18-mavzu: Estetikaning zamonaviy muammolari. Reja



Download 0,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/20
Sana11.02.2022
Hajmi0,58 Mb.
#442220
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
resources-15

Fotosan’at. 
XIX asrning 20-30-yillarida franstuzlar J.Nens, L.Dager, ingliz U.Tolbot tomonidan shahar 
manzaralari, mevalarning rassomlik san’atidagi ko’rinishlarini optika va kimyo yordamida suratga ko’chirish amalga 
oshiriladi. Uni dastlab «fotogeniya», «fotogenik san’at» deb, keyinroq esa, uni rassomlik san’atidagi rangtasvir va 
grafikaga yaqinligi nazarda tutib, «fotografiya» degan nom bilan atashdi. Muhimi shundaki, suratga tushirishni 
badiylashtirish, fototexnika asosida san’at asari yaratish boshlandi. Ayni paytda, endi rangtasvirning kuni bitdi, degan, 
shoshib aytilgan fikrlar ham o’rtaga tashlandi. 
Lekin tez orada uni rangtasvirning raqibi emas, balki janrlaridan biri sifatida qabul qilish odat tusiga kirdi. 
Nihoyat, XX asrning dastlabki yillaridayoq u o’ziga xos tasviriy imkoniyatlarga ega alohida san’at turiga aylandi. 
Ayniqsa chex foto san’atkori Frantshek Drtikol (1883-1961) ijodi jahon madaniyatida alohida iz qoldirdi. U badiiy 
suratkashlikning Rafeli degan nom oldi.
Keyingi davrlarda, fototexnika taraqqiyoti natijada, A.Stilist (AQSH), E.Atje (Franstiya), A.Jumaev 
(O’zbekiston), M.Rodchenko, (Rossiya) v.b. badiiy suratkashlik san’ati namoyandalari asarlari har qanday rangtasvir 
bilan bellashadigan darajaga ko’tarildi. Bu san’atkorlarda endi, Drtikoldan farqli o’laroq, rangtasvir uslublaridan 
foydalanish o’rnini bir lahzalik fototasvirning ifodaviy vositalaridan kelib chiqqan holda, fotosan’atga nurtasvir 
san’ati sifatida qarash ijodiy tamoyil tusiga kirdi. Bunda suratkash lahzalik sahnaning rejissyori bo’lishi, ob’ektdan 
badiiy qiyofaga aylanishi mumkin bo’lgan xusususiyatni topishi, eng mos rakkurs va suratga olish nuqtasini tanlashi, 
kompozistion miqyosni ilg’ashi muhim. O’shanda fotosan’atkor «mangu lahza»ni tasvirga tushirishga, ya’ni lahzani 
mangulashtirishga erishishi mumkin.
Badiiy suratkashlikning, ya’ni nurtasvirning rangtasvirdan farqi va eng muhim belgisi – bu uning hujjatlilik 
xususiyati, undagi har bir suratga olingan hodisa real asosga ega. Rassom o’zi tanlagan syujet tasvirida tasavvur va 
xayolotga keng o’rin beradi, fotosan’atkorda bu imkoniyat yo’q, u tasvir ob’ektini real, hayotdagi holatida qanday 
bo’lsa, shunday suratga tushiradi. Lekin u ob’ektning «yalt» etgan jonli ko’rinishini topa bilishi va o’sha jonlilikni 
saqlab qoladigan nuqtadan turib ijod qilishi, ba’zan ob’ektning ishiga aralashishi, uni muayyan ruhiy yoki manzaraviy 
holatga kelishi uchun ko’maklashishi kerak bo’ladi. Biroq u rassomning erkin aralashuvi imkoniga ega emas. SHu 
bois biz fotosan’atda eng yuksak darajadagi jonlilikni ko’ramiz, tom ma’nodagi real borliqning qo’shig’ini 
tinglaymiz. Kinoshunos Z.Krakauer: «Fotografiya bilan bir qatorda kino ham materialni nisbatan qo’l tegmagan 
ko’rinishda etkazib beradigan yagona san’at turidir... Suratga tushirilgan tasvirni idrok etar ekan, tomoshabin ba’zan 
haqiqiy reallikning ovozini – «borliqning shivirini» tinglaydi», – deganida haqiqatni aytgan edi.
8
Fotosan’atning ham turli janrlari mavjud, ularning ko’pi rassomlikdan «o’tgan»: portret, manzara, natyurmort 
v.h. Ammo har ikki san’at turidagi bir xil janr o’ziga xos tafovutga ega. M., portret janrida rassomlik san’ati har 
qanday syujetdan yiroq, o’z dunyosiga o’zi sho’ng’igan individual inson tasvirini beradi. Badiiy suratkashlikdagi 
portret esa aynan «odam ishtirokidagi syujetni» aks ettiradi, undagi individ o’z dunyosidan chiqib ketadi va o’zi 
ishtirok etayotgan jarayonning bir qismi sifatida gavdalanadi. Ya’ni fotosan’atda insonning o’zi emas, uning tashqi 
dunyoga munosabati birinchi o’rinda turadi. 
Fotosan’atda montaj katta ahamiyatga ega. Montaj orqali badiiy qiyofa yaratish imkoni nihoyatda keng. Fan va 
texnikaning ravnaqi tufayli u «mo’’jizaviy» darajaga ko’tarildi. Hozirgi kunda tasvir tayyorlashning 
kompyuterlashtirilishi natijasida badiiy suratkashlik eng qamrovli san’atga aylanib bormoqda va boshqa san’at 
turlariga tobora katta ta’sir ko’rsatmoqda. Ayni paytda fotoreklama va fototanqiddagi o’ziga xos go’zallik hamda 
go’zallikka aylanishi kerak bo’lgan xunuklikning badiiy qiyofalar darajasidagi tasviri ham jamiyat taraqqiyotida 
muhim ahamiyatga ega. 
Kino. 
Eng miqyosli zamonaviy san’at turi, bu – kino. Bugungi kunda u hamma erda «hoziru nozir». Uni 
kinoteatrlarda jamoaviy, televidenie va videomagnitafon orqali esa oilaviy yoki individual tomosha qilish mumkin. 
Hozirgi paytda kino o’zining dastlabki «harakatdagi fotografiya» holatidan shu qadar uzoqlashib ketganki, endi uning 
ovozsiz davridagi montaj dramaturgiyasiga suyanib qolgan san’at sifatida tasavvur ham qilish qiyin. Hozir aktyorlar 
yaratgan, murakkab psixologizmga asoslangan badiiy qiyofalar, adabiy sstenariy zaminida ekranlashtirilgan real 
hayotni badiiy aks ettiradigan davomli, ko’pchiziqli syujet birinchi o’rinda turadi. Kinoda teatrdagidek dinamik 
dramatizm hamda uning asosini tashkil etgan harakat, harakat va yana harakat (bunda fikriy harakat ham nazardan 
qochirilmasligi lozim) asarning moyasini tashkil etadi. Biroq kino, teatrdan farqli ravishda, kadrlar orqali zamondan-
zamonga «sakrab» o’tish imkoniga ega, biroq bu «sakrash», agar film rejissurasi puxta bo’lsa, tomoshabinga 
sezilmaydi, u hozirgi voqealarning ibtidosi, sababchisi – avval bo’lib o’tgan voqealar ekanini his qilib turadi. Chunki
o’tgan voqealarning eng muhim, qahramonlar taqdirini belgilaydigan holatlari kadrlarda bugungi voqealar bilan tabiiy 
ulanib ketadi, ya’ni kecha – bugunga, bugun – kechaga o’tib turishi ekran imkoniyati doirasidagi «oddiy gap», kino 
8
Михалкович В.И., Стигнеев В.Т. Поетика фотографии. М., Искусство, 1989. С. 122. 


san’ati usullaridan biri. Sahnada esa bunday imkoniyat yo’q, unda mazkur holatlar tomoshabinga to’g’ridan-to’g’ri 
emas, balki dekorastiya va musiqa o’zgarishlari yordamida aktyorlar monologlarida, ba’zan diologlarida nutq (so’z) 
orqaligina shartli ravishda etkazib beriladi. 
Ekranning imkoniyatlari, haqiqatan ham nihoyatda keng: u rassomlik, teatr, adabiyot, stirk, musiqa, estrada v.b. 
san’at turlaridan bemalol foydalana oladi, ularning zarur jihatlarini o’ziga «qo’shib oladi». Bundan tashqari kinoda 
kinematografiya tili bilan aytganda «plan»lar bor: umumiy. o’rta, yirik M., umumiy planda film qahramonlari yoki 
asosiy ob’ekt atrof-muhitdan alohida ajratib olinmaydi, umumiy tasvirning bir qismi sifatida, o’rta planda – u ajratib, 
lekin atrof-muhit unga fon sifatida xizmat qilgan holda tasvirlanadi. Yirik planda esa qahramon yoki ob’ektning faqat 
eng muhim tomonlari – inson yuz-ko’zi va undagi ruhiy evrilishlar yoki, deylik, bayroqning butun ekranni tutib 
hilpirashi kabi holatlar «tomoshabinga qarab keladi». Bunda va umuman, kinoda rejissyor g’oyasi bilan birga tasvirchi 
– operatorning roli katta. Agar muqim suratga olishda asosan rejissyorning «degani-degan» bo’lsa, harakatdagi 
kamera orqali tushiriladigan tasvirlarda tasvirchining mahorati, tajribasi, ijodiy fikrlash qobiliyati muhim. SHu bois 
iste’dodli tasvirchilarning keyinchalik taniqli rejissyorlarga aylanganini kino tarixida uchratishimiz mumkin. Mashhur 
rejissyor Malik Qayumov ko’p yillar tasvirchi bo’lib ishlagani bunga misol bo’la oladi. 
Jahon kinosi bilan deyarli bir vaqtda vujudga kelgan, Hudoybergan Devonov asos solgan o’zbek 
kinematografiyasi bugungi kunda katta tarix va salohiyatga ega. N.G’anievning «Tohir va Zuhra», K.YOrmatovning 
«Alisher Navoiy» kabi filmlari kino san’atidagi mumtoz asarlar hisoblanadi. Bugungi kunda xususiy 
kinostudiyalarning ko’plab vujudga kelishi, ijod erkinligi tufayli o’zbek kinosi ravnaqi uchun har tomonlama etarli 
sharoit mavjud. 

Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish