Nogohon gar shodlig’ topsang, anga aldanmag’il, - Nogohon gar shodlig’ topsang, anga aldanmag’il,
- Kim ochib yumg’uncha ko’z yo’qtur baqoyi shodlig’…
- Shodlig’ hirsi balolarg’a solibtur barchani,
- Voqif o’l, ey Ogahiy, chekma baloyi shodlig’,
- degan so’zlarini o’qib, mutafakkir shoir naqadar uzoqni ko’ra olganligi, mutasavviflar “makruh shodlik” degan havoyi, baloyi kulfat, ojizlik va musibat manbai bo’lgan soxta quvonchni u naqadar aniq tavsifu ta’rif qilganiga qoyil qolasan. Bir she’rida talantsiz, demakki, yuzsiz va uyatsiz qofiyabozlarga qarata u:
- Sen chun nazmingga she’r qo’yding ot,
- Senga yo’qdurmu she’r elidin uyot?
- — deydi. Bunday g’irromlik va uyatsizlik bugunga kelib, nainki urf, musobaqaga aylanib ketdi.
Tarixiy asarlari
Ogahiy „Riyoz uddavla" („Saltanat boglari", 1844), „Zubdat uttavorix" („Tarixlar qaymogti", 1 845—46), „Jome' ul-voqeoti sultoniyt' („Sul-tonlik voqealarini jamlovchi", 1857), „Gulshani davlat" („Davlat gul-shani", 1865), „Shohidi iqbol" („lqbol guvohi", 1 872) va boshqa tarixiy asarlarida Olloqulixon,
Rahimqulixon (1 843—46), Muhammad Aminxon (1846 — 55),
Sayid Muhammadxon (1856—64), Muhammad Rahim l l (1864 —191 0) hukmronligi davrida Xorazmda yashagan o'zbeklar, turkman, qoraqalpoq, qozoq xalqlarining tarixi, madaniy va ijtimoiy hayoti, Xiva xonligining boshqa xonliklar bilan munosabati va boshqa tarixiy voqealar aks etgan.
Tarixiy shaxslarga bag'ishlangan asarlari
Ogahiyning yuksak insonparvarlik ruhi bilan sug'orilgan g'oyalari xon va shoir Feruzning siyosiy-ma'rifiy tarbiyasiga ta'sir qilgan. U tarixchi olim sifatida Xiva xonlariga, yirik tarixiy shaxslarga bagtishlab qasidalar yozgan. Ogahiyning „Qasidai nasihat" asari Feruzga bagtishlangan. U Otz nasihatlarida saltanatni boshqarishning yot l-yo'riqlarini ko'rsatadi, mamlakat va xalqni adolat bilan idora etish yo'llarini belgilab beradi. Qasida masnaviy janrida yozilgan bo'lib, unda shoirning siyosiy-ma'rifiy qarashlari yorqin aks etgan. Ogahiy fikricha, har qanday davlat boshligti hokimiyatni mustahkamlash uchun barcha ijobiy fazilatlarga ega bo'lishi lozim. Podshoh himmatli, shijoatli, adolatli, g'ayratli, saxovatli, hayoli, sof niyatli, madaniyatli, hamiyatli, kambag'alparvar botlishi zarur.
Hukmdor shu fazilatlarga ega bo'lsa, uning hokimiyati kamol topadi, mamlakati farovon bo'ladi, degan fikrni ilgari suradi.
Ogahiy davlatni boshqarishning yot llarini ham ko'rsatib o'tgan.
Shoirning flkricha, shoh shariat ahkomlariga qattiq amal qilmog'i lozim. U aysh-ishratdan, fitna va g'iybatdan, g'aflatdan, yalqovlikdan, zulm-razolatdan, chaqimchilikdan, molparastlikdan uzoq bo'li-shi kerak. Feruz Ogahiyning davlatni boshqarish to'g'risidagi maslahatlariga quloq tutgan, uning hikmatli baytlarini marmar toshlarga yozdirib, arzxonalarga qo'ydirgan, ko'p ezgu ishlarni amalga oshirgan. Shu bois ham Ogahiy tarixiy asarlari badiiy nasr sifatida hamda 19-asr
Xorazm voqeligini haqqoniy aks ettiruvchi nodir tarixiy hujjatlar sifatida qimmatlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |