24-Mavzu: 1C bаzаgа tаshkilоt hаqidа mа’lumоtlаrni kiritish, hisоb siyosаti. Buning uchun Servis menyusidan foydalangan xolda quyidagi amallarni bajarishingiz zarur bo'ladi:
Servis > Svedeniya ob organizatsii
Bu ish natijasida Svedeniya ob organizatsii deb nomlangan muloqot darchasi paydo bo'ladi. Unda quyidagi varaqlar mavjud:
• Organizatsiya
• Kodi
• Bank
• IMNS
• Nalogi
• Otvetstvennie litsa
Siz Organizatsiya varag'idan foydalangan xolda o'z tashkilotingiz xaqidagi ma'lumotlarni kiriting va undan so'ng OK tugmachasini bosing:
• Data registratsii
• Nazvanie
• Polnoe nazvanie
• Yuridicheskiy adres
• Pochtoviy adres
• Telefoni
Undan so'ng, Kodi varag'idan tashkilot kodlarini (INN, OKONX, OKUD, OKDP, OKOPF, Organizatsionno-pravovaya forma, OKFS, Vid
deyatel`nosti larni) kiriting. Bank varag'idan esa tashkilotingiz banki rekvizitlarini (Osnovnoy schet, Platejnie rekviziti, Raschetniy schet va boshqalar) kiriting. IMNS
varag'ida esa soliq inspektsiyasining nomi va kodini kiritishingiz kifoya. Nalogi varag'ida tashkilot tomonidan to'lanadigan soliqlar turlarini ko'rsatishtngtz mumkin. Bu
ishlarni qilib bo'lgandan so'ng, OK tugmachasini bosib, kiritgan ma'lumotlaringizni saqlab qo'ying.
Ma'lumotnomalarni to'ldirish
Barcha ma'lumotnomalarni (spravochniki) ularni chaqirish va tahrirlash (rejim administrirovaniya) vaqtida xamda boshqa operatsiyalar bajarilayotganda va xujjatlar tanlanganida
vaqtda (rejim vibora) to'ldirish mumkin. Ma'lumotnomalarning elementlari jadval ko'rinishida xamda maxsus tashkil qilinadigan muloqotlar shaklida tahrirlanishlari mumkin.
Muloqot usulida tahrirlash ma'lumotnomalarning elementlari juda ko'p bo'lganida ishlatiladi.
«Vidi produktsii (rabot, uslug)» ma'lumotnomasini to'ldirish (subkonto «Vidi nomenkulaturi»)
Ushbu ma'lumotnoma xarajatlar hisob raqami analikasi (20) va sotuv natijalari hisob raqami (90) bo'yicha analitik hisobga olishni amalga oshirib beradi. Bunda
nomenkulaturaning xar bir turi bo'yicha sotuv natijasi olinishi mumkin. Bu ma'lumotnomaning elementlari jadval ko'rinishida tahrirlanadilar. Ushbu misolda firma to'rt xil
turdagi faoliyat olib boradi deb faraz qilamiz:
• Ayollar kostyumlari tikadi
• Audio-video kassetalar bilan savdo qiladi
• Aloqa xizmatlari ko'rsatadi
• Boshqa firmalar talabiga ko'ra marketing izlanishlarini amalga oshiradi.
Bu faoliyat turlarini Spravochnik menyusidagi «Vidi produktsii (rabot, uslug)» ma'lumotnomasida ko'rsatamiz:
Spravochnik > Vidi produktsii (rabot, uslug)
Bu amal natijasida ekranda «Vidi produktsii (rabot, uslug)» ma'lumotnomasining muloqot darchasi paydo bo'ladi. Uning chap qismida fayllarning ierarxik (daraxtsimon)
tuzilishi papkalari, o'ngda esa Kod ustuni, Naimenovanie ustuni va Tip nomenkulaturi ustunini ko'rishingiz mumkin. Tip nomenkulaturi ni tanlash uchun bu ustunning o'ng
tomonidagi tanlov tugmachasini bosishingiz kerak bo'ladi.
Deystviya > Noviy
(buning o'rniga tayyor pistogrammalardan yoki klaviaturadagi Insert
tugmachasidan foydalanishingiz ham mumkin)
Endi ma'lumotnomaning yuqoridagi faoliyat turlariga mos bo'lgan quyidagi to'rttagina elementini kiritib ko'ring.
Kod Naimenovanie Tip nomenkulaturi
0000004 Marketing Rabota
0000003 Savdo Tovar
0000002 Aloqa xizmatlari Usluga
0000001 Tikuv mahsulotlari Produktsiya