Biologik tozalash inshootlarini ishlatish Biologik sizgichlar. Oqovalarni biologik tozalashda ikki xil inshootlar, ya’ni biologik sizgich va aerotenklar ishlatiladi. Agar biologik sizgichlar oыoыvalarni tozalovchi mikroorganizmlar jism sirtida щssa, aerotenklarda ular muallaq, erkin oqimda suzib turadi.Biologik sizgichlar devorlar, filtrlovchi qatlam, suvni taqsimlovchi qurilma va oqovalarni yig‘ib oluvchi drenaj tizimlaridan iborat.Biologik sizgichlar ichida turli xil jismlardan iborat qatlam solinadi, shu jismlar sirtida zich joylashgan mikroorganizmlardan iborat biologik qobiq o‘sadi. Biosizgich davriy ravishda sug‘oriladi, oqovalar jismlarni hullab drenajga tushadi va mikroorganizmlarga ozuqa sifatida suvdagi imflosliklar etkaziladi. Sug‘orishlar orasida havo drenajdan kirib jismlar orasidan yuqoriga harakat qiladi va mikroorganizmlarni kislorod bilan ta’minlaydi. Nobud bo‘lgan mikroorganizmlar sug‘oriladigan oqovalar yordamida yuvilib pastga tushadi va ikkilamchi tindirgichda ushlab qolinadi.Oddiy tomchilovchi, yuqori yuklamali, minorali va doirali biologik sizgich turlari ishlatiladi.Biologik tozalash inshootlarini ishlashini ta’minlash ularning oksidlash quvvatini ushlab turish hisoblanadi.
Tomchilovchi biosizgichlar tabiiy, yuqori yuklamali esa tabiiy va sun’iy yo‘llar bilan shamollatiladi. Biosizgich ashyolari sifatida shag‘al toshlar, keramzit, plastmassa unsurlari, asbestotsement jismlari solinishi mumkin.
Biologik sizgichlardan foydalanishda ularga berilayotgan oqova suvni butun yuzasiga tekis, bir maromda sepilishini ta’minlash hisoblanadi. Suv sepish tizimidagi boshlangich bosimi 1,5 m, oxirida esa 0,5 m ni tashkil qilishi kerak. Sug‘orish tizimida sprinkler va aylanuvchi reaktiv aerosug‘orish tizimlari ishlatiladi. Sprinkler sug‘orish tizimi biosizgichning ustki qismida joylashgan suv taqsimlash tarmog‘i va sprinklerlardan iborat. Ulushlovchi sig‘im orqali oqovalar davriy ravishda sizgich maydoniga sepiladi. Sug‘orish davri 5-6, ulushlovchi sig‘imning to‘lish davri esa 15-20 daqiqani tashkil qiladi.
Reaktiv aylanuvchi sug‘orish tizimi o‘qda o‘rnatilgan to‘rtta yoki ko‘proq quvurlardan iborat bo‘lib, oqovalarning otilib chiqishi natijasida aylanma harakatga keladi va butun maydonni sug‘oradi.
Sizgichlarni ishlatishda ularni shamollatish tizimidagi ventilyatorlarning to‘g‘ri ishlashi, oqovalarni butun maydonga tekis sepilishi nazorat qilinadi. Agar sizgich hajmidagi jismlar orasidagi g‘ovaklarning bitib qolishi hollari ro‘y bersa, u tezkorlik bilan tozalanib g‘ovaklar ochilishi zarur. Biosizgichlar ishi oqovalarni aylanma sarfi, ya’ni retsirkulyasiya orqali boshqariladi. Biosizgichlarni ishlatishda ishchi xodimlar quyidagilarga e’tibor berishi lozim:
oqovalar sarfini me’yorda saqlab turishini ta’minlash;
beriladigan oqovalarni biosizgich maydoniga tekis taqsimlanishi;
shamollatish tizimini to‘g‘ri ishlashi;
suv va havo haroratlarini nazorat qilish, ayniqsa kuz-qish mavsumlarida;
inshootlar orasida oqovalarni teng taqsimlanishi.
Oddiy biosizgichlarda gidravlik yuklama 3, yuqori yuklamali biosizgichlarda esa 10-30 m3/m3 larga yaqin qiymatlarda saqlab turish kerak. Biosizgich ichidagi jismlarning yuqori qismi har 1,5-2 yilda, qolgan qismi esa, har 6-8 yilda to‘liq almashtirilib turilishi lozim. Biosizgichlarni ishga tushirish davrida 40% yuklama bilan va har soatda taxminan 50 daqiqa davomida sug‘orilib turilishi lozim.
Aerotenklarni ishlatish. Oddiy aerotenklar uzun sig‘imlar bo‘lib, eni 3,0; 4,5 va 6,0 m, chuqurligi esa 3,2 va 4,4 mni tashkil qiladi.Aerotenklar 1,2,3 va 4 koridorlardan iborat bo‘lishi mumkin. Aerotenkning uzunligi bo‘ylab pastki qismida, oqovalarni havo bilan to‘yintiradigan. aeratorlar joylashgan. Aeratorlar oqovalarni kislorod bilan to‘yintirish va moddalarni cho‘kmaga tushmasligi uchun ishlatiladi. Aerotenkga kirish joyida oqova suvlarga aylanma faol gil qo‘shiladi va aeratsiya davrida uning o‘sishi ta’minlanadi. Aerotenklarda oqovalarni qislorod bilan to‘yintirish mexaniq, gidravlik va pnevmatik usullari ishlatiladi. Aerotenklarda oqova suvlarni tozalash jarayonini samarali olib borishni ta’minlash maqsadida quyidagi qoidalarga rioya qilish kerak:
inshootlarga kerakli miqdorlarda oqova suvlar va havo berilishini ta’minlash;
aerotenkning barcha joylarida kislorodning, faol gilning zaruriy ulushini, hamda uning retsirkulyasiyasini ta’minlash;
havo berilishini to‘xtatmasdan ta’minlash;
gil biotsenozini va gil indeksini ta’minlash, uning shishib ketishiga yo‘l ko‘ymaslik;
aerotenk hududini ozoda saqlash.
Shuningdek, ishchi xodimlar aerotenklarning o‘lchash asbob-uskunalari va mexanizmlarini to‘xtovsiz ishlashini, buzilish ro‘y berganda ularni tezkorlik bilan ta’mirlashni ta’minlashi kerak. Aeratsiya tizimida ishdan chiqqan filtros plastinalar o‘z vaqtida almashtirilishi lozim.
Barcha laboratoriya nazorat ishlarini kimyo va bakteriologiya laboratoriya hamda tozalash inshootlarining navbatchi xodimlari bajaradilar. Nazorat ishlariga mas’ul bosh texnolog hisoblanadi. Nazorat ishlarining hajmi amaldagi me’yoriy xujjatlar, tabiatni muxofaza qilish qumitasi va yuqori tashqilot talablari hamda mahalliy sharoitlardan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Nazorat savollari.
Mexaniq tozalash inshootlari turlari.
Biologik tozalash inshooti qanday loyilanadi.
Aeratorlar oqovalarni qanday ishlatiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |