17-ma’ruza: Oqova suvlarni oqizish tizimlaridagi mexaniq va biologik tozalash, hamda cho‘kmalarga ishlov berish inshootlari. Reja



Download 0,87 Mb.
bet2/5
Sana02.06.2022
Hajmi0,87 Mb.
#629794
1   2   3   4   5
Rasm.17.4. YOtiq qumtutgich.
1-cho‘kma surish kuraklari; 2-gidroelevator, qum chiqarish moslamasi; 3-cho‘kma yig‘ish kamerasi.
Tangensial va tik qumtutgichlarda bu shart gidravlik yuklama (100-110 m3/(m2s) bilan cheklangan. Qumtutgichda oqovaning o‘tish davri 30-100 sek bilan cheklangan. Aeratsiyalanuvchi qumtutgichlarda ilgarilanma va aylanma harakatlar qo‘shilishi natijasida qum zarrachalari bir-biriga urilib organiq moddalardan ajralishiga sharoit yaratiladi. Qumtutgichning uzunligi bo‘yicha 2/3 chuqurligida aeratorlarlar o‘rnatilgan. Har 1 m3 oqova suvga 0,1m3 havo sarflanadi.



Rasm.17.5. Tangensial qumtutgich
1-kirish kanali;2-chiqish kanali; 3-tinish zonasi; 4-to‘siq; 5-qum yig‘ish kamerasi; 6-shnekli nasos.
Qumtutgichlarni samarali ishlashi yuqorida keltirilgan tezliklarni ta’minlash bilan bevosita bog‘liq. Navbatchi xodimlarning asosiy vazifalaridan biri oqova sarfiga mos ravishda qumtutgichlar sonini tanlash hisoblanadi. SHuningdek qumtutgichlarning chiqish novida oqim tezligini sathga bog‘liq holda rostlovchi, keng ostonali obpartovlar o‘rnatiladi.
Qumtutgichlar cho‘kmasi davriy ravishda, har smenada, surish mexanizmi yordamida bunkerga yig‘ilib, gidroelevatorlar yordamida uzatilib turilishi zarur. CHo‘kmalar har 1-2 kunda chiqarilib qum quritish maydonchalariga jo‘natiladi. Maydonchalarni to‘g‘ri foydalanish ularga cho‘kmalarni tekis taqsimlash, zovur tizimini ishini kuzatish, kartalarni to‘lib ketishini oldini olish kabi ishlardan iborat. Qum quritish maydonchalarida hosil bo‘ladigan zovur suvlari qaytarilib qumtutgich oldidagi kanalga qo‘shiladi. Qum cho‘kmalarini organiq moddalardan chuqurroq ajratib olish yoki yuvish uchun qum bunkerlari ishlatilishi mumkin. Qum bunkerlaridan foydalanish ulardagi yopgichlarni zich ishlashi, qish mavsumida muzlashdan saqlash ishlari bilan bog‘liq. Qumtugichlarni ishlatishda xodimlar quyidagi ishlar yuklatiladi:

  • oqova suvlarning sarflarini nazorat qilish va qumtutgichlar orasida sarflarni rostlash;

  • qumtutgichlarda cho‘kma qatlamining qalinligini o‘lchab turish;

  • cho‘kmalarni o‘z vaqtida chiqarish va ularning uzatilishini nazorat qilish;

  • aeratsiyalanuvchi qumtutgichlarda havo berilishini va uning jadalligini nazorati;

  • quritish maydonchalariga yig‘iladigan cho‘kma qatlamining nazorati va o‘z vaqtida maydonchani tozalash;

  • cho‘kmalarni yuvilish davrida jarayonni to‘la o‘tishini nazorat qilish;

  • uskunalarni soz holda va qumtutgich hududi tozaligini saqlash.

Qumtutgichlar ishida quyidagi nosozliklar uchrashi mumkin:

  • oqova suvlarning juda katta sarflarda oqib kelishi yoki ularni notekis taqsimlanishida qum zarrachalarini haddan tashqari ko‘p chiqibi ketishi (tezliklar me’yoridan katta bo‘lganda) va organiq moddlarni cho‘kmaga tushishi(minimal tezliklarda);

  • oqovalarni katta notekisliklarda oqib kelishi yoki qumtutgichda tezliklarning notekis taqsimlanishi hajmining to‘la foydalanilmaganli sababli.

Bu kamchiliklarni bartaraf qilish uchun, muntazam ravishda, qumtutgichlarda oqim tezligi, oqova sarfi nazorat qilib borish zarur. Har yili qumtutgichlar navbat bilan ko‘rikdan o‘tkazish, tozalash va ta’mirlash ishlarini uchun ishdan to‘la to‘xtatiladi. Qumtutgichlar samaradorlinigini ifodalovchi yaqqol ko‘rsatgichlaridan biri birlamchi tindirgich cho‘kmalarining tarkibida qum zarrachalarining yo‘qligi hisoblanadi.



Download 0,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish