Rassomlik san’ati.
Bu san’at turi ham qadimdan mavjud, uning dastlabki namunalarini qadimgi tosh asridagi
g’orlar devoriga ishlangan rasmlarda ko’rish mumkin. Ularda asosan ov hayvonlari va inson tasviri berilgan.
Keyinchalik tasvirda tabiat ko’rinishlari ham aks ettira boshlangan. Dastlab ular bir yo’lda – rangli va oq-qora rang
tasvir sifatida Sharqda (Xitoy, Hindiston, musulmon mintaqasida) xattotlik, kitobat bezagi sifatida taraqqiy topgan,
biz ularni hozirgi zamon tili bilan minatyuralar deb ataymiz. Minatyuralar odatda rangli bo’lgan va ko’pincha tabiat
(daraxtlar, cho’llar, butoqlar) fanidagi inson, qushlar, xayvonlar tasvirini o’z ichiga olgan holda kitobdagi
mazmunning bir qismini ifodalagan, boshqacha qilib aytganda, bosma texnikasi qo’llanila boshlangunga qadar ular
grafika – kitobiy rasmlar vazifasini bajargan.
Rassomlik san’atining yana bir ko’rinishi qadimda saroy devorlariga ishlangan katta hajmli rangli tasvirlar
bilan bog’liq. Ularni hozirgi davr pannolarining ibtidosi deyish mumkin. M., Afrosiyobdagi to’y marosimini aks
ettirgan yoki Varaxshadagi hayvonlar bilan olishayotgan bahodirning tasvirlari (VII-VIII asrlar) shular jumlasidan.
Keyingi paytlarda bosma texnikasining vujudga kelishi va san’at turlarining taraqqiy topib borishi natijasida
rassomlik uch turga bo’lindi: devoriy rasmlar (ko’rgazmali-amaliy san’at), rangtasvir va grafika – kitob bezash san’ati.
Ko’rgazmali-amaliy san’at turini ko’rib o’tganimiz uchun rangtasviri to’xtalamiz.
Rangtasvir voqelikning san’atkor tanlagan nuqtayi nazardan mo’yqalam va bo’yoqlar vositasida muayyan
tekis materialga rasm tarzida tushirishdan iborat. Unda rassomning uslubi, bo’yoq tanlashdagi mahorati, nur va
soyalar o’yini Yangicha kompozistion yondashuv kabi san’atkor iste’dodini belgilaydigan jihatlar muhim ahamiyatga
ega. Aynan ana shular tufayli rassom tabiat, jamiyat, shaxs hayotidagi voqea-hodisalarning takrorlanmas serjilo
manzaralarini bizga etkazib beradi, voqelikdagi estetik xususiyatlarni rang vositasida tasvirlaydi. Rassom bularning
hammasini faqat rasm yo’li bilangina emas, balki rasmga o’xshash lekin aslida rasm bo’lmagan havo, nur, tuman v.h.
singari asarning estetik ruhini belgilab beradigan chiziq tasvirlar vositasida in’ikos ettiradi. Buning yorqin misoli
sifatida iste’dodli o’zbek rassomi V. Oxunovning “Tashlandiq odam”asarini ko’rastish mumkin. Unda rang, nur, soya
fonida baland kunda va unga qo’yilgan bosh tasviri berilgan, atrof bilan kunda bir olam, bosh o’zi bir olam. Diqqat
bilan kuzastangiz, qaysi rankkursdan qaramang, kundaga qo’yilgan olamni ko’rasiz va ekzitenstiyachilar ta’biri
yodingizga tushadi, o’z holiga tashlab qo’yilgan olamdagi tashlandiq odam. Tasvirning nochiziqligi, ranglarning
kontrastlikka asoslangan tarzda qorishuvi, ko’zi yumilgan bosh va hilpirashini hohlagan, lekin hilpirashga majoli yo’q
sochlarining tashqi olamiga ulanib ketishi ulkan bir fojeaviylik ruhini ufurib turadi, asarni kuzatar ekansiz,
seskanganingizni ham, ho’rsinganingizni ham sezmay qolasiz.
4
Biz zamonaviy rangtasvir haqida mulohaza yuritdik. Mumtoz rangtasvir namunalarini esa muzeylarda ko’p
uchratgansiz. Rembrand, Rubens, Rafael, Botichelli, Bryullov, Surikov, Levitan, Tansiqboev, Ahmedov, Choriyev va
boshqa ulug’ rassomlar asarlari shular jumlasidan.
Rassomlik san’atining yana bir ko’rinishi bu grafikadir – ham rasm, ham bosma badiiy asa. M., taniqli
rassomimiz M.Reyx tomonidan V. Yanning “Chingizxon” romaniga ishlangan rasmlari, mashhur rus haykaltaroshi
va rassomi V.Favorskiyning Robert Byorns asarlariga yog’ochdan o’yib ishlagan gravyuralari har ikkisi grafik
asarlaridir. Grafika rangtasvirga yaqin, lekin ayni paytda qat’iy chiziqlilik xususiyati egaligi va rangga ko’ra
voqelikning muayyan tasvirini aks ettirishi bilan ajralib turadi. Ayni paytda u doimo rangtasvirdagi asarlarga nisbatan
hajman kichik bo’ladi. Chunki grafika eng avvalo kitobda nashr etishi uchun mo’ljallanadi. SHu bois undagi
rangtasvir unsurlari bosma texnikasiga moslangan bo’ladi. O’zbek rassomlari grafikaning nihoyatda go’zal
namunalarini yaratganlar. CH.Ahmarovning “Ravshan” dostoniga, V. Kaydalovning o’zbek xalq dostonlariga,
I.Ikromovning Navoiy va Pushkin asarlari muqovalariga ishlagan rasm hamda bezaklari shular jumlasidan.
Rassomlik san’atida qadimgi minatyura yana tiklanganligini ham ko’rish mumkin. Bunga iste’dodli grafik
rassom T. Muhamedovning o’zbek halq ertaklariga ishlangan rasmlari, Sh.Muxammadjonovning ”Mahmud
Qoshg’ariy”, “Chilangar Kova qo’zg’aloni” kabi asarlarni misol bo’la oladi. T.Muhamedov minatyuralarida asosan
takrorlanmas grafika san’atini ko’ramiz, Sh. Muhammadjonovni rangtasvir, usulida zamonaviy minatyurani
boyitayotganiga guvoh bo’lamiz. T.Muhamedov asosan kulgilikka, Sh.Muhammadjonov esa ko’proq go’zallik va
ulug’vorlikka e’tiborni qaratadi.
2
Bulbul tarоnalari. 2-tоm, 534 b.
3
Alpоmish. T., G’.G’ulоm nоmidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1979 y., 13-b.
4
Qarang. “San’at”jurnali, 1991 y, 5-sоnidagi zarvaraq.
Xullas, rassomlik “qarimaydigan” san’at turi sifatida har bir zamonda o’z imkoniyatlarini kengaytirib
borayotgan katta tarbiyaviy ahamiyatini susaytirmagan faol estetik faoliyatdir.
Musiqa.
Agar rassomlik san’atida deylik uning manzara janridagi Levitanning mashhur “Qarag’ayzor” asari
ko’z oldimizda muayyan ma’noda tugallangan rangtasvir sifatida namoyon bo’lsa, musiqa asari, m., Betxovenning
“Oydin sonata”si yoki Hoji Abdulazizning “Guluzorim” kuyi ohanglar vositasida tinglash jarayonida chizilayotgan
rangtasvirdir. Ya’ni rangtasvir badiiy mazmundagi markazni in’ikos ettirgan holda ibtido bilan intihonni
tasavvurimizga havola qilsa, musiqada ibtido, markaz va intiho asarning o’zida mujassam bo’ladi. SHu bois rassomlik
san’atini ranglar musiqasi, musiqani esa tovushlar tasviri deyish mumkin. Ayni paytda musiqa rassomlikdagi yoki
badiiy adabiyotdagi aniq yo muayyan tasvirlash imkoniga ega emas, lekin u ohangdor tovush orqali inson qalbiga
kuchli ta’sir ko’rsatish, uning ruhini qisqa vaqt ichida o’zgartirish qudratiga ega. Bu jihatdan unga teng keladigan
san’at turi yo’q. Shu sababli musiqadagi “musiqiylik” tushunchasi barcha san’at turlari uchun yuksak mahorat
ma’nosini anglatadi. M., she’riyatdagi musiqiylik, nasrdagi musiqiylik, me’morlik – qotib qolgan musiqa, ranglar
musiqasi v.h.
Musiqa san’ati keskin farqlanadigan milliylik va mintaqaviylik xususiyatiga ega. Xususan, G’arb bilan Sharq
musiqasida intonastiya, ohang, ijro uslublari va usullari, musiqiy asboblarning xar xilligi yaqqol ko’zga tashlanadi.
To’g’ri, g’arbliklar va Sharqliklar odam sifatida bir-biriga (ichki dunyosi nuqtayi nazaridan) muayyan
o’xshashliklarga ega bo’lganidek, ularning musiqasida, ijro asboblarida qay ma’nodadir umumiylik bor. M., ba’zi
franstuz, olmon xalq qo’shiqlari bilan o’zbek xalq qo’shiqlari orasida intanastion o’xshash jihatlarni, fortapiyano
bilan chang, g’ichchak bilan skripka, nay bilan fleyta v.b. musiqiy asboblarda umumiy tomonlarni uchratamiz. Lekin,
ayni paytda biz Mostart asarlari bilan Hoji Abdulaziz asarlari orasidagi katta farqni darhol anglab etmasligimiz
mumkin emas. Chunki musiqa pardalar pastu balandligiga asoslangan, oddiy tovushga qaraganda uzoq davom
etadigan ohangdor tovush vositasida inson ichki dunyosini ifodalaydi. Eng avvalo ana shu ichki dunyo inson millatini,
mentalitetini belgilaydi, uning tashqi ko’rinishidagi farqlar ham ayni o’sha ichki dunyo bilan bog’liq. Shu sababli
musiqani millatning qalbi deb atashlari bejiz emas. M. F.Verdinelning “Jiz” operasini tomosha qilib o’tirgan oddiy
o’zbek dehqoni “Nima bu oddiy gapni qo’shiqqa o’xshatib, uning ustiga juda baland ovozda aytadi”, deb hayron
bo’ladi va uni rasmona estetik idrok eta olmaydi. Ammo o’sha dehqon Sulaymon YUdakovning “Maysaraning ishi»
operasini har gal Toshkentga kelganda jon qulog’i bilan, maza qilib eshitib, tomosha qiladi. Unga oddiy gapni qo’shiq
qilib aytilishi ham, ovozlardagi intonastiya ham erish tuyulmaydi, bularni u sezmaydi ham asarni estetik zavq bilan
idrok etadi. Chunki “Jizel” – Yevropa mentalitetining italyan kishisining qalbiga, ”Maysaraning ishi” o’zbekning
qalbiga mos milliy ohanglar uyg’unligi bilan murojaat qiladi.
Biroq, musiqa mohiyatan umuminsoniy tabiatga ega, qaysi millatga taalluqli bo’lishidan qat’i nazar, musiqa
tarjima qilinmaydi, rassomlik san’atiga o’xshab, uning tili – bitta. Faqat o’sha tilni tushunish uchun har bir millat o’z
estetik tarbiyasini yuksak darajasiga ko’tarishi, estetik didini ilmiy-amaliy asosida shakllantirishi lozim. Nima uchun
Muhiddin Qoriyoqubov XX asrning 30-yillarida, Munojot Yo’lchieva 90-yillarida Parij konstert zallarida bergan
konstertlariga ko’pchilikka chipta etishmagan, zalga kirganlar esa ularni bir mo’’jizaday tinglashgan, konstert
so’ngida deyarli yarim soat tik turib qarsaklar bilan olqishlashgan. Demak, hali bizning estetik tarbiyamiz, didimiz
franstuzlarga qaraganda ancha past. SHuning uchun ham biz Yevropa musiqa san’at durdonasini ham rosmana idrok
etolmaymiz. Vaholanki, jahonda barcha sohada integrastiyalashuv jarayoni jadal sur’atlar bilan bormoqda. O’zbek
estetikasining vazifasi ana shu jarayonda millatimizning to’laqonli ishtirokini ta’minlashga xizmat qilishdir.
Musiqa san’atida qo’shiq janrining o’rni alohida uni ba’zan qo’shiqchilik san’ati ham deb atashadi. Chunki
aynan qo’shiq, ohangdor inson ovozi musiqaning vujudga kelishida ulkan rol o’ynagan. Aynan qo’shiq ohangga
solingan so’zlar orqali millat tarix-dn, xalqning ijodiylik qobiliyatidan bizga xabar beradi. Eng go’zal, eng badiiy
yuksak xalq she’rlari qo’shiqlar matni sifatida yuzaga kelgan. Masalan:
Andijonda o’t yoqsam,
O’shda tutun.
Bu dunyoda bormikan
Bag’ri butun.
Bu dunyoda bo’lsa agar
Bag’ri butun,
Qog’ozdan hazon yasang,
Guldan – o’tin.
Bu satrlardagi o’xshatishlarni, majoziylikni, ohangga solingan inson qismatining badiiy qiyofasini hech bir
buyuk san’atkorda uchratolmaysiz. Buni faqat xalq dahosigina yaratishi mumkin. Ayni paytda muayyan shoirning
sheoriy matniga bastakorlar tomonidan maxsus kuy bastalash asosida ham qo’shiqlar vujudga keladi. Ularning eng
yaxshilari mumtozlik maqomini oladi. Qo’shiq janri ko’rinishlarga boyligi bilan ham alohida ajralib turadi: tarixiy
qo’shiqlar, marosim qo’shiqlari, laparlar, lirik qo’shiqlar siyosiy qo’shiqlar, ariyalar, intermeststolar. v.h.
Musiqaning turlari va janrlari juda ko’p: xalq musiqasi, mumtoz musiqa, simfonik musiqa, vokal, musiqa v.h.
Biroq u qaysi janrda bo’lmasin, Y.Baxning organ uchun yozilgan xorallarimi, «CHo’li Iroq» kuyimi, SHopenning
etyudimi, Tarkanning qo’shig’imi – hammasi inson hissiyotlarini tarbiyalashda, ularni hayvonlikdan insoniylikka
ko’tarishda va bu hissiyotlarni noziklashtirishda muhim ahamiyatga ega. Zero musiqa inson qalbini hilmlashtiruvchi,
yumshatuvchi eng kuchli estetik omildir.
Do'stlaringiz bilan baham: |