obyekti sifatida e’tirof etilib tadqiq qilinmoqda. Biz «refleksiya» kategoriyasiga pedagogika va psixologiya nuqtai nazaridan ta’rif beramiz va uning mohiyatini o'rganishda o'qituvchilar kasbiy faoliyatidagi o'mini tahlil qilishga batafsil to'xtalamiz.
Psixoiogiyada reflektsiya «subyeKt tomonidan о’zining ichki psixik jarayoni va holatlarini bilish, nazorat qilish» mazmunida talqin qilinadi.16 О ‘qituvchining pedagogik faoliyatida, refleksiyaning shaxsga nisbatan ahamiyatini o'rganishda bu tushunchaning ijtimoiy psixologik nuqtai nazardan ta’rifi mukammal ekanligi e’tirof etiladi, unda refleksiya insonning borliqda boshqa insonlar tomonidan qanday qabul qilinishi va baholanishi sifatida qaraladi: refleksiya - «shunchaki subyektning o‘z-o‘zini bilishi yoki tushunishi emas, balki boshqalar tomonidan «refleksiyalanuvchini» qanday bilishi» va uning shaxsiy xususiyatlarini, emotsional18 reaksiy alarini va kognitiv tasavvurlarini ham tushunishini o‘z ichiga oladi.
Shaxsning psixik rivojlanishini boshqarish imkoniyatlarini ilmiy jihatdan o‘rganib, S.L.Rubinshteyn insonning mavjudligini va uning ijtimoiy borliqqa nisbatan munosabatlarini refleksiya bilan bogiaydi:
«Refleksiya - bu insonning uzluksiz hayot jarayonini go 'yo bir daqiqaga to 'xtatib, uzib qo 'yadi va insonni xayolan uning sarhadlaridan olib chiqib ketadi, shu vaziyatda insonning har bir harakati hayot haqidagi falsafiy fikr-mulohazalari muayyan bir xarakter kasb etadi».
Insonning ijodiy muammolami hal etishda ro‘y beradigan fikrlashidagi refleksiyani o‘rganib, olimlar uni fikrlovchi subyektning o‘z - o‘zini boshqarish usuli (Yu.N.Kulyutkin, S.Yu.Stepanov va boshqalar), tanqidiy fikrlash omili (I.N.Semyonov), nazariy jihatdan fikrlashning yuqori ko‘rsatkichi (A.Z.Zak, V.V.Davidov va boshqalar) sifatida ta’rif berib baholaydilar.

Download 62,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish