I. Barglarning mozaikali buralishi. Chaqiruvchisi M—virus. Kasallik alomati kuchsiz mozaika va o‘simlik yuqori qismidagi yosh barglar cheti yuqoriga buraladi va xloroz kuzatilmaydi. O‘suv davri ikkinchi yarmida barglarning yuqoriga buralishi kuchayadi.
Ayrim navlarda mayda, tuk rangdagi nekroz dog‘lar hosil qiladi. Tabiiy sharoitda M virusi yoki bargning mozaikali buralish kasalligi bitlar yoki kasallangan o‘simliklar orqali yuqadi, hosildorlikni 25—35 % gacha kamaytiradi.
2 Yo‘l-yo‘l (chiziqli) mozaika.Chaqiruvchisi asosan U virus, qisman boshqa mozaikali viruslar ishtirokida. Kasallik bargning orqa tomirida, ba’zan poyalarda jigar rang chiziq va dog‘ ko‘rinishida paydo bo‘ladi. Kasallangan o‘simlik barglari ko‘pincha burishganga o‘xshash ko‘rinib, poya soni kamayishiga, gullash kuchining susayishiga, hosildorlikning keskin pasayishiga (hatto umuman tugmaydi) olib keladi. Kasallik ta’sirida tuganaklar maydalashib, yorilganlari ko‘payadi. Tuganaklar rangi qizildan och rangga kiradi. Ba’zan o‘simtalar nekrozga uchraydi. Kasallik virusi bitlar orqali tarqalib, kasallangan o‘simliklardan o‘tadi.
3. G‘adir-budur mozaika. Ko‘pchilik navlarda bu kasallikni X+U viruslari birgalikda, qisman U virusi chaqiradi. Kasallik belgilari barg plastinkasidagi o‘zgarishlarda namoyon bo‘ladi. O‘simlik o‘sishdan qolib, erta nobud bo‘ladi.
Hosildorlikning kamayishi o‘simlikning kasallanish darajasiga bog‘liq bo‘lib tuganak hosil qilmasligi ham mumkin.
4. Barglarning bujmayishi. Kasallikni L virus chaqiradi. Bunda o‘simlikning pastki barglari o‘rta tomiri bo‘ylab o‘ralib, xuddi qoshiqcha yoki naychaga o‘xshab qoladi. Odatda bu holat pastki barglardan boshlanadi. Barglarning kraxmal bilan to‘lishishi natijasida ular qattiq va mo‘rt bo‘lib qoladi. Tabiiy sharoitda L virus bitlar yordamida tarqaladi. Mexanik yo‘l bilan esa tarqalmaydi.
Lekin, tuganakda virus saqlanadi. Hosildorlikni kasalning paydo bo‘lish darajasiga qarab 30 dan 80 % gacha, kraxmalni esa 2—5% gacha kamaytiradi.
5. Gotika. Bu kasallikning chaqiruvchisi viroid, ya’ni oqsilsiz virusdir. Kasallikka uchragan o‘simliklar past bo‘yli bo‘ladi, tupdagi poyalar soni kamayadi va pastki yon shoxlar kuchli o‘saboshlaydi. Shox va barglari poyaga nisbatan o‘tkir burchak hosil qilib o‘sadi va yopishib turgandek ko‘rinish oladi. Bu esa o‘simlikka o‘ziga xos-gotik shakl beradi. Gotika gullash susayish va barg plastinkasining qisqarishida kuzatiladi. Kasallangan o‘simlikka tuganagi maydalashadi va cho‘ziq yoki urchuqsimon, besunaqay shaklga kiradi. Uning ko‘zchalari ko‘p va yorilgan bo‘ladi. Bu kasallik kartoshkaning o‘rtapishar va kechpishar navlarida ko‘p tarkalgan bo‘lib, tuganak orqali kasallangan o‘simliklardan hasharotlar yordamida o‘tadi. Kasallangan tuplar hosili 20—70% ga kamayib, tuganak sifati sezilarli yomonlashadi.