307
O`zbekiston Respublikasi
Prezidentining
2010-yil
8-yanvardagi
«Respublika soliq organlari tizimini yanada modernizasiya qilish chora-tadbirlari
to`g`risida»gi PQ-1257-son qarori bu borada amalga oshirilayotgan
ishlarni yangi
bosqichga ko`tarishda muhim asos bo`ldi. Mazkur hujjatga muvofiq, Davlat soliq
qo`mitasi tomonidan ishlab chiqilgan kompleks tadbirlarga asosan o`zaro sifatli
elektron axborot almashinuvini joriy etish, davlat soliq xizmati organlari ishining
samaradorligini kuchaytirishga qaratilgan o`ttizga
yaqin dasturiy mahsullar
amaliyotga tatbiq qilindi hamda soliq to`lovchilarga interaktiv, ya`ni qog`ozsiz,
masofadan turgan holda xizmatlar ko`rsatish yo`lga qo`yildi
58
.
O`zbekiston Respublikasi mustaqilligining dastlabki yillaridanoq Davlat soliq
xizmati
organlarida
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini
joriy
etish
masalalariga jiddiy e‘tibor qaratila boshlangan. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 1993-yil 3-avgustdagi 388-sonli qarori bilan davlat soliq xizmati
organlarida axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalarini o`z ichiga
olgan axborot tizimlarining shakllanishiga asos solingan va ushbu tizim orqali soliq
ma`lumotlarini yig`ish,
qayta ishlash, saqlash va ulardan foydalanish ishlari yo`lga
qo`yilgan. Shu bilan birga, axborot-texnologiya ta`minoti boshqarmasi va uning
hududiy bo`linmalari tashkil etilgan.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 14-sentyabrdagi
359-sonli qarori bilan Davlat soliq qo`mitasi qoshida xo`jalik hisobidagi «Yangi
texnologiyalar ilmiy-axborot markazi» (YaTIAM) tashkil etilgan va soliq
ma`lumotlarini qayta ishlash uchun zarur bo`lgan maxsus dasturiy mahsullarni
yaratish ishlarini tizimli ravishda tashkil etish imkoni yaratilgan.
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi «O`zbekiston Respublikasida
soliq to`lovchilarga identifikasion raqamlari berish va qo`llash tizimi to`g`risida»gi
130-sonli hamda 1999-yil 7-yanvardagi «Soliq to`lovchilarning
identifikatsiya
raqamlarini qo`llash sohasini kengaytirish to`g`risida»gi 7-sonli qarorlari qabul
qilingandan so`ng, bank to`lov hujjatlarida majburiy rekvizit sifatida STIRning aks
ettirilishi yo`lga qo`yilib, soliq qonunchiligiga rioya etilishi ustidan nazorat
mexanizmini takomillashtirish imkoni yaratildi. STIRlar bugungi kunda ham muhim
ahamiyat kasb etib, barcha soliqqa oid axborotlarni yagona bazaga birlashtirishda
asosiy me`zon bo`lib xizmat qilmoqda.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 31-dekabrdagi
«Davlat soliq qo`mitasining global axborot tarmog`ini tashkil etish to`g`risida»gi
580-sonli qaroriga binoan barcha hududiy soliq idoralarida yo`ldosh
aloqasi tizimi
o`rnatilib, korporativ axborot-tarmog`i tashkil etilgan.
Davlat soliq qo`mitasining korporativ axborot tarmog`i ishga tushirilgandan
buyon o`tgan yillar mobaynida uzatilayotgan axborot hajmi yil sayin o`sib
borayotganligi sababli, Davlat soliq xizmati organlarida mahalliy va korporativ
kompyuter tarmoqlarini yanada takomillashtirish maqsadida, 2009-yildan boshlab
korporativ aloqa kanali tarmog`ini modernizasiya qilish va yer usti kanallariga
58
Soliq akademiyasi, Informatsion texnologiyalar kafedrasi ―Soliq tizimida dasturiy mahsullar» fanidan ma`ruza matni,
2013yil.
308
o`tkazilish ishlari olib borilgan. Qoraqalpog`iston
Respublikasi, Toshkent shahri va
barcha viloyatlar Davlat soliq boshqarmalari va ulardagi 194 ta tuman (shahar)
Davlat soliq inspeksiyalarida optik tolali aloqa jihozlari o`rnatilib, ishga tushirilgan
59
.
Korporativ aloqa tarmog`ini yer usti kanallariga o`tkazilishi orqali IP-telefon
aloqasi ham joriy etilgan. Bunda, hududiy soliq idoralarida shaharlararo so`zlashuv
uchun qo`shimcha haq talab etilmaydi.
1993-2000-yillarda soliq to`lovchilarni hisobga olish, ularning budjet va
budjetdan tashqari maqsadli jamg`armalar bilan o`zaro
munosabatlari hisobini
yuritish ishlari qog`oz shaklida, ya‟ni maxsus daftarlar, kitoblar va jurnallarda
amalga oshirilgan bo`lsa, dasturiy mahsullar joriy etilishi bilan ushbu jarayonlar
bosqichma-bosqich avtomatlashtirilishi qog`oz shaklidagi hujjat aylanishidan deyarli
voz kechishga imkon berdi. Davlat soliq xizmati organlarida soliq ma`murchiligini
avtomatlashtirish, idoralararo elektron ma`lumot ayirboshlash ulushini kengaytirish
maqsadida, davlat soliq xizmati organlariga ma`lumotlar taqdim etuvchi idoralar
bilan ma`lumotlarni elektron ayirb oshlash kanallari tashkil etilgan.
Davlat soliq qo`mitasining «Soliq to`lovchi-yuridik
va jismoniy shaxslarning
yagona reyestri», «Soliq to`lovchilarning shaxsiy kartochkalari reyestri», «Moliya va
soliq hisoboti reyestri» va «Soliq deklarasiyalari reyestri» rasman ro`yxatga olinib,
«Davlat axborot resurslari» maqomiga ega bo`lgan va R00025, R00227, R00228,
R00229-sonli guvohnomalar berilgan.
Soliq va boshqa majburiy to`lovlar tushumini hisobga olish hamda nazorat
qilish darajasini oshirishga, soliq tushumlarining qo`shimcha manbalarini aniqlash va
soliq to`lashdan bo`yin tovlashning oldini olishga, shuningdek soliq to`lovchilar
uchun ko`rsatilayotgan interaktiv xizmatlar turini kengaytirish hamda sifatini
oshirishga yo`naltirilgan davlat soliq xizmati idoralari axborot-kommunikatsiya
tizimini yanada rivojlantirish va faoliyat samaradorligini oshirish maqsadida
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 30-oktabrdagi ―O`zbekiston
Respublikasi davlat soliq xizmati idoralari axborot-kommunikatsiya
tizimi faoliyati
samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to`g`risida‖gi PQ-1843-sonli qarori
qabul qilindi. Qarorga
asosan O`zbekiston Respublikasi
Davlat soliq o`mitasi
Axborot-tahlil bosh boshqarmasining asosiy vazifalari va faoliyat yo`nalishlari,
soliq idoralarining yagona integratsiyalashtirilgan axborot resurs bazasini
shakllantirish bosqichlari belgilab berildi. Mazkur qaror bilan O`zbekiston
Respublikasi Davlat soliq qo`mitasi markaziy apparatining yangilangan tuzilmasi;
davlat soliq xizmati idoralariga soliq to`lovchilarning majburiyatlari paydo bo`lishi
(tugatilishi) to`g`risida ma‘lumot taqdim etadigan idora va tashkilotlarning ro`yxati
tasdiqlandi. Mazkur qarorning ilovasida ko`rsatilgan idora va tashkilot rahbarlari
zimmasiga soliq majburiyatlari bilan bog`liq bo`lgan ma`lumot va boshqa axborotlar
to`laqonli hisobga olinishini ta`minlash yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklatildi.
Yuqoridagilar asosida davlat soliq xizmati organlarida axborot texnologiyalari joriy
59
Soliq akademiyasi, Informatsion texnologiyalar kafedrasi ―Soliq tizimida dasturiy mahsullar» fanidan ma`ruza matni,
2013-yil.
309
qilinib, axborot tizimlariga asos solindi va ular muntazam ravishda takomillashtirilib
borilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: