16-Mustaqil ishi. Kompyuter grafikasi.
Reja:
1. Kompyuter grafikasi
haqida
2. Kompyuter grafikasi turlari
3. Tasvir formatlari va rang modullari
Kompyuter grafikasi haqida.
Kompyuter grafikasi kompyuter va maxsus
dasturlardan
foydalanib tasvirlar yaratiladi, mavjudlari raqamli ko’rinishga o’tqaziladi, qayta ishlanadi,
saqlanadi, va qulay ko’rinishda tasvirlanadi. Kompyuter grafikasi XX asrning
yarmidan
keyin kashf etilgan, taxminan 70-80-yillarda ommalashishni boshlagan. Rangli
kompyuter grafikasi
kashf etilishidan oldin, faqat qora va oq ranglardan iborat bo’lgan
grafik tasvirlar kashf etilgan va ishlatilgan. Bunday faqat qora va oq ranglardan tashkil
topgan grafik tasvirlar hozirda deyarli ishlatilmaydi. Sabab bunda faqat qora va oq rang
mavjud va bunda faqat qora va oq
rangni tasvirlashimiz mumkin, ya’ni biz bunday grafik tasvirda monitorlar
bilan faqat qora va oq ranglarni ko’rishimiz mumkin. Bundan boshqa ranglarni ko’ra olmaymiz. Rangli
tasvirlarni qora va oq grafikali tasvirlarga o’tqazish mumkin, ammo teskasi emas.
Sabab Bunda yetarli ranglar
kombinatsiyasiga ega emas. Hozirda kunda ishlatiladigan rangli grafik tasvirlarda biz juda ko’p ranglarni hosil
qilishimiz mumkin. Bu ranglarning hammasi uchta rang kombinatsiyasi natijasida hosil qilinadi. Boshqa
ranglarni hosil qiluvchi bu uchta ranglar quyudagilar: qizil, yashil va ko’k. Bular qisqartirib RGB deb yuritiladi.
Ushbu so’z yuqorida aytib o’tilgan uchta rangning ingliz tilidagi so’zlarining bosh harfi hisoblanadi. Red -
qizil, Green – yashil va Blue – ko’k. Bu so’zlar RGB qisqartma so’zini tashkil qiladi. Har bir rang 0 da 255
gacha bo’lgan sonlardan kodlanishi mumkin va har biri kodlashishi mumkin bo’lgan
ranglar sonini
quyudagicha hisoblab topishimiz mumkin bo’ladi. RGB =256*256*256=16777216 ta ranglar majmuasi
hisoblanadi. Har bir kod o’zida belgilangan rangni ifodalaydi va tur xil kod yozib bir xil rangni tasvirlab
bo’lmaydi. Har bir kod takrorlanmasdan bir rangni ifodalaydi. Masalan: R=0, G=0, B=0 qora rangni ifodalaydi.
R=255, G=255, B=255 oq rangni ifodalaydi. Boshqa ranglar ham shunday hosil qilinadi.
Rang
– moddalar chiqargan yoki qaytargan nurlanish spektriga mos ravishda yorugʻlikning muayyan koʻrish
tuygʻusini hosil qilish xossasi. Nurlanishning yorugʻlik energiyasi
atrofidagi buyumlardan qaytib, koʻz
qorachigʻi orqali koʻzning sezgir hujayraviy qabul qiluvchi pardasiga tushib, unga faol taʼsir qiladi. Modda
qaysi R.dagi nurni yutsa, oʻsha R.dagi nurni oʻzidan chiqaradi. R.ning spektri moddani
tashkil etuvchi atom va
molekulalar xususiyatlariga qarab oʻzgarishi mumkin. Spektrni tashkil etuvchi nurlar energiyasining zichligi
bir-biriga yaqin boʻlganda oq R. hosil boʻladi. Yorituvchanlik yoki yoritilganlikning kamayishi natijasida
moddalarning rangi noaniqlashadi.
Animatsiya
— Tasvirning o’zgaruvchanligini ifodalaydi. Tasvir bir qancha grafik o’zgaruvchan tasvirlarni o’z
ichiga oladi va undagi tasvirlar o’rin almashinib tasvirlanadi.