Aim.uz
1868—1895 yillarda Avstriya-Vengriya
1.Sanoat to’ntarilishining boshlanishi.1848-1849 yillardagi inqilob.
2.Venadagi qurolli qo`zg’olon.Mustaqillik uchun kurash.Avstriya imperiyasida milliy ozodlik harakatining ko’tarilishi.
3.XIX asrning 50—60-yillarda Avstriya imperiyasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, 1850—1860-yillarda agressiv tashqi siyosati.
XIX asrning so’nggi uchdan birida Avstriya-Vengriya Yevropadagi eng qoloq mamlakatlardan biri edi. Mamlakatda feodalizm sarqitlarining saqlanib qolganligi ilg’or Yevropa mamlakatlariga nisbatan sanoat taraqqkiyoti sur’atlarining sekinlashuviga olib bordi.
90- yillarda shahar aholisi butun Avstriya-Vengriya aholisining faqat uchdan birini tashkil qilardi. Hatto imperiyaning eng rivojlangan qismi bo’lgan Avstriyada ham shahar xalqidan qishloq aholisi ko’p edi. Vengriya esa ko’proq agrar, yarim feodal mamlakatligicha qolaverdi. Imperiya qishloq xo’jaligining rivojlanishi ilgarigidek davom qildi, ya’ni pomeshchik latifundiyalari va dehqonlar ustidan pomeshchiklar hukmronligi saqlanib qolaverdi.
Avstriya-Vengriyaning turli oblastlarida kapitalizmning rivojlanishi notekis bordi. Chexiya bilan Quyi Avstriya sanoat jixatidan hammadan ko’proq rivojlandi; Galitsiya, Bukovina va boshqa bir qancha oblastlar rivojlanish jihatidan juda orqada qolib bordi.
70 — 90- yillarda Chexiya sanoatida cho’yan eritish hal qiluvchi o’rinda turar, imperiyada olingan umumiy cho’yanning 86 foizini tashkil qilardi. Temir yul qurilishi tez sur’atlar bilan bordi. Kishloq xo’jaligi maxsulotlarini qayta ishlovchi sanoat tarmoqlari: lavlagidan qand ishlash, vino qaynatish, pivo pishirish tarmoqlari mamlakat iqtisodiyotida kattagina rol’ o’ynaydigan bo’lib qoldi. Chexiya imperiya to’qimachilik sanoatining ham markazi edi. Mamlakatdagi 134 ta yirik ip gazlama fabrikasidan 67 tasi Chexiyada edi. Chexiya Gabsburglar imperiyasining sanoat jihatidan eng rivojlangan qismiga aylanib bordi.
1867 yilda tuzilgan Avstriya-Vengriya bitimi Vengriyaning iqtisodiy jizhatdan rivojlanishi uchun ma’lum darajada turtki bo’ldi. Vengriya ko’miri bazasida sanoatning metallurgiya va metall ishlash tarmog’lari rivojlana boshladi. Lekin Vengriyaning asosiy sanoat tarmog’i oziq-ovqat sanoati bo’lib qolaverdi. 1898 yilda Vengriyaning un tortish, vino pishirish, qand va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish yuzasidan imperiyadagi hissasi 47,3 procent bo’ldi.
Avstriya ekonomikasi ko’prok. chet el kapitaliga (nemis, ingliz va fransuz kapitaliga) qaram edi, chet el kapitali mamlakat sanoatining eng muhim tarmoqlaridagi anchagina pozitsiyani o’z qo’liga kiritib olgan edi.
60- yillarning oxiridan boshlab butun 70-yillar davomida Avstriyada hukumat tepasida liberallar turgandi. Shu yillar mobaynida bir qancha burjua islohotlari o’tkazildi. Auersperg hukumati (1871-1879 yillar) Vatikan bilan tuzilgan konkordatni bekor qildi, grajdan nikohi joriy qildi, ruhoniylarni muallimlik huquqidan mahrum yetdi.
1873 yilda saylov reformasi o’tkazildi. Avstriyada reyxstrat seymlar tomonidan emas, balki bevosita saylovchilar tomonidan saylanadigan bo’ldi. Deputatlar soni 203 kishidan 353 kishiga ko’paydi. Kuriya-kuriya bo’lib saylash sistemasi joriy qilindi. Avstriyaning hamma aholisi: 1) yirik er egalari, 2) savdo palatalari (ya’ni yirik kapital vakillari), 3) umum shahar kuriyasi, 4) qishloq jamoalari kuriyasi degan to’rt kuriyaga bulingan edi. Birinchi kuriyaning bir deputati 53 saylovchidan vakil bo’lar, ikkinchi kuriyaning deputati 24 saylovchidan, uchinchisiniki 4 ming saylovchidan, to’rtinchisiniki 12 ming saylovchidan vakil bo’lardi. Reyxstratga o’tkazilgan birinchi saylovlar saylov reformasi hukmron sinflar imtiyozini va reyxstratda hukmron millat bo’lgan avstrislarning ko’pchilik bo’lishini to’la saqlab qolganligini ko’rsatib berdi: reyxstratga avstrislardan 220 deputat va boshqa millatlardan 170 deputat saylandi.
Hukmron millat burjuaziyasi bilan ezilgan millatlar burjuaziyasi o’rtasidagi to’xtovsiz kurash mamlakatning bundan keyin iqtisodiy jihatdan rivojlanishiga to’sqinlik qilib keldi. Avstriya-Vengriya imperiyasini tuzish tug’risidagi 1867 yil bitimidan keyin avstris millati uzil-kesil tarkib topdi, garchi imperiya aholisining katta qismi — 50 million kishidan 30 millioni o’z huquqlari uchun qahramonona kurashgan slavyan xalqlari bo’lsa ham, avstris millati ikki davlatdan iborat yagona monarxiyada hukmron bo’lib qoldi.
Chexiya yerlarida milliy kurash anchagina keng quloch yoydi. Chexiyaning iqtisodiy jihatdan tez rivojlanishi Chexiya burjuaziyasi siyosiy faolligining o’sishiga ta’sir qildi. Chexiyani avtonomiyadan tomomila mahrum qilgan 1867 yil konstitutsiyasi, Vena hukmdorlarining markazlashtiruvchilik siyosati chex yyerlarida juda qattiq norozilik harakatiga sabab bo’ldi. Chexiyadagi milliy harakatda ikki oqim: dvoryanlarga ko’z tikkan, Palackiy hamda Riger boshliq keksa chexlar partiyasi bo’lgan ung qanot va savdo-sanoat burjuaziyasining manfaatla-rini himoya qilgan, aka-uka Gregramlar va Sladkovskiy boshliq bo’lgan yosh chexlar partiyasining so’l qanoti paydo bo’ldi.
Chexlar oppozitsiyasi o’ziga xos shakllarga kirdi. Chexlar reyxstratga va chexlar landtagiga deputatlar yuborishdan bosh tortib, Vengriyaga siyosiy huquqlar berilgani singari chex yerlariga ham siyosiy huquqlar berilishini talab qildilar. Hukumat bunga javoban ta’qib choralarini kuchaytirib yubordi. 1868 yil 7 oktyabrda Chexiyada qamal holati joriy qilindi. Lekin bunday usullar imperiyadagi liberal rejimning obro’sini ketkazdi-yu, ammo chexlar oppoziciyasini sindira olmadi. Chex burjuaziyasi proletariatni milliy harakatga torta bildi. Hamma shaharlarda mitinglar o’tkazildi, bu mitinglarda monarxiyani o’zgartirishni talab etgan rezolyuciyalar qabul qilindi.
Chexlarning milliy harakati bilan bir qatorda polyaklar oppoziciyasi katta rol’ o’ynadi. Bu oppoziciya maktablarda polyak tilini o’qitishni, mamlakatni boshqarishda avtonomiya berilishini, Galitsiyada mustaqil polyaklar ma’muriyati joriy qilishni talab yetdilar.
Galitsiyadagi ukrain aholisi ham milliy zulm ostida kun ko’rdi. Avstriya hukumati Galitsiyadagi hukmron sinf bilan — polyak pomeshchiklari bilan bitim tuzib, o’lkani idora qilishda ularga rahbarlik rolini berdi. Ukrain dehqonlari, kosiblari va intelligenciyasi tobora kuchayayotgan zulmga qarshi kurashdilar, norozilik namoyishlari uyushtirdilar.
1867 yil bitimidan keyin bevosita Vengriyada keskin siyosiy kurash boshlanib ketdi. Bunga sabab shu bo’ldiki, Avstriya-Vengriya bitimi Vengriyaning o’ ichida siyosiy mustaqillikni qonunlashtirgan bo’lsa ham lekin aslida ikki davlatdan iborat yagona monarxiyada Avstriyaning hukmronlik vaziyatini saqlab qolgan edi.
Vengriya yuqori hukmron qatlamining bir qismi, Deak boshliq «bitim partiyasi» degan partiya avstriyaliklar saroyiga sadoqat bilan xizmat qildi. Bu partiya yirik vengr er egalarining va bank doiralari vakillarining manfaatlarini ifoda qilardi. O’sha kezlarda emigraciyada bo’lgan Layosh Koshut boshliq 1848 yil partiyasi juda so’l poziciyada turardi. Bu partiya Vengriyaning milliy mustaqilligini talab qiladi. 1848 yil partiyasi kambagallashib dolgan dvoryanlar, intelligenciya, mayda er egalari va mayda burjuaziya manfaatlarini ifoda qilardi. 1867 yil bitimidan keyin oradan bir oz o’tgach, so’llarning vakillari Peshtda: «Yo’qolsin Deak!», «Yashasin 1849 yil!» degan shiorlar ostida namoyish uyushtirdilar. Lekin 1848 yil partiyasining omma o’rtasida tayanchi yo’q edi, shu sababli u o’z talablarini amalga oshira olmadi.
Vengriyada 1868 yil 30 noyabrda «Millatlar haqida» qonun qabul etilgan edi, bu qonun aslida Vengriya territoriyasida yashovchi slavyan xalqlari bilan ruminlarni oddiy siyosiy huquqlardan ham maxrum qilgan edi. Fanat mad’yar tili davlat tili deb e’lon qilingan, boshqa xalqlarning tillari davlat apparatining pastki idoralaridagina joriy qilingan edi. Lekin bu arzimagan yon berishlar x.am amalda yo’qqa chiqarilardi. Bundan keyin chiqarilgan qarorlar natijasida vengr (mad’yar) tili boshlang’ich va o’rta maktablarda ham hukmron til bo’lib qoldi.
XIX asrning so’nggi o’n yilliklarida milliy zulm yanada kuchayib, Zakarpat’edagi ukrain aholisi tobora vengrlashtirildi. Milliy zulmga va ekspluataciyaga javoban ukrainlar kurash boshlab yubordilar, bu kurash Avstriya monarxining nomiga peticiya yozishdan tortib, to o’z milliy huquqlarini himoya qilib, uyushqoqlik bilan bosh ko’tarib chiqishgacha har xil formalarda olib borildi.
Xorvatiya ham Vengriya zulmi ostida edi. Bu erda 1848 yil xotiralarining ta’siri hali shu qadar kuchli va norozilik shu qadar o’tkir tusga kirgan ediki, Vengriya hukumati ba’zi masalalarda yon bosishga majbur bo’lgan edi. 1868 yilda tuzilgan bitimga muvofiq, Xorvatiyaga o’z parlamenti (sabori) va Xorvat bankidan iborat mustaqil ijrochi hokimiyatiga ega bo’lish imkoni berilgan edi. Lekin bu bitim Xorvatiyaning Vengriyaga qaramligini umuman o’zgartira olmadi. Bu narsa iqtisodiy sohala ayniqsa yaqqol ko’zga tashlanib turdi. Xorvatiya byudjetining umumiy summasidan 56 foizi Vengriya foydasiga chegirib olinib, faqat 44 foizi mamlakatning o’zida qoldirilardi. Xorvatiya doimo harbiy yoki «favqulodda» holatda turardi, aholining noroziligi ta’qiblar vositasi bilan bostirilardi.
Slovakiya ham vengrlar zulmi ostida edi. 60- yillar oxirida slovaklar 1848 yil revolyutsiyasida kurashib qo’lga kiritgan huquqlaridan hamon mahrum edilar. 1867 yil bitimidan keyin Slovakiyada zo’r berib vengrlashtirish olib borildi, slovak maktablari bekitildi, «Matica» nomli siyosiy milliy ittifoq yopib qo’yildi. Slovaklar bilan vengrlar o’rtasida mustah.kam ittifoq bo’lishini tashviqot qilib kelgan «Vatanparvarlik jamiyati» degan jamiyat tuzilgan edi. Slovakiya cherkovi bilan Vengriya cherkovini birlashtirish uchun Slovakiyada zo’r berib tashviqot yurgizayotgan katolik cherkovining harakatlari ham shunga qaratilgan edi. XIX asrning so’nggi choragida slovak ishchilari va dehqonlarining milliy va ijtimoiy ozodlik uchun harakati kuchayib ketdi.
Avstriya-Vengriyaning XIX asrning so’nggi uchdan birida olib borgan tashqi siyosati Germaniya bilan tobora ko’proq yaqinlashish siyosati bo’ldi.
Fransiya-Prussiya urushi davrida imperator Franc-Iosif, shuningdek Avstriyaning feodal aristokratiyasi va klerikal doiralari hali ham 1866 yil mag’lubiyati uchun o’ch olish orzusida yurardilar, Fransiya bilan Prussiya o’rtasidagi qurolli to’qinishda qatnashmonchi edilar. Lekin chuqur ichki ziddiyatlar va chor Rossiyasi hukumatining ko’rsatgan qarshiligi tufayli Avstriya-Vengriyaning betaraflik pozitsiyasida turmasdan iloji bo’lmadi.
1873 yilda Avstriya-Vengriya Germaniya va Rossiya bilan «Uch imperator ittifoqi» degan bitim tuzdi. 1876 yil 6 iyulda Rossiya bilan Avstriya-Vengriya o’rtasida Reyxshtadt bitimi tu-zildi, bu bitimda, ruslar bilan turklar o’rtasida urush chiqib qolgan tanqirda, Avstriya-Vengriyaning Rossiyaga do’stona betaraflik pozitsiyasida turishi belgilangan edi. Avstriya betaraf turishi evaziga Xorvatiyaning bir qismini va Bosniyaning ba’zi bir chegara viloyatlarini olishi lozim edi. 1878 yildagi Berlin kongressida Avstriya hukumati Bosniya va Gercegovinani okkupatsiya qilishga Yevropa davlatlarining roziligini oldi.
Bosniya va Gercegovinaning okkupatsiya qilinishi Avstriya-Vengriya bilan Rossiya munosabatlarini yomonlashtirib qo’ydi. Bolqonda ekspansiyaiing kuchayishi va shundan keyin Avstriya-Rossiya munosabatlarining yomonlashganligi Avstriya-Vengriyaning Germaniya bilan yaqinlashuviga sabab bo’ldi. 1879 yil 7 oktyabrda asosan Rossiyaga qarshi qaratilgan yashirin Avstriya-Germaniya bitimi imzolandi.
Italiya Tunisni deb Fransiya bilan janjallashib qolgandan keyin Germaniya va Avstriya-Vengriya bilan ittifoq tuzdi; natijada agressiv Uchlar ittifoni paydo bo’ldi. Keyinchalik Avstriya-Vengriyaning Rumiuniya bilan yangi ahd tuzishi, Avstriya-Vengriyaning Bolgariyada faol siyosat yurgizishi, Avstriya-Vengriya va Germaniyaning odami bo’lgan Ferdinand Koburgskiyning bolgar knyazi qilib tayinlanishi Avstriya-Vengriya va Germaniyaning Rossiya bilan munosabatlarini juda yomonlashtirib yubordi va «Uch imperator ittifoqi»ning tugatilishiga olib bordi.
Avstriya-Vengriyada sinfiy va milliy ziddiyatlar kuchayishi munosabati bilan imperiya hukmron doiralarida o’taketgan reaksion elementlarning qo’li baland keldi. Frans-Iosifning shaxsiy do’sti graf Eduard Taaffe ministrligi davrida (1879 yil avgust—1879 yil noyabr’) Avstriyada reakcion siyosat ayniqsa zo’r kuch bilan namoyon bo’ldi. eduard Taaffening siyosiy programmasi demokratik harakat bilan kurash programmasi edi, buning uchun u demagogiya va ishchilar sinfiga til yog’lamalik qilish usullarini qo’llanib, ijtimoiy qonunchilik sohalarida uncha-muncha yon berib turdi. Taaffe hokimiyat tepasiga kelgandan keyin feodal-klerikallar blokini tuzdi, bu blok «temir halqa» degan tashkilotga suyanardi, bu tashkilot o’taketgan klerikalizm namoyandasi bo’lgan Groxol’skiy boshliq polyaklar klubidan, eski chexlar namoyandasi Riger rahbarligidagi chexlar klubidan, hamma millatdan bo’lgan tarafdorlarini birlashtirgan o’taketgan konservator va klerikal Gogenvart gruppasidan tashkil topgan edi. Bu blok ishtirokchilarining hammasi o’z talablarida qattik turib, koaliciyadan chiqamiz, deb do’q qilardilar, Taaffe bo’lsa har xil mayda-chuyda masalalarda yon bosib, ularning ko’nglini topish payidan bo’lardi. Ana shu ayyorlik siyosati «mo’’tadil norozilik» vaziyatini vujudga keltirdi, Taaffening muddaosi ham shu edi. Taaffe ministrligi davri mamlakatda nisbatan siyosiy osoyishtalik zamonlari bo’lgan edi.
Avstriyada davom qilgan partiya kurashi ikki yangi partiyaning: pangeomanlar partiyasi va xristian sotsialistlar partiyasining tuzilishiga olib keldi. Pangerman partiyasi Avstriya-Vengriyani Germaniya bilan birlashtirishga harakat qildi. Bu partiya tarafdorlari, Avstriya slavyan xalqlarining o’sib borayotgan milliy ozodlik harakatining o’z kuchi bilan bartaraf qilolmaydi, deb hisoblardilar. Pangermanchilar programmasi slavyanlarga qarshi kurashish, «irqlar sofligi» ideyasini tashviqot qilish, kayzer Germaniyasiga bo’ysunishni asos qilib olgan edi.
Ko’proq avstriyalik katoliklardan iborat bo’lgan xristian-sotsial partiyaga o’taketgan reakcioner Lyueger boshchilik qilardi. Bu partiyaning arboblari buyuk german tashviqotsini sinfiy tinchlikni targ’ib qilish, hamma ijtimoiy janjallarni «inoqlik va muhabbat ruhida» hal qilishga da’vat kilish va antisemitizmni tashviqot qilish bilan birga qo’shib olib borardilar.
Pangermanchilarning ta’siri kuchaiib ketganiga qaramay, Taaffe ba’zi bir masalalarda chexlarning talabiga yon berishga majbur bo’lgan edi. 1880 yili Chexiyada sud va ma’muriyat ishchilari uChuN ikki til joriy qilingan edi. Rasmiy yozishmalar nemis tilida olib boriladi. Lekin hamma ma’muriy organlar qaysi tilda suroq tushgan bo’lsa, aholiga shu tilda javob 6erishga majbur edilar. 1882 yildan boshlab Praga universitetida nemis va chex tillarida dars beriladigan bo’ldi. Nihoyat yana shu 1882 yilda chex seymiga va delegaciyalarga chexlardan olinadigan vakillarning soni ko’paytirildi. Bu yon berishlar chex burjuaziyasini ma’lum darajada qanoatlantirgan edi.
Lekin bundan keyingi o’n yillikda Chexiyada milliy kurash yanada keskin kuch bilan boshlanib ketdi.
Taaffe hukumatining ayrim masalalardagi arzimagan yon berishlari Chexiya mehnatkashlarini aslo kanoatlantirmadi. Chexiya mexnatkashlari avtonomiya berilishini chex va nemis tillarining teng huquqli bo’lishini talab qildilar. 1890 yil yanvarida Avstriya hukumati eski chexlar bilan kelishib turib, Vena kompromissi degan ahdnoma tuzganida milliy ziddiyatlar yanada avjiga chiqdi. Bu bitimga muvofiq Chexiya nemis va chex okruglariga bo’linishi, milliy maktablar ochilishi, sud va ma’muriy organlar milliy alomatlarga qarab bir-biridan ajratilishi ko’zda tutilgan edi. Milliy ziddiyatlarni birmuncha yumshatish maqsadida shu masalalarda yon berishga qaror qilingan edi. Lekin bu bitimda qadimgi chex territoriyasining nemis okruglari deb e’lon qilinishi chex aholisining g’azab o’tini qo’zg’adi; bu bitim nemis millatchilarining ham g’azabini qo’zg’adi, ular hatto chexlar ko’pchilikni tashkil qilgan okruglarda ham chex tilini tan olgilari kelmas edi. Chexlar xarakatiga yosh chexlar rahbarlik qildi. Chexiyada
milliy kurash kuchayib boraverdi. Hukumat ta’qib choralarini kuchaytirdi: Praga va uning atroflari harbiy holatda deb e’lon qilindi. Natijada Vena kompromissi barbod bo’ldi. 70 - 80- yillarda kapitalizmning rivojlanishi ishchilar sinfining yanada o’sishiga, sinfiy kurashning keskinlashuviga va ishchilar harakatining yuksalishiga olib keldi.
1869 yil 13 dekabrda Venada ishchilar ommaviy namoyish uyushtirib, reyxstrat binosi tomon yo’l oldilar. Ular soyuzlar va majlislar erkinligini, muntazam armiyani tarqatib yuborib, uning o’rniga hammaning qurollanishini talab qildilar. Bu namoyishning alohida ahamiyati shundan iborat ediki, u birinchi daf’a turli millat ishchilarini birlashtirdi, Praga, Budapesht va boshca shaharlarda bu namoyishning ta’siri juda katta bo’ldi.
Avstriya ishchilar harakatiga marksizm ideyalari tobora ko’proq kirib borishi bilan bir qatorda, Lassal ideyalari xam keng tarqaldi. Lassalchi Gartun: «Davlat ishchilarga madadkorlik qiluvchi kuchdir» degan shiorni maydonga tashladi. U umumiy saylov huquqiga ega bo’lishni harakatning asl masadi deb qaradi. Lassalchilarning rahbarlaridan biri Obervinder 10 ming nusha tarqatilgan, burjua millatchiligi va Avstriya shovinizmi ideyalarini himoya qilgan programmaning avtori edi.
Shunga qaramay Avstriya ishchilari vakillarining eyzenax s'ezdida qatnashganligi va 13 dekabrdagi ommaviy namoiish Avstriya ishchilarining korxona egalari va hukmdorlar ta’qibi ostida qolishiga sabab bo’ldi. 1870 yilda Avstriya ishchilar harakatining rahbarlari davlatga xiyonat qilishda ayblanib, sud javobgarligiga tortildilar. Ularning hammasi ancha-ancha yildan qamoqqa hukm qilindi.
1884 yilda Taaffe Bismarkdan o’rnak olib, ishchilar harakatiga qarshi kurash maqsadida «favqulodda qonun» chiqardi, bu qonunga muvofiq ishchilarni ta’kib qilish va politsiya terrori kuchaytirildi. 80- yillarning oxiriga borib ishchi soyuzlari tarqatib yuborildi, ishchi gazetalari bekitildi, majlislar qat’iy man qilindi. Lekin ta’qiblar ishchilarning kurashga bo’lgan irodasini sindirolmadi. Ishchi tashkilotlari qayta paydo bo’ldi, kurashga bo’lgan iroda tobora kuchayaverdi.
Vengriyada ham ishchilar harakati o’sib bordi. 60- yillarda ishchilar harakatining mashhur arbobi Mixay Tanchich rahbarligi ostida Umumiy ishchilar soyuzi paydo bo’ldi. Bu soyuz sotsial talablardan tashqari, milliy mustakillik uchun kurash vazifalarini ham o’rtaga qo’ydi. Keyinchalik bu tashkilot tobora lassalchilar tashkilotiga aylanib ketdi. 70- yillarning o’rtalariga borib Umumiy ishchilar soyuzi yo’q bo’lib ketdi.
1880 yilda Parij Kommunasida ishtirok qilgan Leo Frenkel rahbarligi ostida Vengriya Umumiy ishchilar partiyasi tuzilgan edi, bu partiya umumiy saylov huquqiga erishishni o’z oldiga asosiy vazifa qilib qo’ygan edi.
80- yillarning oxirida Avstriya ishchilar harakatida burilish bo’ldi. Gaynfeldda bo’lgan s’ezdda (1888 yil dekabr’ — 1889 yil yanvar’) ishchi tashkilotlari birlashib, Avstriya sotsial demokratii partiyasi tuzildi.
S’ezdda qabul qilingan programmada siyosiy erkinliklar, parlamentning umumiy, teng, to’ppa-to’g’ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo’li bilan saylanishi, cherkovni davlatdan ajratish va maktabni cherkovdan ajratish talabi o’rtaga qo’yilgan edi, internacionalizm — hamma millat va irqlarning teng huquqli bo’lishi himoya qilingan edi. Gaynfel’d s’ezdi iqtisodiy talablar: ish kunini qiskartirish, ishchilar mehnatini himoya qilish, kasaba soyuzlari tashkil qilish erkinligi, o’zaro yordam kassalari va tretey sudlari tashkil qilishdan iborat keng programmani ilgari surgan edi.
Gaynfel’d programmasi umuman Avstriya ishchilar harakatida ijobiy rol’ o’ynadi, lekin o’sha vaqtlarda G’arbiy Yevropadagi boshqa ishchi partiyalari programmalarida bo’lgani singari, uning bir qancha nuqsonlari bor edi. Bu programmada ishchilar sinfining siyosiy hokimiyatni qo’lga olishi zarurligi haqida, proletariat diktaturasini o’rnatish to’g’risida bir ogiz ham so’z aytilmagan edi.
Avstriya sotsial-demokratik partiyasini tuzgan kishi va uning rahbari Viktor Adler edi. Viktor Adler uzining siyosiy sohadagi ishlarini burjua radikali tariqasida boshlab, keyin ishchilar harakatining maghur arbobi bo’lib qolgan edi.
Viktor Adler umumiy saylov huquqini qo’lga kiritishni Avstriya ishchilar haraktining eng muhim vazifasi deb hisobardi. Ishchilar harakatining hozirgi bosqichi uchun bu vazifa to’g’ri edi. Umumiy saylov huquqini qo’lga kiritish va davlat apparatini demokratlashtirish shiorlari ishchilar ommasi orasida eng mashhur shiorlar bo’lib qoldi, ularni ommaviy yo’sinda harakat qilishga ilhomlantirdi.
1890 yil 1 mayda Avstriyaning hamma yirik shaharlarida ichilarning katta-katta namoyishlari bo’ldi. Avstriya ishchilari hamma mamlakat proletarlari bilan hamjihatliklarini bayon qildilar. Shundan keyin bir qancha yil davomida har yili birinchi may namoyishlari o’tkazib turildi. 1893 yilda Venada katta namoyish uyushtirildi. Namoyishlar demokratik ozodliklar uchun va umumiy saylov huquqi uchun kurash shiorlari ostida o’tkazildi.
Yana o’sha 1893 yili 9 iyulda Venada umumiy, teng, to’ppa-to’g’ri saylov huquqini talab qilgan 50 ming kishilik juda katta namoyish bo’ldi. Ishchilar ratushani egallab oldilar, u harakatning markazi bo’lib qoldi. Shu namoyish munosabati bilan engel’s bunday degai edi: «Aziz o’rtoqlar, men Vena ko’chalarini kezib, siz qahramonlik bilan o’z qo’lingizga olgan ajoyib ratusha binosini ko’rsatishlarini... iltimos qildim. Siz shu binoni qo’lga olgan kuningizdan boshlab endi hamma sizning qadringshzga etadigan bo’lib qoldi. Bu kun butun bir davr yaratdi».
Taaffe hukumati saylov reformasi loyihasini muhokamaga qo’yishga majbur bo’ldi, bu loyiha 1896 yilda qonunga aylandi.
Ilgari davom qilib kelgan to’rt saylov kuriyasidan tashqari yana bir (beshinchi) kuriya joriy qilindi, bu kuriya reyxstratga qo’shimcha yana 72 deputat yuborishi lozim edi. Kuriya sistemasini yirik dvoryanlar bilan burjuaziyaning katta imtiyozlarin tamomila saqlab qolgai bu reforma umumiy saylov huquqiga reakcion parodiya edi. Umumiy, teng saylov huquqi ideyasi bu erda juda ham buzilgan edi.
90- yshllarning oxirida Chexiya ommaviy ishchilar harakatida yuksalishi yuz berdi. Stachka kurashi juda ham qattiq shiddat bilan davom qilmoqda edi. 1894 yilda Brno shahrida to’quvchilar stachchkasi ko’tarildi, bu stachkada 12 ming kishi qatnashdi. Korxona egalariga qarshi kurash jarayonida bu harakat ommaviy namoyishga, politsiya va jandarma bilan jangga aylanib ketdi. 1896 yshlga Slanidagi mashinasozlik zavodi ishchilari stachka e’lon qildilar. Ikki oy mobaynida ular korxona egalariga qahramonlarcha qarshilik ko’rsatdilar.
Vengriya sotsial-demokratik partiyasi engel’man rahbarligi ostida ommaviy kasaba soyuz harakatini rivojlantirishda ko’p ish qildi. Bu partiya sinfiy ishchi tashkilotlarini tuzdi, million-million ekspluataciya qilinuvchilarning turmush sharoitini yaxshilash va siyosiy huquqlari uchun kurash olib bordi, majlis va mitinglar erkinligi uchun, umumiy saylov huquqi uchun kurashdi, ishchilar sinfi bilan dehqonlar ittifoqini tuzishga harakat qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |