16-mavzu. Yordamchi elektr jihozlar.
I. Mа`ruzа rеjаsi:
Yordamchi jixozlar: yuritma elektrodvigatellari, oyna tozalagichlar, tovush
signallari, o‘chirgichlar, almashlab ulagichlar, rele va boshqa ko‘rinishdagi
kommutatsiya jihozlarining turlari.
Elektr jixoz sxemalarida ishlatiladigan ulagichlarning turlari. past va yuqori
kuchlanishli o‘tkazgich simlarning texnik tavsifnomalari.
Multepleks tizimi. Avtomobil elektr zanjirlarini avariya rejimlaridan himoya qilish
usullari. Rele va saqlagichlar bloki.
Elеktrоmоbillаr elеmеntlаri vа uning kоnstruksiyasi
II. Tаyanch so’zlаr vа ibоrаlаr:
Yordаmchi elеktr jihоzlаr hаrоrаt isitgich veltilyatori, oyna tozalagichlar, tovush
signallari, аkkumulyatоrlаr bаtаrеyasi, elеktrоmоbillаr, tizim аsbоblаri,
kоnstruksiyalаr , bоrt enеrgо kоntrоl , аkkumulyatоrlаr bаtаrеyasi, аvtоmоbil
tеzligini vа dvigаtеl vаlining аylаnish chаstоtаsini nаzоrаt qilish аsbоblаri,
elеktrоmоbillаr bоrt tizimi, ichki dаtchiklаr tizimi, hаydоvchini displеyli xаbаrlаsh.
III. Mаqsаd:
Tаlаbаlаrdа Yordаmchi elеktr jihоzlаr bo’yichа kеng qаmrоvli bilim vа
ko’nikmаlаrni shаkllаntirish.
IV. Matn
Zamonaviy avtomobillarida harakat xavfsizligini ta’minlash, haydovchi va
yo‘lovchilarga qulaylik yaratish, yonilg‘ini tejash bilan bog‘liq bo‘lgan
mexanizmlarni harakatga keltiradigan elektryuritmalar keng ko‘lamda
ishlatilmoqda. Elektrodvigatel, uzatish mexanizmi va boshqarish asboblaridan
iborat bo‘lgan elektromexanik tizimga elektr yuritma deb ataladi. Elektr
yuritmalar avtomobilning quyidagi moslamalarida ishlatiladi: isitkichlar va
ventilyatorlar, avtomobilning oldi-orqa oynalari va faralarni tozalagichlar, yon
oynalar va radioantennani ko‘tarish-tushirish mexanizmlari, o‘rindiqlarni
harakatlantiruvchi mexanizmlar va hokazo.
Avtomobillarda kollektorli o‘zgarmas tok elektrodvigatellari qo‘llanadi. Mexanik
energiyani uzatish uchun tishli va qo‘chqaroqli uzatmalar, krivoship-shatun
mexanizmlari ishlatiladi. Elektrodvigatelni boshqarish tizimi turli xil relelar,
elektron moslamalar, datchiklar, uzgich va almashlab ulagichlardan iborat.
Elektrodvigatel, mexanik energiyani uzatish moslamasi, bajaruvchi mexanizm va
boshqarish sxemasining elementlari konstruktiv jihatidan bitta umumiy qurilmaga
birlashtirilgan bo‘lishi mumkin. Masalan, elektrodvigatel oynatozalagich reduktori
bilan birikib motoreduktorni hosil qiladi. Elektr oynatozalagich va oynayuvgichlar
ham elektrodvigatel va bajaruvchi mexanizmning birikishidan hosil bo‘lgan
moslamalardir.
Ishlatish joyi va sharoitiga qarab eletrodvigatellar uzoq, qisqa vaqt davomida yoki
qisqa vaqt takroriy rejimlarda ishlashi mumkin.
Avtomobillarning elektryuritmalarida
faqat o‘zgarmas tok elektrodvigatellari
ishlatilib, ularning elektromagnit va
doimiy magnitlardan uyg‘otiladigan
turlari mavjud.
Elektromagnitli uyg‘otish tizimiga ega
bo‘lgan elektrodvigatelning tuzilishi 6.1-
rasmda keltirilgan. Elektrodvigatel
yakori 1, ikkita o‘zi o‘rnashadigan
metallkeramik podshipniklar 7 da
aylanadi. Podshipniklar qopqoq va
korpus 11 da prujinalar 5 va 14 bilan
ushlab turiladi va namatdan
tayyorlangan tiqma 6 ga shimdirilgan
moy bilan moylanib turadi. Qopqoq va
korpus murvat 3 yordamida bir-biriga
tortib qo‘yilgan. Yakorning halqasimon
usulda o‘ralgan chulg‘amlari kollektor 8 ga ulangan. Kollektor shtampalash yo‘li
bilan mis tasmalardan tayyorlanadi. Cho‘tka 9 kollektorga prujina 10 yordamida
bosib turiladi. Cho‘tkatutqichlar traversa 4 ga mahkamlangan. Korpusning ichki
silindrik sirtiga stator joylashtirilgan bo‘lib, uning qutblari 12 ga uyg‘otish
chulg‘ami 13 o‘rnatilgan. Quvvati katta bo‘lgan elektrodvigatellarning yakori
zo‘ldirli podshipniklarga o‘rnatiladi.
Avtomobillarda ketma-ket, parallel va aralash uyg‘otish tizimiga ega bo‘lgan
elektrodvigatellar ishlatiladi. Ketma-ket uyg‘otish tizimili elektrodvigatellar ishga
tushirish momenti katta bo‘lishini talab qilinadigan mexanizmlarda
(oynako‘targich, antenani chiqarib-tushirish moslamalari), paralel va aralash
uyg‘otish tizimli elektro-dvigatellar esa, tavsifnomasi barqaror va aylanish
chastotasi yuklama ortish bilan o‘zgarmaydigan mexanizmlarda (oyna-fara
tozalagichlar va hokazo) ishlatiladi. Reversiv elektrodviga-tellarning ikkitadan
uyg‘otish chulg‘ami bo‘lib, ular zanjirga galma-gal ulanadi.
Hozirgi zamon avtomobillarida elektromagnitli uyg‘otish tizimili
elektrodvigatellar o‘rniga doimiy magnitlar ta’sirida uyg‘otiladigan
elektrodvigatellar o‘rnatilmoqda. Elektrodvigatelning uyg‘otish tizi-mida doimiy
magnit ishlatilishi, uning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini sezilarli darajada
yaxshilash, xususan massasi va o‘lchamlarini kamaytirish, foydali ish koefitsientini
1,5 baravar oshirish imkonini beradi. Elektrodvigatelda ichki ulanishlarning
soddaligi, ularning ishonchliligini oshiradi. Bundan tashqari, mustaqil uyg‘otish
tizimi barcha doimiy magnitli elektrodvigatellar reversiv bo‘lishini ta’minlaydi.
Doimiy magnitli elektrodvigatelning tuzi-lishi keltirilgan. Doimiy magnitlar 2
qobiq 13 ning ichki sirtiga ikkita yassi po‘lat prujinalar 11 yordamida
mahkamlanadi. Elektrodvigatel yakori 12 ikkita o‘zi o‘rnashadigan sirg‘anuvchi
Doimiy magnitli elektrodvigatel:
1 va 7- podshipniklar, 2-doimiy magnit, 3-
cho‘tkatutqich, 4-cho‘tka, 5-traversa, 6-kollektor,
8 va 14-qopqoqlar, 9-drossel, 10-mahkamlash
plastinasi, 11-magnitni mahkamlash prujinasi,
12-yakor, 13-korpus, 15-yakorning chekka
izolyasiya plastinasi
podshipniklar 1 va 7 da aylanadi. Grafit cho‘tkalar 4 kollektor 6 ga prujinalar
yordamida bosib turiladi.
Doimiy magnitli elektrodvigatelning ishlash prinsipi yakor va stator magnit
maydonlarining o‘zaro ta’siriga asoslangan.
Hozirgi kunda avtomobil elektr yuritmalari uchun kontaktsiz o‘zgarmas tok
elektrodvigatellarini yaratish yo‘nalishida izchil ish olib borilmoqda.
Oynatozalagichlar
Oynatozalagichlar
avtomobilning old tomonidagi
(ba’zi avtomobillarda orqa
tomonidagini ham) oynasini
qor, yomg‘ir va har-xil
ifloslardan tozalash uchun
xizmat qiladi. Oynatozalagich
aralash uyg‘otish tizimiga ega
bo‘lgan doimiy magnitli
elektrodvigatel, almashlab
ulagich, qo‘chqaroqli reduktor,
krivoship, pishang va tortqilar,
cho‘tkalar, termobimetall
plastinali saqlagichdan iborat.
Yakor 1 ning (6.3-rasm)
aylanma harakati uning
o‘qidagi qo‘chqaroq 13 orqali
reduktorning plastmassadan
tayyorlangan shesternasi 12 ga uzatiladi. Krivoship 4, shesterna valiga qattiq
mahkamlangan bo‘lib, uning aylanishi rezina tozalovchi cho‘tka pishanglari 8 ni
o‘z tayanchlari 7 ga nisbatan tebranishga olib keladi. Krivoship harakati
cho‘tkalarga tortqilar 5 va pishanglar 6 orqali uzatiladi. Elektrodvigatelni tok
manbaiga ulash va uzish, uning yakorini tezligini o‘zgartirish almashlab ulagich 2
yordamida amalga oshiriladi.
Oynatozalagich cho‘tkalarining kichik tezlikda ishlashini ta’minlash uchun
almashlab ulagich 2 ning kontakt lappagi 9, tok elektrodvigatel uyg‘otish
chulg‘amining parallel ulangan g‘altaklariga, qarshilik 10 dan o‘tmasdan boradigan
I holatga keltiriladi. Tozalovchi cho‘tkalar tezligini oshirish uchun almashlab
ulagichning kontakt lappagi boshqa holatga keltiriladi (II holat), Bu holda
elektrodvigatel uyg‘otish chulg‘amining parallel g‘altagi zanjiriga qarshilik 10
ulanadi. Uyg‘otish zanjirida tok kuchining susayishi, uyg‘otish magnit oqimini
kamaytiradi, natijada yakor aylanishlar chastotasi ortadi. Almashlab ulagich
o‘chirilgandan keyin ham (0 holat), plastina 16, kontakt lappak 11 ning kesilgan
joyiga o‘rnashguncha elektrodvigatel ishlab turadi.
Elektromagnitli uyg‘otish tizimidagi elektro-dvigatel:
a - ko‘ndalang kesimi; b - elektr sxemasi;
1-yakor, 2-qopqoq, 3-murvat, 4-traversa, 5 va 14-
plastinasimon prujinalar, 6-tiqma, 7-metallokeramik
podshipnik, 8-kollektor, 9-cho‘tka, 10-prujina, 11-
korpus, 12- stator qutblari, 13- uyg‘otish chulg‘ami, 15-
yakor vali, 16- almashlab ulagich, 17, 18- uyg‘otish
chulg‘ami g‘altaklari
Bu daqiqada chegaraviy uzgich
zanjirni uzadi va elektrodvigatel
to‘xtaydi. Bunda, cho‘tkalar
avtomobil old tomonidagi
oynaning eng chekka past
qismida, haydovchiga xalaqit
bermaydigan joyda to‘xtaydi.
Yuklama ortishi va qisqa tutashuv
natijasida yuzaga kelishi mumkin
bo‘lgan katta tok kuchidan
elektrodvigatel chulg‘amlarini
himoya qilish uchun uning
zanjiriga takroriy ishlaydigan
termobimetall plastinali saqlagich 15 ulangan.
Doimiy magnitli elektrodvigatelga ega bo‘lgan SL-136 belgili oynatozalagich
elektr yuritmasining sxemasi keltirilgan. Bu turdagi oynatozalagichlarning o‘ziga
xos tomoni shundan iboratki, ularda tozalovchi cho‘tkalarning kichik va katta
tezlikda harakatlanishi bilan birga to‘xtab-to‘xtab harakatlanish rejimida ishlashi
ham ko‘zda tutilgan. Oynatozalagichni to‘xtab-to‘xtab harakatlanish rejimi
almashlab ulagich I ning III holatga qo‘yilishi bilan amalga oshiriladi. Bu holda
elektrodvigatelning yakor zanjiriga rele 7 ulanadi. Releda qizdiruvchi spiral 8
bo‘lib, u termobimetall plastina 9 ni qizdiradi. Bimetall plastina qizishi davomida
yuqori tomonga egiladi va kontaktlar 10 ni uzadi. Bu, o‘z navbatida, rele 11 ning
ta’minot zanjiri toksizlanishiga va uning kontaklari 12 elektrodvigatelning yakori
zanjirini uzishga olib keladi. Bimetall plastina 9 soviganidan keyin dastlabki
holatiga qaytib, kontaktlar 10 ni tutashtiradi, rele 11 ga tok keladi va uning
kontaklari 12 tutashib yana elektrodvigatelni tok manbaiga ulaydi.
Oynatozalagich:
a - cho‘tkalar yuritmasi; b - elektr
sxemasi;
1-yakor, 2- almashlab ulagich, 3-cho‘tkalar
yuritmasining reduktori va chegaraviy
uzgich, 4-krivoship, 5-tortqi, 6-pishanglar, 7-
cho‘tka pishanglarining tayanchi, 8-
cho‘tkalar, 9-almashlab ulagichning kontakt
lappagi, 10-rezistor, 11-chegaraviy
uzgichning kontakt lappagi, 12-shesternya,
13-reduktor qo‘chqarog‘I (chervyak), 14-o‘t
oldirish kaliti,15-termobimetall saqlagich,
16-chegaraviy uzgichning kontakt plastinasi,
17 va 18-uyg‘otish chulg‘ami g‘altaklari; Sh
va Ya - o‘tkazgichlarni ulash qisqichlari
СЛ136 belgili oynatozalagich elektr yuritmasining
umumiy sxemasi
Oynatozalagichdagi bu jarayon bir minutda 7...19 marta qaytariladi.
Oynatozalagich cho‘tkalarining kichik tezlikda harakatlanishini ta’minlash uchun
almashib ulagich II holatiga keltiriladi. Bu holatda tok elektrodvigatel yakori 4 ga
asosiy cho‘tkalarga nisbatan burchak ostida joylashtirilgan qo‘shimcha cho‘tkalar
3 orqali uzatiladi. Bu rejimda tok yakor chulg‘am-larining faqat ma’lum bir
qismidan o‘tganligi tufayli, uning aylanish chastotasi va aylantiruvchi momenti
kamayadi. Oynatozalagich cho‘tkalarini katta tezlikda harakatlantirish uchun
almashlab ulagich I holatga o‘tkaziladi. Bunda elektrodvigatel ta’minoti asosiy
cho‘tkalar orqali amalga oshiriladi va tok yakorning hamma chulg‘amlaridan
o‘tadi. Almashlab ulagichning IV holatida tok birdaniga oynatozalagich va
oynayuvgich elektrodvigatellarining yakorlari 4 va 2 ga uzatiladi va ular birgalikda
ishlaydi.
Oynatozalagich o‘chirilgandan keyin ham (almashlab ulagichning 0 holati)
kulachok 6 aylanib, qo‘zg‘aluvchi kontakt 5 ni uzguncha elektrodvigatel ishlab
turadi. Kontakt 5 uzilgandan keyin elektrodvigatel to‘xtaydi. Elektrodvigatelning
tok zanjiri belgilangan daqiqada uzilishi, oynatozalagich cho‘tkalarining dastlabki
holatida to‘xtashini ta’minlash bilan bog‘liq. Elektrodvigatelning yakor zanjirlarini
ortiqcha yuklama va qisqa tutashuv toklaridan xalos qilish uchun termobimetall
saqlagich 13 o‘rnatilgan.
Yomg‘ir tomchilab yoqqanda yoki qor uchqunlab turganda avtomobil old oynasi
kam namlanib, oynatozalagich cho‘tkalarini ishqalanishini va ularni yeyilishini
kuchaytiradi. Ishqalanish kuchining ortishi energiya sarfini oshiradi va yuritma
elektrodvigateli qizib ketishi mumkin. Oynatozalagichni bir-ikki taktga, qo‘l bilan
ishga tushirish noqulay va xavfli, chunki bu bir necha daqiqaga bo‘lsa ham
haydovchi diqqatini jalb qiladi. Zamonaviy avtomobillarda oynatozalagich qisqa
vaqt davomida ishlashini ta’minlash uchun elektrodvigatelning boshqarish tizimiga
maxsus elektron sxema kiritilib, u ma’lum vaqt oralig‘ida (2....30 s) oynatozalagich
elektrodvigatelini bir-ikki takt ishlashi uchun ulab turadi.
Tovush signallari
Tovush signallari avtomobillarning harakat xavfsizligini ta’minlash va yo‘lovchi
hamda boshqa haydovchilarni transport vositasi yaqinlashayotganligi haqida
ogohlantirish uchun xizmat qiladi. Oxirgi vaqtda tovush signallari
avtomobillarning o‘lchov-nazorat asboblari bilan ham ishlatilib, haydovchiga
agregatlar holati to‘g‘risida xabar beradi. Shuningdek tovush signallari «avtomobil
qo‘riqchisi» tizimida ham ishlatiladi. Avtomobillarda asosan elektr va pnevmatik
tovush signallari ishlatiladi.
Elektr tovush signallarining ohangli va shovqinli turlari mavjud. Ohangli tovush
signallari karnayli shovqinli signallar esa disk rezonatorli qilib ishlangan.
Ko‘pchilik avtomobillarga ikkita tovush signali o‘rnatilib, biri past ohangli bo‘lsa,
ikkinchisi baland ohangli bo‘ladi. Yuqori klassli yengil avtomobillarda uchta
tovush signali bo‘lib, ularning biri past ohangli, ikkitasi baland ohangli bo‘ladi.
Bu signallar to‘plami hamohang qilib bir-biriga moslanadi va baravariga
sadolanadi.
Elektr tovush signali qoliplangan po‘lat korpus 1 ga mahkamlangan o‘zak 4,
qo‘zg‘almas kontakt plastinasi 3, qo‘zg‘aluvchi kontakt o‘rnatilgan prujinasimon
plastina 7 lardan iborat. Korpus 1 va rezonator 12 orasiga legirlangan va
toblangan po‘latdan tayyorlangan membrana 11 qistirib qo‘yilgan. Membranaga
shtift 5 o‘rnashtirilgan yakor 10 mahkamlangan. Elektromagnit chulg‘ami 9 uzgich
kontaktlar 6 ga ketma-ket ulangan. Kontaktlar orasidagi tirqish gaykalar 2 bilan
rostlanadi. Kontaktlar orasida hosil bo‘ladigan uchqun kuchini pasaytirish uchun
ularga parallel ravishda rezistor 5 (ba’zi hollarda kondensator) ulangan. Volfram
kontaktlar 6 plastinalarga payvandlangan va normal holda tutashgan bo‘ladi.
Elektromagnit chulg‘ami 9 tok manbaiga ulanganda, o‘zak 4 magnitlanadi va
yakor 10 ni o‘ziga tortadi. Bu esa yakor mahkamlangan membranani egilishga olib
keladi. Shu daqiqani o‘zida yakorga o‘rnatilgan shtift yuqoriga harakat qilib
prujinasimon plastinaga ta’sir qiladi va kontaktlar 6 ni uzadi. Kontaktlarning
uzilishi natijasida elektromagnit chulg‘amining tok zan-jiri ham uziladi, o‘zak 4
magnitsizlanadi, membrana 11 o‘zining elastikligi hisobiga daslabki holatiga
qaytadi. Kontaktlar 6 yana tutashadi va signalning ishi takrorlanadi. Membrana
harakati ta’sirida vujudga kelgan havoning tebranishi ma’lum chastotaga
(200...400 Gs) ega bo‘lgan tovush hosil bo‘lishini ta’minlaydi. Signalning zarur
ohangi membrananing qalinligi va karnay shaklini tanlash yo‘li bilan ta’minlanadi.
Karnay qanchalik kalta va membrana qanchalik qalin bo‘lsa, signal ohangi
shunchalik yuqori bo‘ladi.
Avtomobillarga ikki yoki undan ortiq karnayli tovush signali o‘rna-tilganda,
signalni ulaydigan tugma kontaktlari orqali o‘tadigan tok qiymati 20...25A gacha
yetib, uni kuydirishi mumkin. Signal tugmasi kontaklarini saqlash va
Elektr tovush signali
Signallar relesining ulanish sxemasi
ishlash muddatini uzaytirish uchun signallar relesi (6.6-rasm) ishlatiladi. Tovush
signalining tugmasi 5 bosilganda rele chulg‘ami 4 dan tok o‘tadi, uning o‘zagi
magnitlanadi va yakorcha 3 ni tortib kontaktlar 2 ni tutashtiradi. Rele
kontaktlarining ulanishi tovush signallari 1 ning tok manbaiga ulanishini
ta’minlaydi. Signalni ulovchi tugma 5 kontaktlaridan o‘tadigan tok, rele o‘zagini
magnitlash uchun yetarli bo‘lib, uning qiymati katta bo‘lmaydi.
Shovqinli (karnaysiz) tovush signali (16.3 - rasm) kosasimon disk ko‘rinishidagi
rezonator 19 ega bo‘lib, u membrana 18 bilan birga tebranadi. Shovqinli
signallarda kontaktlar 9 orasidagi tirqish murvat 7 yordamida tashqaridan
rostlanadi. Yakorcha 17 va o‘zak 13 orasidagi tirqish esa sterjen 12 ni burash yo‘li
bilan rostlanadi. Uni burash rostlash shlisasi 2 yordamida amalga oshirilib, dastlab
gayka bo‘shatilishi kerak. Rostlash jarayoni tugatilgandan keyin gaykani yana
yaxshilab burab qo‘yish zarur.
3. Multipleks tizimi. Avtomobil elektr zanjirlarini avariya rejimlaridan ximoya
qilish usullari. Rele va saqlagichlar bloki.
Multipleksor qurilmasi birqancha kirishlardan birini yagona chiqishga uzatish
uchun xizmat qiladi. (16.4- rasm).
Jadval 16.1
kirish adresi
A1
A0
Sinxr.
signal
CHiq.
Q
X
X
0
0
0
0
1
D0
0
1
1
D1
1
0
1
D2
1
1
1
D3
16.4- расм
16.3-rasm. Shovqinli (kar-
naysiz) tovush signali:
1-qopqoq, 2-rostlash shlits-asi,
3-qisuvchi shayba, 4-shponka
chiqig‘i, 5-uzgich prujinasi, 6-
rostlash mur-vatining prujinasi,
7-rostlash murvati, 8-qobiq, 9-
uzgich kontaktlari, 10-
markazlash-tiruvchi prujina, 11-
sterjen tayanchi, 12-sterjen, 13-
elektromagnit o‘zagi, 14-
kondensator, 15-chulg‘am, 16-
prujinali osma, 17-yakor-cha,
18-membrana, 19-rezo-nator
Bu yerda 4 ta ma’lumot (D0, D1, D2,
D3), ikkita adres (A0, A1) va bitta
sinxro signalni qabul qiluvchi
kirishlarga ega bo’lgan multipleksor
tasvirlangan. Multipleksor yagona Q
chiqishga ega .
Multipleksor o’z vazifasini bajarishi
uchun uning har bir ma’lumot kirishi
D
ga ma’lum adres beriladi. Bizning
misolimizda bu adreslar ikki razryadli
kod (A0A1) ning kombinatsiyalaridan
iborat bo’ladi.
Ma’lumotni ma’lum axborot kirishi D
dan Q chiqishga uzatish uchun avval
(A0A1) kirishlarga kerakli D
ning
adresi kodini uzatish kerak bo’ladi.
So’ngra multipleksorning S kirishiga
sinxroimpus berilsa, D
kirishiga
uzatilib turilgan ma’lumot
multipleksorning Q chiqishiga uzatiladi.
Multipleksorning ma’lumot kirishlar
soni nma’l bilan adreslar kirishi nadr
o’rtasida quyidagi bog’lanish mavjud
nma’l ═
Do'stlaringiz bilan baham: |