O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
A1
o‘qituvchi bilan birgalikda o‘quv masalasini (maqsadini) topa oladi va ifodalay oladi;
o‘qituvchi bilan birgalikda o‘quv masalasini qismlarga ajrata oladi;
o‘qituvchi bilan birgalikda masala yechimiga yaqinlashish darajasini baholay oladi va zarur hollarda o‘z faoliyatini to‘g‘rilay oladi;
o‘qituvchi bilan birgalikda o‘quv faoliyat natijasini tahlil qila oladi;
o‘qituvchi bilan birgalikda yo‘l qo‘yilgan xato va noaniqliklarni topa oladi, ularni tuzata oladi;
xususiy misollar va kuzatishlar tahlili asosida obyektlar umumiy xossalarini aniqlay oladi;
mavjud bilim va ko‘nikmalarni kundalik vaziyatga qo‘llay oladi;
ijtimoiy hayotdagi vaziyatlarga nisbatan o‘zining ijobiy estetik-emotsional munosabatini shakllantira oladi;
o‘qishga va yangi bilimlarni egallashga qiziqa oladi.
A1+
o‘zini o‘zi ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantira oladi, kamolotga intila oladi, matematikani mustaqil o‘qib-o‘rgana oladi, o‘z xatti-harakatini baholay oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |