18.2-rasm. SWOT tahlil usulining tarkibiy qismlari
SWOT tahlil usulining vazifasi – strategiyani aniqlashda vaziyatni baholash hamda taklif qilinayotgan g‘oyaning kuchli va zaif tomonlarini, shu-ningdek, mavjud imkoniyatlar va ehtimol tutilgan tahdidlarni imkon qadar to‘liq hisobga olishdan iborat. Buning uchun maydonlar kesishishiga asoslan-gan usuldan foydalaniladi (19.1-jadval).
Jadvaldan quyidagilar anglashiladi:
– SIV maydoni orqali tashqi muhit imkoniyatlaridan foydalanish uchun qaysi kuchli tomonlarni qo‘llash lozimligi oydinlashadi;
– SLV maydoni esa tashqi muhitning qaysi imkoniyatlari mavjud zaif-liklarni bartaraf etishi mumkinligidan dalolat beradi;
– SIU maydoni tahdidlarni bartaraf etish uchun qaysi kuchlardan foyda-lanish maqsadga muvofiqligini bildiradi.
– SLU maydoni paydo bo‘lgan tahdidlarga chek qo‘yish uchun qaysi zaif to-monlardan halos bo‘lishi kerakligini ko‘rsatadi1.
Do'stlaringiz bilan baham: |