1857 yildagi birinchi jahon iqtisodiy inqirozi



Download 401,79 Kb.
bet5/7
Sana11.06.2022
Hajmi401,79 Kb.
#656336
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3-mavzu. Inqirozlar

1997 yilgi Osiyo inqirozi
Bu inqiroz Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlarini qamrab oldi. Iqtisodiy ma’lumotlarga ko‘ra, inqiroz jahon hamjamiyatiga 2 trln. dollar miqdorida zarar etkazdi.
1998 yilgi Rossiya inqirozi
Bu inqiroz Rossiya tarixida eng qiyin kechgan iqtisodiy inqirozlardan biridir. Asosiy sabab sifatida Rossiya davlat qarzining ko‘payib ketishi, jahon bozorida xom ashyo narxining tushib ketishi (Rossiya jahon bozoriga katta miqdorda neftv va gaz etkazib buruvchi davlat hisoblanadi) va Rossiya hukumatining to‘lov qobiliyati bo‘lmasada, qisqa muddatli obligatsiyalarning ko‘payishi kuzatildi. Rubl kursi dollarga nisbatan 1998 yil avgust – 1999 yil yanvar oylarida 3 karra tushdi (1 dollar - 6 rubldan 21 rublgacha)1.
2008 yilgi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining kelib chiqish sabablari, oqibatlari va uning rivojlanish bosqichlari.
2008 yilda boshlangan va bugungi kunda ko‘lami tobora kengayib va chuqur. r jaxon tisodiy baxo berar ekan, kupgina xalkaro ekspert va mutaxassislar bu inqirozning sabablari, yanada avj olishi bilan bog‘liq rdan ko‘ra ko‘proq savollarga duch kelishmoqda. Zero, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ta’kidlaganidek, "bugungi kunning eng dolzarb muammosi – bu 2008 yilda boshlangan jahon moliyaviy inqirozi, uning ta’siri va salbiy oqibatlari, yuzaga kelayotgan vaziyatdan chiqish yo‘llarini izlashdan iborat"2.
Avvalo, mazkur jahon moliyaviy inqirozi haqida.
Bu inqiroz Amerika Qo‘shma SHtatlarida ipotekali kreditlash tizimida ro‘y bergan tanglik holatidan boshlandi. So‘ngra bu jarayonning miqyosi kengayib, yirik banklar va moliyaviy tuzilmalarning likvidlik, ya’ni to‘lov qobiliyati zaiflashib, moliyaviy inqirozga aylanib ketdi. Dunyoning etakchi fond bozorlarida eng yirik kompaniyalar indekslari va aksiyalarning bozor qiymati halokatli darajada tushib ketishiga olib keldi. Bularning barchasi, o‘z navbatida, ko‘plab mamlakatlarda ishlab chiqarish, iqtisodiy o‘sish sur’atlarining keskin pasayib ketishi bilan bog‘liq ishsizlik va boshqa salbiy oqibatlarni keltirib chiqardi"3.
Hozirda globallashgan iqtisodiyot sharoitida hukm surayotgan jahon moliyaviy inqirozining rivojlanib kuchayishi quyidagi dolzarb savollarga javob topishni taqazo etmoqda: jahon moliyaviy inqirozining sabablari nimada va oqibatlari qanday bo‘lishi mumkin? Bu inqiroz jahon qimmatli qog‘ozlar bozorida qanday namoyon bo‘lmoqda va undan qanday saboqlar olish mumkin? "Ushbu savollarga hech bo‘lmasa qisman javob topish nafaqat O‘zbekiston uchun, balki yo aksariyat uchun ham ahamiyatli4.
Moliyaviy-iqtisodiy inqiroz sabablari Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov asarida quyidagicha talqin etilgan: "Muhokamalarda inqirozni keltirib chiqargan sabablar tahlili bo‘yicha sammit ishtirokchilarining yagona yondashuvga ega emasligi, shu bois ushbu global moliyaviy inqirozning jiddiy va uzoq davom etadigan oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan umumiy va samarali dastur ishlab chiqish haqida gapirishga hali erta ekani ayon bo‘ldi"5. Lekin shunga qaramay, "Hech kimga sir emaski, tarqalib borayotgan jahon moliyaviy inqirozining asosiy sabablaridan biri — bu banklar likvidligi, ya’ni to‘lov qobiliyatining zaifligi bilan bog‘liq muammoning keskinlashuvi, kredit bozoridagi tanglik, sodda qilib aytganda, pul mablag‘larining etishmasligi bilan izohlanadi"6. Bundan tashqari, jahon qimmatli qog‘ozlar va moliya bozoridagi ta’minlanmagan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha savdo bitimlari va ularning bazisga ekvivalentliligining buzilishini keltirish mumkin. Ipotekali kreditlash tizimidagi tang holatni keltirib chiqargan sabablari quyidagilar:
- etarli to‘lov layoqatiga ega bo‘lmagan shaxslarga ommaviy kredit berish ko‘payib ketdi;
- AQSH bozori likvidli ko‘chmas mulklarga to‘yindi va ularning narxlari tusha boshladi;
– investitsiya banklari aktivlarini sek’yuritizatsiyalash bo‘yicha operatsiyalar kuchayib ketdi;
– AQSH bozori arzon kredit resurslariga to‘yindi. Natijada Federal zaxira tizimi (FZT) foiz stavkalarini 6,25 foizga ko‘tardi;
- aholining ipotekaga nisbatan talabi kamaydi;
- kreditni qaytarish bo‘yicha qarzdorlar to‘lovi qisqara boshladi;
- turli sabablarga ko‘ra aholining moliyaviy imkoniyatlari cheklandi;
- to‘lov ega ko‘chmas mulklarini qayta sotuvga qo‘yishi natijasida ipoteka bozorida taklif ko‘payib, bozordagi narxlar keskin tushib ketdi.
Oqibatlari:

  • Ipoteka tizimida tanglik ro‘y berdi;

  • Bu jarayonning ko‘lami va miqyosi kengayib ketdi;

  • Banklarning likvidligi zaiflashib ketdi;

  • Buning ta’sirida dunyoning etakchi fond bozorlarida indekslar va aksiyalarning bozor qiymati tushib ketdi;

  • Natijada bu jarayon moliyaviy inqirozga aylanib ketdi.

Yuqoridagi holatlar natijasida moliyaviy nobarqarorlikning yuzaga kelishi, uning davomida ijtimoiy keskinlik, siyosiy tavakkalchiliklarning kuchayishi, iqtisodiy pasayish va vaqtinchalik inqiroziy hodisalar ustidan nazoratning yo‘qotilishi kabi holatlar yuzaga kelishi moliyaviy inqirozning asosiy belgisi hisoblanadi.
Odatda, moliyaviy inqirozlarning kelib chiqishi quyidagi belgilar bilan xarakterlanadi:
– iqtisodiy o‘sishning umumiy sur’ati;
- xom ashyo tovarlari narxlarining yuqori darajada oshib, so‘ngra tushib ketishi;
- fond bozorlarining jadallashuvi;
- kredit bozorlarining jadallashishi va uning ipoteka inqirozini keltirib chiqarishi;
- yangi, lekin isbotini topmagan moliyaviy metodlar va dasturlardan foydalanish.
Bugungi kunda jahon miqyosida moliyaviy inqirozning kelib chiqish sabablari quyidagilar bilan baholanmoqda:
- rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiyotni haddan ziyod ortiqcha erkinlashtirish "mevasi";
- "o‘z-o‘zini boshqaruvchi bozor" g‘oyasiga ustun ahamiyat berilib, davlatning milliy iqtisodiyotga aralashuvini cheklanishi;
- moliyaviy resurslar bilan real ishlab chikarish xajmi o‘rtasidagi mutanosiblikning keskin buzilishi;
- AQSH dollarini etakchi valyutaga aylanishi va uning muomalaga chiqarilishidagi nazoratning susayishi;
- etakchi davlatlarda qayta moliyalash stavkasini surunkali ravishda past darajada ushlab turilishi natijasida qarzga yashash odatga aylandi;
- moliyaviy institutlarning majburiyatlari bilan ustav mablag‘lari o‘rtasidagi mutanosiblikning keskin buzilishi;
- kimmatli qog‘ozlar bo‘yicha reyting tashkilotlari tomonidan soxta xulosalar berilishi;
- moliyaviy audit va professional etika tamoyillarining buzilishi va soxta audit xulosalari taqdim etilishi;
- moliyaviy rag‘batlantirish uslubi sifat ko‘rsatkichlariga emas, balki miqdoriy ko‘rsatkichlarga asoslanganligi;
- yuqori tavakkalchilikka asoslangan, murakkab hosilaviy qimmatbaho qog‘ozlarni vujudga kelishi va shu kabilar.



Moliya bank tizimidagi jarayonlarni deyarli butun dunyoni qamrab olmoqda

Jahon moliya-bank tizimida jiddiy nuqsonlar mavjudligi



Download 401,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish