17-mavzu. Iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning roli Reja



Download 139 Kb.
bet6/7
Sana02.03.2023
Hajmi139 Kb.
#915970
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Iqt. nazar 17-mavzu

Xulosalar
1.Bozor iqtisodiyotiga o`tish sharoitida davlatning milliy iqtisodiyotga aralashuvi uning bozor vositasida o`zini-o`zi tartibga solish orqali bajarish mumkin bo`lmagan yoki samarali ravishda amalga oshirib bo`lmaydigan vazifalarni o`z zimmasiga olishi; bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish va iste`molning xususiy tavsifi keltirib chiqaruvchi salbiy oqibatlarni bartaraf etish zarurligi; iste`molchilarning manfaatlarini himoyalash; bozorning tabiatidan kelib chiqadigan ayrim holatlarni qisman yengillashtirish, jumladan, aholining kam ta`minlangan qatlamining turmush darajasi haqida g’amxo`rlik qilish, bepul (yoki imtiyozli) bilim berish, tibbiy xizmat ko`rsatish va shu kabilarni o`z zimmasiga olishi; hozirgi sharoitda barqaror, izchil iqtisodiy o`sishni rag’batlantirish vazifasini ham o`z zimmasiga olishi orqali izohlanadi.
2.Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish deganda davlatning jamiyat a`zolari ehtiyojlarini qondirish darajasini oshirish uchun cheklangan ishlab chiqarish resurslaridan yanada samarali foydalanishni ta`minlovchi, umumiy iqtisodiy muvozanatga erishishga yo`naltirilgan, ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish bo`yicha faoliyati tushuniladi.
3.Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning maqsadi uning vazifalari orqali ifodalanib, ular, asosan, bozor tizimining amal qilishini yengillashtirish va himoya qilish, iqtisodiyotni tartibga solishning umumiy tamoyillaridan kelib chiqadi. Ya`ni, bozor tizimining samarali amal qilishiga imkon tug’diruvchi huquqiy asos va ijtimoiy muhitni ta`minlash; raqobatni himoya qilish; daromad va boylikni qayta taqsimlash; resurslarni qayta taqsimlash; iqtisodiyotni barqarorlashtirish, iqtisodiy tebranishlar vujudga keltiradigan inflyatsiya va bandlilik darajasi ustidan nazorat qilish hamda iqtisodiy o`sishni rag’batlantirish.
4.Davlat milliy iqtisodiyotni tartibga solishda bevosita va bilvosita ta`sir qilish usullari hamda tashqi iqtisodiy usullardan foydalanadi. Tartibga solishning bevosita ta`sir qilish usullaridan foydalanilganda yaxlit takror ishlab chiqarish jarayoni yoki uning alohida tomonlarini to`g’ridan-to`g’ri, ma`muriy tartibga solish ko`zda tutiladi. Bu usullar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: iqtisodiyotning ayrim bo`g’inlarini bevosita boshqarish; narxlar va ish haqini «muzlatib» qo`yish siyosati; ish bilan bandlik xizmati (mehnat birjalari) faoliyatini tashkil qilish; iqtisodiy sohani tartibga solishni ko`zda tutuvchi qonunlarni ishlab chiqish va qabul qilish va h.k.
5.Iqtisodiyotni bilvosita tartibga solishda iqtisodiy dastak va vositalarga ustunlik beriladi. U davlatning pul-kredit va byudjet siyosatida o`z ifodasini topadi. Pul-kredit siyosatining asosiy vositalari quyidagilardan iborat bo`ladi: hisob stavkasini tartibga solish; moliya-kredit muassasalalarining Markaziy bankdagi zahiralari minimal hajmini o`rnatish va o`zgartirish; davlat muassasalarining qimmatli qog’ozlar bozoridagi operatsiyalari (davlat obligatsiyalarini chiqarish, ularni sotish va to`lash). Davlat byudjet siyosati uning daromadlar va harajatlar qismini o`zgartirishga qaratilib, bu usulning eng asosiy dastagi soliqlar hisoblanadi.

Download 139 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish