Xattotlik.
Yozma adbiyotning keng yoyilishi bir tomondan, badihago’ylik ravnaqiga chek qo’ygan bo’lsa,
ikkinchi tomondan Yangi san’at turi xattotlikning vujudga keltirdi. Xattotlik Xitoy, YAponiya, Suriya va musulmon
mintaqasida va Yevropada keng yoyildi, dastlab unga qimmatbaho kitoblarni chiroyli yozuv bilan ko’chirib
ko’paytirish xunari sifatida qaralgan. Keyinchalik u mustaqil san’at turiga aylandi. Xattotlik quroli sifatida musulmon
Sharqida qamish qalam, Budha Sharqida mo’yqalam, Yevropada –patqalam qo’llanilgan. Xattotlikda harf yoki
ieroglif ham aniq, ham chiroyli yozilishi bilan go’zallikni namoyon etadi. Har bir xattot san’atkor sifatida o’z yozish
uslubiga ega bo’lgan. Bizning mintaqamizda ushbu san’at tufayli arab yozuvining turli xil go’zallashgan ko’rinishi
vujudga keldi. Nasta’liq, nasx, suls, kufiy, Rayhoniy va b. shular jumlasidandir.
Hukumdorlar devonlaridagi mirzalar ham chiroyli yozuv sohiblari bo’lgan. Lekin ular farmonlar, ko’rsatmalar,
rasmiy maktublar bilan shug’ullanganlar, ularda real, diplomatik talablar ifoda topgan. Xattotlikda harflar go’zalligi,
birinchi o’rinda turgan. Bunga misol tariqasida Sultonali Mashhadiy ko’chirgan Navoiy devonlarini keltirish mumkin.
Xattotlik san’atining ravnaqi O’rta asarlarga to’g’ri keladi. Tabriziy, Sultonali Mashhadiy, Majnun ibn Kamoliddin
Rafiqiy, Munis Xorazmiy singari xusnixatning yirik san’atkorlari ayni paytda xattotlik san’ati to’g’risida estetik
risolalar ham bitganlar.
Xattotlikning san’at tarixidagi yana bir muhim xizmati shuki, u musulmon Sharqida rangtasvir san’ati rivojiga,
xususan uning minatyura janri taraqqiyotiga ulkan xissa qo’shdi. Kitoblar nafaqat o’simliksimon tasvirlar bilan
bezatila boshlandi, balki ko’chirilayotgan asar syujetlariga mos minatyuralar ham rusm bo’ldi. Bularning hamasi
Navoiy davrida Hirotda “Nigoriston” miniatyura maktabining vujudga kelishiga olib keldi. SHuningdek, keyinchalik
Buxoro, Hindiston, SHeroz minatyura ham paydo bo’ldi va endi miniatyura maktablari alohida, faol janr sifatida
ma’naviy hayotda katta o’rin egalladi. M., SHafiiy Abbosiyning “Uxlayotgan darvish” (Isfaxon, 1650), Mirza Alining
“SHaxmat o’yini” (Mashhad 1556 – 65) Buxoro maktabida yaratilgan “Ustoz va shogird kurashi” (XVIasr),
“CHashma bo’yidagi bazm” (1578) kabi minatyuralar ana shunday mustaqil maktablar namunalaridir.
Ko’rib o’tganimizdek, xattotlik san’ati kitobat, ya’ni kitobni o’quvchiga go’zal shaklda etkazish bilan bog’liq.
SHu bois bosma tarzda kitob chop etish vujudga kelgach, xattotlikka ehtiyoj qolmadi va tez orada u san’at sifatida
faollikni yo’qotib, tarixga aylandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |