18 ma’ruza: jabrlanganlarni transportirovka qilishda yordam ko`rsatish reja



Download 24,81 Kb.
bet1/5
Sana03.07.2022
Hajmi24,81 Kb.
#737212
  1   2   3   4   5
Bog'liq
18 MA’RUZA JABRLANGANLARNI TRANSPORTIROVKA QILISHDA YORDAM KORSATISH


18 MA’RUZA: JABRLANGANLARNI TRANSPORTIROVKA QILISHDA YORDAM KO`RSATISH


Reja:

1. Shikastlangan odamlar tashiladigan asosiy vositalar хaqida umumiy ma’lumоt


2. Shikastlangan odamlar tashishni transportsiz turlari.
3. Jabrlanganlarni transportirovka qilishda yordam ko`rsatish.
4.Tibbiy saralashda jarohat olganlarni rangli tasmlar yoki qog’ozlar bilan belgilash va birinchi tibbiy yordam ko`rsatish ketma-ketligi.
5.Avariyalarning kelib chiqishidagi omiliari.
6.Ammiak ta'sirida zaharlanishda birinchi tibbiy yordam


Shikastlangan odamlarni tashish va ransportirovka qilishda yordam ko`rsatish.
Shikastlangan odamlar tashiladigan asosiy vositalarga yer usti transporti (avtomobil, temiryo`l transporti). havo transporti (samolyot, vertolyotlar), suv transporti, sanitar va moslashtirilgan transportlar kiradi.
Shikastlangan odamlarni bir joydan ikkinchi joyga ko`chirishda yoki transportlarga tashishda quyidagi usullar tafovut qilinadi: qo`lda, yelkada opichib. zambil tasmalari va qo`lda bor bo’lgan boshqa vositalardan foydalangan holda 1-2 yoki bir necha kishilashib sanitar zambillarda olib borish.
Shikastlangan odamlami olib borishda mumkin qadar ko`proq avaylaydigan sharoitlar yaratib, olib ketilayotgan odamni quiay va to`g`ri vaziyatda yotqizib qoo’yish kerak. Olib borish va tashishda noto`g`ri harakat qilinsa, bu ahvolni yomonlashtirib. qo`shimcha shikast paydo bo’lishiga olib kelishi qon oqishining kuchayjsbiga singan suyak bo`laklarining o`midan surilib qolishiga sabab bo’lishi mumkin.
Oyoqlar jarohatlangan, kalla suyaklari zararlangan paytda shikastlangan odamlar chalqancha yotgan holda zambiiga solinadi. Umurtqa pog`onasi singan bolsa, shikastiangan odamni qorni bilan yotgan holda zambilga solinadi. Yoki chalqancha yotqiziladigan bo`lsa. umurtqa pog`onasining bukiiib qolmasligi uchun zambil ustiga taxta, faner va boshqa buyum qo`yish kerak .
Qorin jarohatlangan, shuningdek chanoq suyaklari singan paytda shikasitlangan odamiaming oyoqlarini bukib, chalqancha yotqizgan holda zambilga solinadi va shu holda olib boriladi. Bunda tizzalari tagiga kiyimini dumaloqlab solinadi oyoqiari yon tomonga kerib qo`yiladi Ko`krak qafasi jaohatlangan kishilarni zambilda bosh tomonini yuqoriroq ko`tarb, ko`krak qafasi bosilib qolmasligi uchun yonboshlatib olib borish kerak.
Shikastlangan odamlarni zambilda va transportda olib borayotgan mahalda ularning ahvolini. bog`lam va shinalarning to`g`ri turganligini kuzatib borish kerak. Yo`l uzoq davom etadigan bo`lsa, shikastlangan odamning vaziyatini o`zgartirib qo`yish, bosh tomoniga. tagiga solingan kiyimlarni to`g`rilab berish, chanqog`ini bosish (qorni jarohatlanganlardan tashqari) lozim.
Odatda, zambildagi shikastlangan odamning oyog`ini oldinga qilib olib boriladi. Ammo, u behush holda yotgan bo`lsa uni kuzatib borish mumkin bo`lishi uchun boshini oldinga qilib boriladi. Tik yuqoriga ko`tariladigan va pastga tushayotgan paytda zambilning gorizontal holatini saqlash kerak. Shikastlanganlarni kasalxonada zinadan yuqoriga olib chiqilayotgan mahalda zambilning bosh tomonini oldinga qilib, pastga olib tushilayotganda oyoq tomonini oldinga qilib burib olinadi. Transportga chiqarishda bemor yotgan zambilning bosh tomonini oldinga to`g`rilab beriladi. transportga birinchi galda zambildagi bemorlar. undan keyin esa yuradigan bemorlar va yaradorlar chiqariladi.
Zambilning loaqal qo`lda yasalgan xili ham bolmasa, shikastlangan odamlarni qo`lda. tasmalar va boshqa vositalar yordamida bir yoki ikki kishi bo`lib qo`lda ko`tarib olib borish mumkin (albatta, jarohatning holatiga qarab).
Masalan, Shikastlangan odamni qo`llar bilan orqaga opichib olib borish mumkin, bunda shikastlangan odam balandroq joyga o’tqiziib uning oyoqlari orasiga, unga orqa o`girgan holda bir tizzasini bukib cho`kkalanadi. Shikastlangan odam ko`taruvchi kishining yelkalaridan quchoqlab oladi, ko`taruvchi kishi esa ikkaia qo`li bilan uning sonlari tagidan ushlab o`rnidan turadi. Shikastlangan odamni uzoqroq masofaga yelkaga qo`yib olib borish hammadan ko`ra qulayroq. Uni ko`taruvchi odam o`ng yelkasiga boshini orqaga qaratib o`tkaziladi. Ko’taruvchi kishi shikastlangan odamning oyoqlarini o`ng qo`li bilan quchoqlaydi va shu bilan birga uning o`ng bilagi yoki qo`li panjasini ushlab oladi. Shikastlangan odamning qo`l-oyoq suyaklari. umurtqa pog`onasi singan, ko`krak qafasi, qorni yaraiangan bo`lsa, u holda bu usuldan foydalanib bolmaydi Ikki kishilashib «qulf qilib olish» usuli orqali ham shikastlangalar-ni tashish mumkin. Bunda ko’taruvchilar yonma-yon turishib, qo`llarini o`rindiq («quif») hosil bo`ladigan qilib ushlashadi .

Download 24,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish