Ko’chirma gapli qurilmalarda o’zganing gapi hech o’zgarishsiz aynan beriladi. Masalan,
―Yashang, oshpaz!‖-kinoya bilan qichqirdi О’ktam» (O.) gapida ―Yashang, oshpaz!‖ gapi
o’zganing gapi hisoblanadi.
О’zlashtirma gapli qurilmalarda o’zganing gapi grammatik jihatdan o’zgartirilib,
mazmuni saqlangan holda bayon etiladi. Masalan: О’ktam qanday yangiliklar borligini so’radi.
(O.)
Tematik o’zga gapli qurilmalarda o’zganing gapi aks etmaydi, faqat uning nima yoki
to’g’risida gapirganligi bayon qilinadi. Masalan: U menga hamshahari haqida so’zlab berdi.
(So’zl.)
Chog’ishtirma o„zga gapli qurilmalarda o’zga gap so’zlovchining o’z gapi bilan qorishib ketadi. So’zlovchi o’z mulohazasini bayon qilishda o’zganing gapiga asoslanadi. О’zga gap egasi
ko’rsatilishiga qaramay, bu gap muallif gapidek bayon qilinadi. Masalan: Ustoz Alisher Navoiy
aytganidek, ilm olmoq igna bilan quduq qazishga tengdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |