Yakuniy nazorat ishi (1 soat).
Mavzularni o‘rganish uchun - 146 soat (A1+: 210 soat).
Nazorat ishlari uchun - 8 soat (A1+: 8 soat).
Xatolar ustida ishlash uchun - 7 soat (A1+: 7 soat).
Takrorlash uchun - 9 soat (A1+: 13 soat)
Jami - 170 soat (A1+: 238soat).
Boshlang‘ich (4-sinf) sinf bitiruvchilarida shakllangan tayanch kompetensiyalar elementlari:
Kommunikativ kompetensiya:
A1
matematikaga oid atamalarning ma’nosini tushunib, to‘g‘ri o‘qiy oladi;
so‘z va gaplarni bog‘lagan holda o‘z fikrini aniq va ravshan ifodalay oladi;
fikrni mantiqiy izchillikda ifodalay oladi;
matematikaga oid audiomatnni tinglab, videotasvirlarni ko‘rib tushunadi, tegishli munosabat bildira oladi;
matematik matn ma’nosini qayta so‘zlab bera oladi, matematik qoidalarni yoddan ifodali ayta oladi.
A1+
Mavzuga oid ma’lumotlarni muhokama qilishda o‘zaro muloqotga kirisha oladi, muloqotda muomala madaniyatiga amal qila oladi, matematik masalani hamkorlikda yechishda jamoada samarali ishlay oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |