18-mavzu: Kartoshkani ahamiyati, biologiyasi,navlari va yetishtirish texnologiyasi Reja



Download 71,2 Kb.
bet22/22
Sana07.12.2022
Hajmi71,2 Kb.
#880866
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
18-mavzu Kartoshkani ahamiyati, biologiyasi,navlari va yetishti

Davolash davri kartoshka kovlab olingandan boshlanib, bunda tuganakda yetilish va shikastlangan joylar bitishi bilan bog‘liq mu­rakkab o‘zgarishlar kechadi. Tuganakning shikastlanib kesilgan va ezilgan joylarida suberin, periderma hosil bo‘lib, po‘sti qalinlashadi, kraxmal miqdori oshib, qand miqdori kamayadi. Hatto kasallik chaqiruvchilariga qarshi zaharli moddalar (solanin, chako­nin, kofein kislota, skopoletin kabilar) hosil bo‘ladi.
Davolash davri ekin navining xususiyatlariga qarab 10—15 kun davom etib, bu davrda harorat 15—20°, havo nisbiy namligi 85—95% bo‘lishi lozim.
Sovitish davrida tuganakdagi fiziologik-biokimyoviy jarayon­lar eng susaygan bo‘lib, u 20—40 kun davom etadi. Bu davrda ha­vo na­mligi 90—95% bo‘lib, harorat 14—18° darajadan har sutkasiga 1,5— 20 daraja sovutilib boriladi.
Shundan so‘ng kartoshkaning asosiy saqlash qishlash davri bosh­lanadi. Bu davrda harorat tezpishar navlar uchun 1,5—2°, o‘rtapishar navlar uchun 2—4°, kechpishar navlar uchun 4—5°, havo namligi esa 85-95% bo‘lishi lozim. Havodagi gaz miqdori va tarkibi ham tuganakning saqlanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Kartosh­ka saqlanishi uchun eng qulay sharoit havoda kislorod 16—18%, karbonat aigidrid gazi 2—3% bo‘lganda yaratiladi. Aktiv ravishda shamollatib turish, harorat va gaz miqdorini havo va tuganaklar oralig‘ida tavsiya etilgan darajada ushlab turish imkonini beradi.
Yuqorida qayd etilgan sun’iy sovutiladigan va sovutilmaydigan omborxonalarda saqlangan kartoshka Nevskiy va Zarafshon navlarida saqlanish davrida yo‘qotishlar chiqimlar (tabiiy so‘lish, o‘simta nish­lash natijasida chiqim, texnik va mutlaqo chirishlar) tadqiqot-lari­mizda aniqlanganda shu narsa ma’lum bo‘ldiki, su­n’iy sovutilgan sharoitda umumiy chiqimlar 2,4—4,1% ni, sovutilmaganda esa 10,6-14,8% ni tashkil etdi.
Kartoshkaning saqlanuvchanligi saqlash usulidan tashqari, u yetishtirilgan sharoitga va o‘stirish agrotexnikasiga ham bog‘liq. Yuqori normada bir tomonlama o‘g‘itlash, aytaylik faqat azotli o‘g‘itlar berish, sug‘orish tartibi va rejimini buzish, ko‘p dozada de­sikant, pestitsidlar qo‘llash kabilar kartoshka saqlanuvchanligiga salbiy ta’sir etadi.
Kartoshka yig‘ish oldidan quyoshli kunda 30—40 minut turishi, natijada ancha qurib, tuproq yopishmaydi. Bundan tashqari, ularning mexanik shikastlanganlarini darhol ajratish mumkin bo‘ladi.
Saralab olingan butun va sog‘lom tuganaklarni oddiy omborxona yoki o‘ralarda ham saqlash mumkin. Oddiy omborxona (shiypon)larda kartoshka saqlanganda eshik-derazalar mahkam berkitilishini, zaru­rat bo‘lganda isitish choralari ko‘rilib, sovuqdan asrash yo‘llari ko‘rilishi lozim.
O‘zbekiston sharoitida ko‘pchilik hollarda kartoshka o‘ralarda saqlanadi. O‘ralar kovlanayotgan joy yer osti suvi chuqur, ariqlardan uzoq, suv to‘planmaydigan bir tomonga kam nishab bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. O‘ralarning kengligi 0,6—0.8 m, chuqurligi 0,7—0.9 m, uzunligi 2,5—4 metr qilib olinadi. O‘ralarga kartosh­ka joylashdan oldin obdon ichi shisha, tosh, o‘simlik qoldiq va tomirlaridan toza­lanadi. O‘ra ustidagi tuproq qalinligi nam va sovuq o‘tmasligi uchun 25 — 40 sm gacha yopiladi va yomg‘ir suvlari oqib ketishi uchun yo‘l-egatchalar qilib qo‘yiladi. Erta bahorda ekishga 20—30 kun qolganda o‘ralardan kartoshka ochib olinadi va ekish oldi tayyorlanadi.
Eng avvalo saqlangan kartoshkalar 3 ta fraksiyaga mayda (30— 50 gramm), o‘rta (50—100 gramm) va yirik (100 grammdan ziyod) bo‘linadi. Mayda va yirik fraksiya tuganaklar kesilib, bo‘laklarga bo‘linadi va ertagi muddatda ekilgani maqsadga muvofiqdir. O‘rta fraksiya tuga­naklari yozgacha saqlanib, butun holatda kesilmasdan kechki kartoshka olish uchun urug‘lik sifatida foydalaniladi.
Kartoshka saqlanayotganda, ko‘pincha zamburug‘, bakterial va funk­sional kasalliklar bilan zararlanadi. Ulardan quyidagilar eng ko‘p tarqaladi:

  • fuzarioz kasalligi, quruq chirish:

  • ho‘l bakterial chirish kasalligi, bu kasallikka chalingan tuganak­lar ko‘plab suyuqlik va qo‘lansa hid chiqaradi;

  • qora son kasalligi, bunda yuqori harorat ta’sirida va havo alma­shinishining yetishmasligi natijasida tuganakning ichki to‘qimasi nobud bo‘ladi:

  • tuganak etining qorayishi kartoshkani kovlash va tashish vaqtidagi shikastlanish ta’sirida ba’zi aminokislotalarning oksidlanishi natijasida yuz beradi, bu xil qorayish kartoshka­ning ta’mini buzadi va ekilganda uning hosilini 15—20% gacha pasaytiradi.

Kartoshka haddan tashqari sernam va havo yetishmagan sharoitda (transheyalarda) saqlanganda, ba’zan tuganaklar po‘stidagi to‘r ken­gayib, sirtida mayda och dog‘chalar hosil bo‘lishi kuzatiladi.
Omborlarda saqlanayotgan kartoshka parvarishi bino ichidagi haroratni normal holda saqlab turish, tuganaklarni vaqti-vaqti bi­lan qarab turish, chiriganlarini ajratib olish va o‘simtalarini yulib tashlashdan iborat bo‘ladi. Omborlardagi qulay harorat xonani sun’iy sovitish yo‘li bilan yaratiladi, bu tuganaklarning nobud bo‘lishini kamaytirishdan tashqari, ularning urug‘lik sifatini yaxshi saqlash imkonini beradi. Shuning uchun sovuq xonalarda birinchi na­vbatda urug‘lik kartoshka saqlanishi lozim.
Kartoshka saqlashda tuganaklarning unishini to‘xtatib turadigan kimyoviy preparatlardan foydalanish ham katta ahamiyat kasb etadi. Ishlab chiqarish sharoitida kartoshka saqlashda M-1 (alfanaftil sirka kislotaning metil efiri) preparati muvaffaqiyatli ravishda qo‘llanilmoqda va u tuganaklarning unishini 2—3 hafta kechiktirish imkonini bermoqda.
Urug‘lik kartoshkani saqlashda TB (tetraxlor-nitrobenzol) pre­paratidan foydalanish tavsiya etiladi. Tuganaklarni bu xildagi pre­parat bilan ishlashda saqlanadigan 1 t kartoshka uchun 2—4 kg dori sarflanadi. Tuganaklar kuzda dorilangan ma’qul. Tuganaklarni TB preparati bilan dorilash ularning unishini kechiktirishdan tashqari, vaznining yo‘qolishini kamaytiradi va hosildorligini ancha oshiradi.
Kartoshka saqlashda MKG-1—malein kislota gidrozidining na­triyli tuzini (GMK-1) qo‘llanish, ham diqqatga sazovordir. Bu pre­parat kartoshka hosilini kovlash oldidan o‘simlikning palagi quriy boshlagan paytda purkaladi. MKG- 1 preparati ta’sirida yetilgan tu­ganaklardagi nuklein kislotaning biosintezi sekinlashadi, bu esa saqlanadigan kartoshka uchun juda muhimdir. Chunki bunda tuganak­larning unishi va quruq moddalarning yo‘qolishi ancha kamayadi. Bir gektar yerdagi kartoshkani dorilash uchun 1,5—9 kg sof holdagi prepa­rat suvda eritilib o‘simlikka sepiladi.


Nazorat uchun savollar:
1.Kartoshkaning kelib chiqishi va tarkalishi to‘g‘risida nimalarni bilasiz.
2.Kartoshkaning ertapishar, o‘rtatezpishar va o‘rtapishar navlaridan qaysilarini bilasiz. Ta’rifini ayting.
3.Kartoshkaning aynishiga qarshi kurashning an’anaviy va noan’anaviy usullarini izohlang.
4.Kartoshkachilikda ikkihosilli ekin sifatida kartoshka yetishtirish texnologiyasining xususiyatlari.
5.Kartoshka urug‘chiligining muammolari va yechimlari haqida gapiring.
Download 71,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish