11-jadval. Kartoshkani saqlash rejimi
Saqlash davri
|
Harorat, °S
|
Havoning nisbiy namligi, %
|
Saqlash davri boshlanishida
|
Saqlash davrining oxirida
|
Davolash davri (10-15 kun)
|
10
|
20
|
85-95
|
Sovitish davri (20-45 kun)
|
20
|
3
|
85-90
|
Qishlash davri
|
3
|
2
|
85-95
|
Hosil yig‘ishning sifatli o‘tishi, ekishda yerni tayyorlash, ekish, ekinni parvarish qilish, qisqasi hosil yig‘ishtirishgacha bo‘lgan barcha agrotexnologik jarayonlarning bajarilish darajasiga, yig‘ishtirish oldi chora-tadbirlarga, ekin naviga va tuganaklarning pishishiga bog‘liq.
Uzoq muddatga saqlanishi uchun xo‘raki va urug‘lik kartoshka quruq sog‘lom, toza hamda mexanik shikastlanishlardan holi bo‘lishi lozim. Yig‘ishtirishda shikastlangan (kesilgan va ezilgan) tuganaklarda nafas olish hamda so‘lish jarayonining aktivlashishi oqibatida ko‘p quruq modda yo‘qoladi va chirituvchi mikroorganizmlar kirib, ularni nobud qiladi.
Demak, yig‘ishtirish chog‘ida asosiy e’tibor kovlovchi mexanizmlar vositasida kartoshkani iloji boricha mexanik shikastlanishdan saqlashga qaratilmog‘i lozim. Buning uchun har bir xo‘jalik sharoitida eng avvalo kovlash hosili pishgan nav, dalalardan boshlanishi, unda tuproq namligi 14-16% bo‘lishi lozim. Tadqiqotlarimizning ko‘rsatishicha, tuproq namligi shundan kam bo‘lsa, mexanik shikastlangan tuganaklar miqdori 30% gacha oshadi. Namlikning yuqori bo‘lishi ham tuganak sifatiga, saqlanuvchanligiga salbiy ta’sir etib, yopishgan tuproq uning yuzasida ko‘p bo‘ladi.
Kartoshka hosilini yig‘ish oldi o‘tkaziladigan asosiy agrotexnologik jarayonlardan bo‘lib, kovlasholdi palakni o‘rib tashlash yoki desikatsiya hisoblanadi. Buning natijasida tuganak vv tuproq yetilishi tezlashadi, sog‘lom urug‘lik olinadi va kartoshka kovlovchi agregatlar ish unumi va sifati oshib, hosil kam shikastlanadi.
O‘tkazilgan tajribalarimizdan shu narsa ma’lum bo‘ldiki, palak o‘rilmagan paykalda kovlangan tuganaklarning po‘sti qalinligi 8,5 millimikronni, mexanik shikastlanganlari esa 33,7% ni, kovlash oldidan 7—10 kun oldin palaklar KIR-1,5B bilan o‘rib tashlangan daladan olingan tuganaklar po‘sti qalinligi 13,7 millimikronni, mexanik shikastlanganlari esa 11,9% ni tashkil qildi.
Agar gektariga 15-20 kg magniy xlorat yordamida desikatsiya yoki 20% li superfosfat suvli eritmasi bilan senikatsiya hamda palakni o‘rib tashlash o‘tkazilsa, palak qurishini tezlashtiradi, hosilni zararkunanda va kasalliklardan asrab, sifatini yanada yaxshilaydi.
Gollandiya navlari viruslardan holi bo‘lgani uchun ko‘p poyali, yetarli oziqlantirilganda palaklari juda kuchli rivojlanadi. Shuning uchun ularda kovlash oldi palaklar o‘rilishi, yoki desikatsiya, senikatsiya qilinishi shart.
Kovlab olingan kartoshka uzoq saqlanishgacha aralashmalardan tozalanadi, saralanadi, shikastlangan tuganaklardan ajratiladi. Bu ishlar dalada yoki maxsus punktlarda yig‘ish usuliga, ob-havo sharoitiga kartoshka biologik holati va foydalanishiga, saqlash xiliga qarab kuzda o‘tkaziladi.
Saralangan va saqlashga mo‘ljallangan kartoshka partiyasida tuproq, tosh, shag‘al va o‘simlik qoldiqlari yirik va o‘rta vaznli tuganaklarda 1% dan, mayda vaznlilar uchun 5% dan oshmasligi, umumiy mexanik shikastlangan tuganaklar salmog‘i ham 5% dan yuqori bo‘lmasligi shart.
Kartoshka saqlash uchun asosan doimiy va vaqtinchalik omborxonalardan, qisman uyum va yamalardan foydalaniladi.
Eng qulay va samarali usul omborxonalardan foydalanishdir. Chunki, unda harorat va namlikni boshqarish mumkin. Istiqbolli va keng tarqalgan usul bo‘lib, jahon kartoshkachiligida maxsus sovutgichli omborxonalarda konteynerlarda saqlash hisoblanadi.
Konteynerlarda saqlash tashish, ortish-tushirish chog‘ida bo‘ladigan 12—15% shikastlanishga chek qo‘yadi va yaxshi saqlanish uchun sharoit tug‘diradi.
Sovutgichli omborxonalarda, konteynerlarda saqlashning samaradorligi urug‘lik sifatining yaxshilanishi, hosildorlikning keskin oshishi N. N Balashev (1953), A. G. Martinenko, A. Rasulov (1969), A. Qodirxo‘jaev (1969), V. D. Pryaxin (1968), S. Mejidov (1970), V. M. Kuleshov (1976) kabilarning tadqiqotlarida ham tasdiqlangan.
Uzoq saqlashga mo‘ljallangan kartoshkada uchta davr o‘tadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |