18-mavzu: Estetikaning zamonaviy muammolari. Reja



Download 0,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/20
Sana11.02.2022
Hajmi0,58 Mb.
#442220
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
resources-15

Me’morlik.
Bu san’at turining paydo bo’lishi insonning turar joyiga bo’lgan ehtiyojidan kelib chiqqan va 
odamning estetik tabiati uni tobora go’zallashtirib borishni talab etgan. Keyinchalik bu talab o’limdan keyingi “turar 
joyga” maqbarlarga tadbiq etilgan. Undan so’ng hukumdorlar saroyilari, devonxonalar turli rasmiy va norasmiy 
xizmat binolari, ibodatxonalar ham ana shu go’zallik qonuniga binoan qurilgan. Ispaniyadagi Al-Humro masjidi, 
Olmoniyadagi Kyoln jomesi, Xivadagi Nurillavoy saroiy v. b. shular jumlasidan. 
Me’morlik – mavjudligi makon bilan shartlangan san’at turi. Unda hajm, makonni egallash xususiyati birinchi 
o’rinda turadi, deyishadi, aslida “xajm” emas, mahobat atamasini qo’llash maqsadga muvofiq, zero mahobat 
ulug’vorlik ifoda topgan hajmdir. Me’morlikning san’at sifatidagi estetik mohiyati uning kulgililik xususiyatini inkor 
qilishi va ulug’vorlik xususiyatini barqaror etishi bilan bog’liq, hech bir san’at turida ulug’vorlik bu qadar o’zini 
yaqqol namoyon qilmaydi. Ayni paytda unda tasviriylik, noziklik, injalik kabi go’zallik unsurlari katta ahamiyatga 
ega, ular mahobatning tarkibiy qismini tashkil etgani holda, xandasaviy yoki bargsimon naqshlarda, stirkor narsalarda, 
devoriy yozuvlarda, peshtoqiy tasvirlarda o’z aksini topadi. Masalan, Samarqanddagi Registon majmuyiga kiruvchi 
SHerdor madrasasini 1619-1939 olib ko’raylik. Madrasa peshtoqidagi koshinkorli bezak orasida qora zamini koshinga 
oq harflar bilan me’mor Abdujabbor nomi bitilgan. Peshtoq ravog’ining tepasida qizg’ish zarhal tusli sher oq kiyikni 
quvib bormoqda. Quyosh bodomqovoq, qiyiq ko’zli tarzda tasvirlanib, yuzi zarhal yog’duga yo’g’rilgan
1
. Binoga 
sinchikovlik bilan qarar ekanmiz, uning bir paytlar mulavachchalar (talabalar) o’qiydigan oliy o’quv yurtlaridagi 
madrasa bo’lganiga hatto ishongingiz kelmaydi.. 
Albatta zamonaviy me’morlikda bunday jihatlarining hammasini, tasviriy to’kiislikni uchratish qiyin. Ayniqsa 
sho’rolar davridagi o’quv yurtlari, rasmiy va turar-joy binolari qurilishlari vaqt nuqtayi nazaridan an’anaviy 
me’morlikdan qanchalik uzoqlashgan sari, shunchalik san’atlik xususiyatini yo’qotib bordi. Masalan, ikkinchi jahon 
urushi davridagi me’morlik qurilishlari (Alisher Navoiy nomidagi katta akademik teatr binosi) bilan 60-80 yillarda 
tiklangan binolarni solishtirishda bu farq yaqqol ko’rinadi. Ayniqsa turar joy binolarining bir xilligi, xususan, to’qqiz 
qavvatli “quti”larga me’morlik san’ati haqida o’ylashing o’zi g’ayritabiiy tuyuladi. Buni mashhur rus kinorejisyori 
E.Razyanov o’zining hammamiz yaxshi biladigan “Qushday engil bo’ling” filmida ko’rsatib bergan. Filmning 
premerasida dastlab ekranda meksikancha shlyapa kiygan, qo’lida ulkan qamchi tutgan, qavog’i soliq haybatli kishi 
paydo bo’lgan. U me’morlik san’ati qo’llangan turli ko’rinishdagi binolarni har qamchilaganida yalong’ochlab (avval 
tomlardagi va peshtoqlardagi, keyin derazalardagi va devorlardagi bezaklarni ko’chirib tushirish asnosida) bir xildagi 
1
Qarang: Zоhidоv P. Mе’mоr оlami. T., Qоmus, 1996, 128 b. 


“quti”larga aylantirib chiqadi(keyinchalik «qamchili hukmdor» olib tashlandi). Ana shundan so’ng bir xildagi 
«qutilarga joylashgan» sovet kishilarining kulgili sarguzashtlari boshlanar edi. 
Insonga asosan ishlab chiqaruvchi kuch sifatida qaragan, har bir shaxsning noyob hodisa, takrorlanmas oliy 
qadriyat ekanligi tan olinmagan totalitar tuzum me’morlikka san’at, ya’ni ma’naviy qadriyat tarzida munosabatda 
bo’lmasdi ham. Ne-ne me’moriy yodgorliklarning – yuzlab qadimgi, takrorlanmas sa’nat namunalari hisoblangan 
madrasalar, maqbaralar va cherkovlarning portlatib tag-tugi bilan yo’q qilib tashlanganini eslang. Mustaqillikka 
erishganimizdan so’ng me’morlik yana o’zining san’atligiga qaytdi. Respublikamiz prezidenti Islom Karimovning 
tashabbusi bilan qator me’moriy majmular, loyihalar yaratildi, qadimgi yodgorliklar ta’mirlandi. Shuning natijasi 
o’laroq, bugun biz Imom Buxoriy me’moriy majmui 
 
kabi ulug’vor san’at namunalariga egamiz. Yakka tartibdagi 
binolar ham, jamoat binolari ham, ishlab chiqarish inshoatlari ham endilikda har xil original loyihalar asosida, 
me’morlik san’ati qoidalariga binoan bunyod etilmoqda. 
Zero har bir binoni umumiy qolip asosida emas, alohida me’mor – arxitektor taklif qilgan loyiha vositasida 
bunyod etilishi me’morlikning san’at ekanini belgilaydigan eng muhim omil hisoblanadi. Chunki me’mor – quruvchi-
injener emas, san’atkor. Uning uchun bino loyihasi shunchaki hisob-kitob qilingan chizmalar emas, ilhom, iste’dod 
natijasi bo’lgan ijodiy ish, bo’lajak asarning g’oyasi va rejasidir. Shu bois ba’zi bizgacha etib kelgan ulug’vor, go’zal 
me’moriy obidalar Amir Temur, (Samarqanddagi Amir Temur Jome masjidi), Ulug’bek (Ulug’bek madrasasi, 
Observatoriya) kabi hukmdorlar loyihalari asosida qurilgani bejiz emas. 
Hozirgi paytda zamonaviy materiallar asosida qurilayotgan binolar ham san’atlik xususiyatiga ega ekani bilan 
diqqatga sazovor. Ularda ko’rgazmali-amaliy san’at, atrof-muhit go’zallashtirish estetikasi binoning mahobati bilan 
uyg’unlashib ketadi. Natijada bino yanada ulug’vorroq ko’rinish kasb etadi. M., «SHeraton» mehmonxonasi, Oliy 
Majlis binosi kabi inshootlarni shunday zamonaviy me’morlik namunalari qatoriga kiritish mumkin. 

Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish