18-mavzu: Estetikaning zamonaviy muammolari. Reja



Download 0,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/20
Sana11.02.2022
Hajmi0,58 Mb.
#442220
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20
Bog'liq
resources-15

Baxshilik san’ati.
Odatda baxshilikni estetikada sa’nat turiga kiritish qabul qilinmagan va xalq og’zaki adabiy 
ijodi sifatida badiiy adabiyotning xili deb hisoblab kelinadi. Aslida “bunday kamsitish”ning sababi o’zbek estetikasida 
shu paytgacha Yevropaga, to’g’rirog’i, ruslarga taqlidning nihoyatda kuchli bo’lganida. SHunday qilib, biz uni 
to’laqonli san’at turi deb bilamiz va buni isbotlashga harakat qilamiz. 
Baxshilik san’ati asosan Sharq xalqlarida mavjud, kelib chiqishi qadimgi Hindiston bilan bog’liq, 
sanskritchadagi “bhikshu” (qalandar, darvesh) so’ziga borib taqaladi. Keyinchalik,”baxshi”, “baxsha”, “baxshi”, va 
boshqa shakllarda Sharq xalqlarining ko’pchiligida ustoz, ma’rifatchi degan ma’nolarda qo’llanilgan. G’arbda uni 
faqat qadimgi yunonlar madaniyatida ko’rishimiz mumkin. Qadimgi Hindiston ta’sirida bo’lsa kerak, baxshilar ularda 
dastlab,”aedlar”(qo’shiqchilar), keyinroq “rapsodlar”(qo’shiq to’quvchilar) deb atalgan, ular “Iliada”, “Odessiya” 
kabi yirik epik dostonlarni torli soz jo’rligida kuylaganlar. 
Bizda baxshilik san’ati qadimdan mashhur bo’lib kelgan. Ilmiy farazlarga ko’ra (V.Jarmunskiy, H.Zarif v.b.), 
“Alpomish” dostonining idlizlari Homer eposlari bilan tutashib ketgani qayd etiladi. “Alpomish” ham, boshqa alohida 
dostonlar ham, dostonlar turkumlari ham mintaqamizda, do’mbira, qo’biz va dutor jo’rligida kuylanadi. Baxshi, xalq 
dostonlarini yodda saqlovchi, meyoriga etkazib kuylovchi, ularning o’ziga xos variantlarini, versiyalarini yaratuvchi 
san’atkor. U, bir tomondan, shoirlik iste’dodiga ega bo’lishi kerak, ikkinchi tomondan, mahorat bilan kuylay bilishi, 
“Xudo bergan ovozga” ega bo’lishi lozim. 
Baxshilik san’ati ibtidodan bizda sof og’zaki ijod bo’lib kelgan, XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab
baxshilar madrasalarda tahsil ko’rib, ba’zi asarlarini yozma holda ham qoldirganlar. Lekin, asosan folklorshunoslar 
tomonidan dostonlar va termalar yozib olingan, hozir ham bu an’ana ma’lum ma’noda davom etmoqda. Shuningdek, 
bu san’atning yana o’ziga xos tomoni shundaki, unda ustoz – shogirdlik an’anasi qat’iy tarzda o’rnatilgan, doimo 
shunga amal qilib kelinadi. Natijada biz baxshilik san’atining bir necha o’ziga xos maktablariga egamiz. M.Qo’rg’on 
dostonchilik maktabi, Bulung’ur dostonchilik maktabi, Xorazm maktabi shular jumlasidan. O’zbek baxshilik san’atida 
ikki yo’l bilan dostonlar kuylanadi. Biri – Surxandaryo, Qashqadaryo, Samarqand yo’li, unda doston yo terma 
do’mbira jo’rligida, ichki g’arg’ara ovoz bilan, ikkinchisi – Xorazm yo’li, unda oddiy, ochiq ovoz orqali ijro etiladi. 
Baxshilik san’atining Ergash Jumanbulbul, o’g’li, Fozil Yo’ldosh o’g’li, Po’lkan shoir kabi ulug’ namoyandalari xalq 
dostonchiligi namunalarini yaratganlar. Ular an’anaviy syujet asosida o’ziga xos go’zal asarlar ijod etdilar. 
Xalq dostonlaridagi tasvirlar, majoziylik ko’p hollarda mubolag’aga va alliterastiyaga asoslanadi, natijada 
badiiy qiyofa afsonaviylashtirilgan, mo’’jizaviylashtirilgan tarzda gavdalan-tiriladi. Masalan, “Go’ro’g’li” turkumi 
dostonlaridagi bahodirlardan biri – Hasan Ko’lbar bir to’yning oshini eb to’ymaydi, murtining ichiga kalamushlar in 
qurib tashlagan v.h. YOki Amin baxshining o’zbek bahodirlariga chaqiriqday yangraydigan mana bu mubolag’a 
satrlarini olaylik: 
Ariq tubinda indiz, 
Daryo tubinda Qunduz, 
Tog’larni osmonga oting, 
Tutday to’kilsin yulduz


Dostonlarda ot ham asosiy qahramonlardan biri. “Alpomish”da Boychibor, “Go’ro’g’li” turkumi dostonlarida 
G’irot xuddi odamlarday tasvirlanadi. Ayni paytda ularning uchqurligi favqulodda va rang-barang o’xshatishlar 
vositasida ta’riflanadi. Masalan, G’irot “qulog’ini qalam, dumini alam qilib” elib boradi. Ya’ni G’irot –muqaddas ot, 
uning qulog’i insoniyat uchun muqaddas bo’lgan, uchi uchlangan adl qamish qalamga, dumi qadimiy popukli 
muqaddas bayroqqa o’xshatiladi. Dostonlarda turli badiiy vositalarning qo’llanishi, baxshining ovozi va do’mbiraning 
ohanglari uyg’unlashib ketadi. Natijada uchqur otning yo’l bosishini tinglovchi nihoyatda yaqqol tarzda idrok etadi. 
Ergash Jumanbulbul kuylagan “Ravshan” dostonidagi mana bu parchaga e’tibor qiling: 
Qulon yurmas erlardan 
Quvib o’tib boradi. 
Bulon yurmas erlardan 
Buvib o’tib boradi. 
Qarsoq yurmas erlardan 
Qalqib o’tib boradi. 
Bo’ri yurmas erlardan 

Bulbul tarоnalari. 5-tоmlik, 5-tоm. T., G’.G’ulоm nоmidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1973, 110-b. 


Bo’zlab ketib boradi...
2
Bu tasvirdagi alliterastiyalar (ohangdosh tovushlar) soz va ovoz vositasida ot bilan yaxlitlashib ketgan 
chavondoz qiyofasi haqida tasavvur beradi. 
Baxshilik san’atida nasr, nazm shakllari, barmoq vaznining turli ko’rinishlari o’z aksini topadi. Ular 
go’zallik, ulg’vorlik, mo’’jizaviylik, kulgililik kabi estetik xususiyatlarning yanada bo’rtib ko’zga tashlanishini 
ta’minlaydi. Ayni paytda bu san’at turi maqol, matal va hikmatlarga boyligi bilan katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. 
Fozil Yo’ldosh o’g’lidan yozib olingan “Alpomish” dostonidagi Boysari tilidan aytilgan mana bu satrlarni haqiqiy 
hikmat namunasi desak Yanglishmaymiz: Davlat ko’nsa bir chibining boshiga, 
Semurg’ qushlar salom berar qoshiga
3
Baxshilik so’z va ijro san’atining uyg’unligi sifatida hozir ham o’z ahamiyatini yo’qotgani yo’q. XIX-XX 
asrlarda ustoz borliqlarining an’analarini davom ettirgan va davom ettirayotgan ulkan san’atkorlar etishib chiqdi. 
Xorazmlik Bola baxshi, qashqadaryolik Qodir baxshi, surxandaryolik SHoberdi baxshilar shular jumlasidan. 

Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish