17-Mavzu: Buхgаltеriya hisоbi vа 1C: Buхgаltеriya dаsturi Quyida biz xozirgi paytda turli xil korxonalarda keng miqyosda ishlatilayotgan va amaliyotda ancha vaqt mobaynida o'zini oqlab kelgan xamda katta imkoniyatlarga ega bo'lgan
1S Buxgalteriya dasturining imkoniyatlari xaqida qisqacha ma'lumot beramiz. «1S:Predpriyatie» deb nomlangan dasturlar oilasi bir necha konfiguratsiyalarga ega.
«Buxgalterskiy uchet» (Buxgalteriya hisobi) deb nomlangan konfiguratsiya barcha buxgalteriya operatsiyalarini bajarishga imkon beradi. Ishchi-xizmatchilari soni 30 tadan kam
bo'lgan ko'tara savdo korxonalari uchun ushbu konfiguratsiya juda ham mos tushadi va u buxgalteriya hisobi bilan bog'liq bo'lgan barcha ishlarni amalga oshirishga imkon beradi.
Kamroq shtatga ega bo'lgan chakana va ko'tara savdo tashkilotlari uchun «Torgovlya i sklad» - Savdo va ombor - deb nomlangan konfiguratsiyani tanlagan ma'qul bo'ladi. Agar
korxona katta shtatga ega bo'lsa, u xolda uning «Zarplata i kadri» - Ish xaqi va kadrlar - konfiguratsiyasisiz ish yuritishi juda ham murakkab bo'lib qoladi. Ammo
buxgalteriya hisobini to'la miqyosda amalga oshirish uchun bularga
«Buxgalterskiy uchet» - Buxgalteriya hisobi - konfiguratsiyasini ham qo'shib qo'yish kerak bo'ladi. Ammo «Kompleksnaya konfiguratsiya» - Umumlashgan tuzilma - deb nomlangan dastur
yuqoridagi barcha konfiguratsiyalarni o'zida mujassamlashtiradi. Agar ishlab chiqarish bilan uzviy bog'liq bo'lgan tashkilot uchun sexlardagi xolat va mahsulot komplektatsiyasi
bilan bog'liq masalalarning aniq hisob-kitobini yuritish lozim bo'lsa, u xolda «Proizvodstvo» - Ishlab chiqarish va «Parus» deb nomlangan maxsus konfiguratsiyalaridan
foydalangan ma'qul bo'ladi. Agar konfiguratsiyani tanlash bo'yicha qandaydir muammolar kelib chiqsa, u xolda bu soha bo'yicha mutaxassislarga uchrashishingiz mumkin (dastur
bo'yicha malakali maslahatlar olish mumkin bo'lgan tashkilotlar manzili ushbu risolaning ilovasida keltirilgan). Lekin shuni aytib o'tish kerakki, xech qachon buxgalteriya
xisob-kitoblari uchun mo'ljallangan buxgalteriyani yuritish dasturi xar tomonlama ideal bo'la olmaydi, unda ko'zda tutilgan xujjatlar va hisobotlar esa korxonangizning
talablari va rahbarlarning istaklarini to'liq miqdorda qondira olmaydi. Agar bu ishlar sizni qoniqtirmasa, u xolda 1S dasturini sozlovchi-dasturchiga murojaat qilishingiz
kerak bo'ladi. Ushbu dasturni o'rganuvchilar uchun asosiy qiyinchilik uning ishlash mantiqini tushunmaslikdan kelib chiqadi. Ko'pchilik tajribali buxgalterlar ham o'z hisob-kitob
ishlarini dasturning mantiqiga to'la rioya qilmasdan olib borishlari amaliyotdan yaxshi ma'lum bo'lgan xolatdir. Shuning uchun ham ushbu kitobdagi ma'lumotlardan foydalangan
xolda dastur mantiqini yaxshilab, batafsil va to'liq tushunib olishga xarakat qiling.
Dasturda ishlash foydalanuvchi tomonidan komp`yuterda amalga oshiriladigan bir qancha xatti-xarakatlarni bajarish tartibini aniq bilishni va tushunishni talab qiladi. Bular
jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin:
• Kursor - ekrandagi xarakatlanuvchi chiziqchadir;
• Darcha yoki oyna – komp`yuter ekranidagi biror bir xujjatning tasviri bo'lgan to'rtburchak shakl deb tushuniladi;
• Tugmachalar kombinatsiyasi – klaviaturada bir vaqtda bosilishi kerak bo'lgan bir qancha tugmachalar sifatida tushuniladi;
• Sichqoncha sifatida noutbuklarda trekobl yoki sensorli ekran ham xizmat ko'rsatishi mumkin;
• Vertikal yoki gorizontal yo'lakchalar – ekranning chap qismida yoki pastida joylashtiriladigan va undagi tasvirni tepaga-pastga yoki o'ngga-chapga yo'nalishlarda
xarakatlantirish mumkin bo'lgan surgichlar.
• «Kursorni … ga o'rnatilsin» deyilganida sichqoncha ko'rsatgichini ekrandagi ob'ektga olib kelish va o'sha yerda sichqonchaning chap tugmachasi bilan bir marta turtish
tushuniladi;
• « . . . Tanlansin» deyilganida kursor turgan joyda sichqonchaning chap tugmachasi bilan ikki marta turtishga aytiladi. Xuddi shu ishni klaviaturadagi Enter tugmachasi
ham bajaradi;
• «Kontekst menyu ochilsin» deyilganida ekrandagi ob'ektga kursorni o'rnatib, uning o'ng tugmachasi bosilganida ochiladigan menyuga aytiladi.
• Piktogramma deyilganida dasturning u yoki bu funktsiyasini (amalini) bajarib beradigan rasmli yoki qandaydir tasvirli tugmachalari yoki rasmlarga tushuniladi.
• Rekvizit deyilganida istalgan xujjatning yoki ma'lumotnomaning maydonlariga yoziladigan ma'lumotlarga aytiladi.
• Muloqot darchasining varag'i deganda uning tepa qismidagi gorizontal qatorlardagi nomlari yozib qo'yilgan Zakladka lari ko'zda tutiladi.
• Galochka deganda ochiq maydonlarga qo'yiladigan v belgisi tushuniladi.
• Maydon deganda muloqot darchasining kerakli so'zlar, ko'rsatgichlar yoki amallar yozib qo'yilgan joylari ro'parasidagi ma'lumotlar yoziladigan bo'sh joylar ko'zda
tutiladi.
• Maydonga kiritiladigan ma'lumotni tanlash deb uning o'ng tomonidagi to'rtburchak shaklli tugmani bosib, mavjud imkoniyatlardan birini tanlashga aytiladi.
• Tugmacha deganda muloqot darchasidagi kerakli amal nomi yozilgan joy yoki klaviatura tugmachalari tushuniladi.
• Tugmachani turtish deganda, kursorni kerakli tugmachaga olib kelib, sichqonchaning (yoki sensorli ekranning) chap tugmachasini bosishga aytiladi.
• Menyu punktlarini tanlash deganda asosiy menyuga kirib, undagi paydo bo'lgan imkoniyatlardan ketma-ket foydalanish tushuniladi. Masalan, agar Servis > Parametri >
Obshie varag'i deb yozilgan bo'lsa, bu Servis menyusidan Parametri imkoniyatini tanlang va so'ngra paydo bo'lgan muloqot darchasidagi Obshie varag'ini (zakladkasini) bosing,
degani bo'ladi.
• Buyruqni tanlang deganda xuddi yuqoridagiga o'xshash, menyuning ketma-ket imkoniyatlarini tanlashga tushuniladi;
• Komp`yuterning qayta yuklanishi - uni o'chirib yoqish jarayonini (tasodifiy yoki maqsadli) yoki qaytadan ishni boshlashni anglatadi.
• Eslatma: 1S:Predpriyatie dasturining ko'pgina versiyalari bo'lgani uchun va uning har bir versiyasi sizning komp`yuteringizga o'rnatilayotganida u yoki bu turdagi
sozlanishlar yordamida amalga oshirilishi tufayli, ushbu kitobchada keltirilgan muloqot darchalari, menyular va tugmachalar bir-biridan biroz farqlanishi mumkin. Shuning uchun
bunday xollarda mantiqiy fikrlagan xolda dastur bilan ishlashning va ma'lumotlar kiritishning eng to'g'ri xatti-xarakatlarini o'zingiz aniqlab olishingizga to'g'ri keladi.
Albatta deyarli barcha amallarni (ishlarni) menyu orqali yoki klaviaturadagi tugmachalar kombinatsiyasi vositasida ham bajarish mumkin. Bu tanlov foydalanuvchining malakasi,
qiziqishi va ko'nikmalari bilan aniqlanadi, albatta. Bu ishlarni bajara olishni ham dasturning rivojlangan interfeysi hisobga olgan. Siz ushbu qo'llanmada keltirilgan
mashqlar va amaliy topshiriqlarni bajarish davomida bunday ko'nikma va tajribalarga ega bo'lib olasiz deb o'ylaymiz.
Ko'rib chiqilayotgan dasturning asosiy muloqot oynasi quyidagi asosiy va yordamchi elementlardan iborat:
Bu yerda tepadan birinchi qatorda dasturning va yechilayotgan masalaning nomi yoziladi, ikkinchi qatorda esa dastur asosiy menyusining punktlari joylashgan, uchinchi qatorda
dastur bilan ish olib borish tugmachalari (piktogrammalari) joylashgan, to'rtinchi qatorda esa buxgalteriya hisobini
avtomatlashtirilgan tarzda bajarish imkonini beradigan tugmachalar (piktogrammalar) ko'rsatilgan. Asosiy oynaning eng pastki qismida Start (Pusk) tugmachasi, xozirgi
paytda ishga tushirilgan dasturlar ruyhati va boshqa bir qancha piktogrammalar mavjud bo'lib, ular foydalanuvchilar uchun o'ziga xos qulaylik yaratadi. Uning shundoqqina
tepasida esa yordamchi qator joylashgan bo'lib, undan foydalanib, dastur xaqidagi bir qancha foydali ma'lumotlar olinishi mumkin.
Xar bir piktogrammaga kursor ko'rsatgichi keltirilib turilsa, biroz vaqtdan so'ng, u yerda suzib chiquvchi tushuntiruv paydo bo'ladi (vsplivayushaya podskazka) va u tugmacha nima
ish bajara olishi xaqida kerakli ma'lumotlarni olishga imkon yaratadi. Asosiy menyu punktlari esa unga kursor o'rnatilib, bir marta bosilganida, undagi menyuchalar (podmenyu)
ruyhatini ko'rsatadi. Masalan, Dokumenti menyusi ochilgandagi ko'rinish quyidagicha bo'lishi mumkin:
1S:Buxgalteriya dasturi ekranning pastki chap tomonida joylashgan Pusk (START) tugmachasi vositasida (yoki ish stolidagi dasturning piktogrammasi yordamida, uni ikki marta
turtish orqali) ishga tushirilishi mumkin:
PUSK > Programmi > 1S:Predpriyatie 7.7 > 1S:Predpriyatie
Xuddi shu amal bajarilganidan so'ng, ekranda ma'lumot bazalarini tanlash darchasi paydo bo'ladi.
Shuni aytib o'tish kerakki, bir komp`yuterdagi dastur yoki tarmoqda joylashgan dasturlar turli xil ma'lumot bazalaridan foydalangan xolda bir qancha korxonalarning
buxgalteriya hisobini olib borishga imkon beradilar. Ammo ulanish, o'rnatish va ma'lumot bazasini tanlash xuddi shu ma'lumot bazalarini tanlash darchasida amalga oshiriladi.
Agar kursorni darchaning ma'lumot bazalari nomlari yozilgan maydonda xarakatlantirsangiz, darchaning pastida kursor turgan ma'lumot bazasiga bo'lgan yo'l ko'rsatilib
turiladi. Agar sizning komp`yuteringizga dasturning tarmoq versiyasi o'rnatilgan bo'lsa, u xolda «Monopol`no» bayrog'i o'rnatilishiga e'tibor bering. Chunki faqat monopol`
rejimdagina dasturning ba'zi bir buyruqlariga kirish mumkin.
Endi kursorni kerakli ma'lumot bazasiga o'rnating va OK tugmachasini bosing. Agar dasturni ishga tushirish u o'rnatilganidan so'ng birinchi bora amalga oshirilayotgan bo'lsa, u
xolda ma'lumot bazasining indeksatsiyasi amalga oshiriladi va bu dasturni ishga tushirishning biroz
cho'zilishiga olib keladi. Undan tashqari, dasturni ilk bora ishga tushirganda ma'lumotnomalar to'ldirilishi va konstantalar kiritilishi xaqida ko'rsatmalar bo'ladi. Siz uchun
turli xil maslahatlar berishga mo'ljallangan «Sovet dnya» darchasini yopganingizdan so'ng, ekranda
«Putevoditel` po konfiguratsii» darchasi qoladi. Siz uning yordamida dasturning rejimlari va funktsiyalari bilan qulay xolda foydalanishingiz xamda ularni yaxshilab tushunib
olishingiz mumkin – bu esa dasturni tez va puxta o'zlashtirib olishga imkon beradi. Kursorni boshqaruvchi tugmachalari yoki vertikal surish yo'lakchalari yordamida Putevoditel`
ning tarkibida nimalar bor ekanligini o'rganib chiqing. Unda quyidagi bo'limlar bo'ladi:
• Soderjanie tugmachasi istalgan paytda Putevoditel` ning asosiy mundarijasiga qaytishga imkon beradi.
• Nazad tugmachasi oldin tanlangan mavzuga qaytishga imkon beradi.
• Dalee tugmachasi istalgan keyingi tanlangan mavzuga o'tish imkonini beradi.
• Agar siz dastur xar bir ishga tushirilganida «Putevoditel`» ning ko'rinib turishini istasangiz, u xolda «Pokazivat` pri zapuske» bayroqchasini o'rnatib qo'ying.
Putevoditel` ni ko'rib chiqqaningizdan so'ng, uning darchasini yoping.