Bilateral o„zga gapli qurilmalarda so’zlovchi o’zganing gapini bayon qilmaydi, balki
uning o’rnida o’zi o’ylaydi yoki gapiradi. Shu sababli bunday gaplarda muallif va o’zganing
gapini ajratish qiyin kechadi. Masalan: Bir narsa Oyshaxonni iztirobga soldi. Sattor Oyshaxon
bilan yashayotganidan baxtiyormi? ... Unga osonmi bunday yashash? (P.Q.)
M.Asqarova bilaterial gaplarni ―О’ziniki bo’lmagan ko’chirma gaplar‖ deb nomlaydi.100
A.Abdullayevning fikricha ―o’ziniki bo’lmagan gap‖ atamasi rus tilidagi ―nesobstvennaya
pryamaya rech‘‖ atamasiga muvofiq emas, shu sababli bu turdagi gaplarning ham muallif, ham
personajga taalluqli ekanligi hisobga olinsa, bilaterial (ikki tomonlama) atamasining qo’llanishi
to’g’ri bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |