18.2-jadval
«Raqamli iqtisodiyot»ning tizimli mezonlari va xususiyatlari
«Raqamli iqtisodiyot»ning
|
«Raqamli iqtisodiyot»ning tizimli
|
tizimli mezonlari
|
xususiyatlari
|
Ishlab chiqarishni tashkil
|
Ishlab chiqarish makazlashishi darajasining kamayishi
|
etishning tizimi
|
|
|
Xodimlarning yirik iqtisodiy markazlardan olisda
|
Xodimlarning roli
|
ham ishlab chiqarish jarayonlarida to‘laqonli ishtirok
|
|
etishi
|
|
Xodimlar mustaqilligining ortishi, tashkiliy
|
Iqtisodiy boshqaruv tizimi
|
birliklarning «funksional modullar»ga
|
|
aylantirilishi
|
Qadriyatlar tizimi
|
Kompaniyalar ijtimoiy funksiyalarining kengayishi
|
Iqtisodiy jarayonlarning
|
Jahon miqyosida iqtisodiy jarayonlar o‘zaro bog‘liqligi
|
xususiyati
|
darajasining ortishi
|
«Raqamli iqtisodiyot» hozirgi mavjud sohalarning yarmidan ko‘prog‘ida beqiyos o‘zgartishlar keltirib chiqarishi kutilmoqda. Jumladan, Jahon ban-ki mutaxassislarining tadqiqotlari tezkor Internetdan foydalanuvchilar sonining 10 % ga ko‘paytirilishining o‘ziyoq milliy iqtisodiyot yalpi ichki hajmini har yili 0,4–1,4 % ga oshishi imkoniyatini berishidan dalolat ber-di. Jahonda «raqamli iqtisodiyot» o‘sishining sur’atlari hozirning o‘zida yiliga deyarli 20 % ni tashkil etadi.
Taraqqiy etgan davlatlarda «raqamli iqtisodiyot»ning milliy yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 7 % ga yetgan1. Ular hozirning o‘zida «raqamli iqtisodi-yot»ning joriy qilinishidan juda katta foyda ko‘rmoqda. Jumladan, AQSh yiliga 400 milliard dollardan ko‘proq «raqamli xizmat»larni eksport qil-moqda.
Bugungi kunda ushbu davlat yalpi ichki mahsulotining 5 % idan ko‘prog‘i Internet va axborot-telekommunikatsiya texnologiyalari bilan bog‘liq soha-larga to‘g‘ri kelyapti. 2025 yilgacha AQSh sanoatning «raqamlashtirilishi»-dan qo‘shimcha 20 trln dollar daromad olishi kutilmoqda. Bunday iqtisodiy samaradorlik, ayniqsa, iste’mol tovarlari ishlab chiqarish (10,3 trln dol-lar), avtomobil sanoati (3,8 trln dollar) va logistikada (3,9 trln dollar) yuqori bo‘lishi aytilmoqda.
Janubiy Koreyada «elektron hukumat» va «elektron vositachilik»ning joriy qilinishi yiliga 10–15 milliard AQSh dollari miqdorida daromad keltirmoqda. Bu «raqamli iqtisodiyot» uchun sarf qilinayotgan xarajatlar-dan 30–40 barobar ortiqdir1.
Xitoyda 2015 yildan boshlab «Internet + Hukumat», «Internet + Ishlov berish sanoati», «Internet + Moliya», «Internet + Agrosanoat» yo‘nalishla-rini qamrab olgan «Internet +» konsepsiyasi amalga oshirilmoqda. 2020 yilga borib ushbu loyihalarni amalga oshirish Xitoy iqtisodiyotiga 600 mlrd AQSh dollari miqdorida iqtisodiy samara berishi kutilmoqda2.
2014 yilda AQShda Sanoat interneti konsorsiumi (Industrial Internet Consortium, IIC) tashkil etildi. Unga dastavval jahonda mashhur «General Electric», «AT&T», «Cisco», «IBM» va «Intel» korporatsiyalari birlashgan bo‘l-sa, hozirga paytda konsorsiumga 30 mamlakatning 250 tadan ko‘proq kompa-niyasi a’zo bo‘lgan. Sanoat interneti konsorsiumi «raqamli iqtisodiyotning eng istiqbolli yo‘nalishi – «Sanoat Internet ashyolari» (Industrial Internet of Things, IIoT) tizimlarini yaratishga ixtisoslashgan. 2020 yilga borib jahon-da 2,4 mlrd «Internet ashyolari»ga ulanish taxmin qilinmoqda. Bu dunyoda global iqtisodiy o‘sishni 11,1 trln AQSh dollariga ko‘paytirish, jahon yalpi ichki mahsulotini 11 % ga oshirish imkonini berishi kerak.
«Internet ashyolari» deganda, ushbu atamani 1999 yilda muomalaga kirit-gan Kevin Eshton ta’rifi bilan aytganda, «ulangan texnologiyalar vosita-sida bir-biri yoki tashqi muhit bilan inson ishtirokisiz o‘zaro munosabat-da bo‘ladigan hisoblash tarmog‘i konsepsiyasi»3 tushuniladi. Ularga misol tariqasida hozirgi paytda keng ommalashayotgan «aqlli iqtisodiyot», «aqlli shahar», «aqlli qishloq xo‘jaligi», «aqlli tibbiyot», «aqlli uy» va hokazo-larni ko‘rsatish mumkin.
Shuningdek, u infratuzilmalarni (kommunal xo‘jaligi, jamoat trans-portini), avtomobillar va qishloq xo‘jalik texnikasini haydovchisiz avto-mat tarzda boshqarish, jarrohlik operatsiyalarini robotlar yordamida amalga oshirish nazarda tutiladi. Masalan, Buyuk Britaniyada «Schneider Electric» kompaniyasi amalga oshirgan tadqiqotlar idoraning standart binosida yi-liga 1 kvadrat metrga 200 kilovatt-soat elektr energiyasi sarf qilinishini aniqlagan. «Internet ashyolari» konsepsiyasi asosida «aqlli uy» loyihasi-ni amalga oshirish ushbu sarfni 2,5 marotabaga – 80 kilovatt-soatga kamay-tirish imkonini bergan.«Raqamli iqtisodiyot» yangi tushuncha – «blokchayn»ni (ingl. «block» – «blok» va «chain» – «zanjircha», ya’ni «bloklar zanjirchasi»ni) paydo qil-di. Blokchayn – turli ma’lumotlarni ishonarli hisobga olishga asoslangan ko‘p funksiyali va ko‘p darajali axborot texnologiyasidir. Bu kriptografika shaklidagi o‘zaro bog‘liq bloklar zanjirchasi qat’iy izchilikka asoslangan. Blokchaynda barcha ma’lumotlar to‘planib, muntazam to‘ldirib boriladigan ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi. Bunda blokchaynga kiritilgan ma’lu-motlarni o‘zgartirishning iloji bo‘lmaydi. Blokchaynni ma’lumotlar bilan cheksiz to‘ldirib borish mumkin. Shuning uchun uni superkompyuterga qi-yoslashadi.
Blokchaynga maxsus kalitlar orqali kiriladi. Kriptografik yozuv tar-zidagi kalit blokchaynni ishlatadigan har bir foydalanuvchida bo‘ladi. Bu uning barcha tarmog‘i foydalanuvchilar uchun to‘la ishonarliligini ta’min-laydi. Blokchayn 2009 yilda «bitkoin» kriptovalyutasi paydo bo‘lishi bi-lan birato‘la yaratilgan. Tomonlar o‘rtasida muomalada bo‘lgan valyuta bilan birinchi hisob-kitob Isroildagi «Wave» startapi, Buyuk Britaniyaning «Barclays» banki va Irlandiyaning «Ornua» firmasi o‘rtasida 100 ming AQSh dollari akkreditivi orqali amalga oshirilgan. Agar bunday moliyaviy ope-ratsiya turli mamlakatlar o‘rtasidagi an’anaviy hisob-kitoblar asosida bir hafta va undan ham ko‘proq muddatni talab etadigan bo‘lsa, blokchaynda bu 4 soat mobaynida bajarilgan.
Hozirning o‘zida blokchayndan moliyaviy operatsiyalar, shu jumladan, «bitkoin» kriptovalyutalari bilan savdo qilishdan tashqari quyidagi maq-sadlarda foydalanilmoqda:
– raqamli shaxs guvohnomalari yaratilmoqda;
– shifrli mualliflik huquqi saqlanmoqda;
– pasportlar, diplomlar, haydovchilik guvohnomalari to‘g‘risidagi ma’-lumotlar saqlanmoqda;
– ixtirochilar, adiblar, rassomlar, musiqachilar va boshqalar muallif-lik huquqiga ega ixtirolari va asarlarini sotmoqda;
– davlat va mahalliy hokimiyat organlarining hujjatlari, hisobotlari, boshqa ma’lumotlar saqlanmoqda va boshqalar1.
O‘zbekistonda ham «raqamli iqtisodiyot»ni joriy qilishga katta e’tibor berilmoqda. 2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlanti-rishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini 2018 – «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvat-lash yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturida «Aqlli shahar», «Aqlli mahalla», «Aqlli uy» va «Aqlli hokimiyat» konsepsiyalarini o‘z ichiga olgan normativ-huquqiy hujjatlar to‘plamini ishlab chiqish nazarda tutilgan.
«Aqlli shahar» konsepsiyasini dastlab mamlakatimiz poytaxti, shuning dek, Toshkent viloyatining markazi – Nurafshonda amalga oshirish mo‘ljal-langan.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Rivojlanish dasturi bilan ham-korlikda Toshkent viloyatining Yangiyo‘l, O‘rta Chirchiq, Parkent va Toshkent tumanlari uchun «aqlli qishloq xo‘jaligi» loyihasi ishlab chiqilgan. Ushbu loyihaga ko‘ra, viloyatdagi 800 ta fermer xo‘jaligi agrotexnika tadbirlari-ni amalga oshirish uchun bepul innovatsion tavsiyalar bilan ta’minlanib bo-radi. Ushbu hududlarning 10 ming gektar maydonida o‘rnatiladigan «raqamli texnologiyalar» sensorlari orqali olinadigan ekinlarga eng maqbul muddat-lar va qay tarzda ishlov berish, ularni oziqlantirish, sug‘orish, hosilning yetilishi va boshqa masalalar bo‘yicha tavsiyalar taqdim qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |