8
16.7-rasm. LM* egri chizig‘ining vertikal liniya ko‘rinishi
4
Y-e modeli almashinuv kursi darajasi iqtisodiy siyosatga qanday ta‟sir etishini
ko„rsatadi.
Mandell-Fleming modelini tahlil qilish kichik ochiq iqtisodiyotda davlatning
har qanday iqtisodiy siyosati natijasi qayd qilingan va suzib yuruvchi
valuta
kursiga bog„liq degan xulosaga olib keladi. Masalan,
suzib yuruvchi valuta kursi
sharoitida daromadga faqat pul- kredit siyosati ta‟sir ko„rsatadi. Ayni paytda
rag„batlantiruvchi budjet-soliq siyosatining ta‟siri, valuta kursining ko„tarilishi
sababli, nolga teng bo„ladi.
Qayd qilingan valuta kursi sharoitida daromadga faqat budjet-soliq siyosati
ta‟sir ko„rsatadi. Bunday sharoitda pul-kredit siyosati daromadlarga deyarli ta‟sir
ko„rsatmaydi, chunki Markaziy Bankning pul taklifini o„zgartirishdan maqsadi
almashinuv kursini belgilangan darajada saqlab turishdan iborat bo„ladi.
Bu o„zgartirish ichki iqtisodiy siyosat maqsadlariga to„g„ri
kelish-kelmasligi
e‟tiborga olinmaydi.
16.3. Qayd etilgan valuta kursi sharoitida pul-kredit va fiskal siyosat.
Oldingi savolda ta‟kidlaganimizdek qayd qilingapn valuta kursi sharaoitida
monetar siyosat ko„proq ichki balans muammosi bilan aloqador bo„ladi. Keltirilgan
fikrlarni izohlab berish uchun quyidagi gepotetik misolni ko„rib chiqamiz.
Mamlakatning barcha tijorat banklari va Markaziy bankni barcha xorijiy aktivlar
va passivlar to„plangan yagona bank deb tasavvur qilamiz. Pul taklifi esa naqd pul va
depozitlardan iborat deb qaraymiz. Bunday gepotetik bankning passivida pul
taklifining barcha komponentlari (odatda M
2
agregati), aktivida esa
bank tizimining
sof xorijiy aktivlari (aktivlar-passivlar, ya‟ni xorijliklarning ularga bo„lgan barcha
talablari so„ndirilgandan so„ng mamlakat ega bo„ladigan aktivlar) va sof ichki
aktivlar (yoki hukumatga, firmalarga va uy xo„jaliklariga sof ichki kreditlar)
jamlangan bo„ladi.
4
N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 8 th edition. Harvard University. (NY.: Worth Publishers, 2015): 360
9
Sof xorijiy aktivlar mamlakatning valuta zahiralariga mos keladi.
Bunday
holatda aktivlar va pasivlarning tengligi shartini M=R
es
+DS ko„rinishida yozishimiz
mumkin. Bu tenglik pul taklifi (bank tizimining majburiyati) valuta rezervlari (sof
xorijiy aktivlar) va bank tizimining ichki kreditlari yig„indisiga tengligini anglatadi.
Demak, pul taklifi ham ichki, ham tashqi omillarga bog„liq .
Pul taklifining o„zgarishini ΔM=ΔR
es
+ΔDS ko„rinishida tasvirlash mumkin.
Bu yerda ΔR
es
to„lov balansining taqchilligi yoki ortiqchaligiga
mos keladi. Tashqi
balansni tiklash, o„z navbatida valuta kursini saqlab
turish zaruriyati xorijiy
aktivlarni sotish va sotib olishni talab qiladi. Bu esa valutarezervlarining ko„payishi
yoki kama yishini keltirib chiqaradi. Lekin, rezervlarni sotish barobarida Markaziy
Bank muomaladagi pulning bir qismini chiqarib oladi. Rezervlarni sotib olish bilan
esa pul taklifi hajmini ko„paytiradi. Shunday qilib,
qayd qilingan valuta kursi
sharoitida M endogen o„zgaruvchi bo„lib, to„lov balansining yuzaga keladigan
taqchilligi yoki ortiqchaligiga (ya‟ni almashinuv keursini pasaytirish yoki ko„tarish
borasidagi harakatlarga) bog„liq bo„ladi. Bunday sharoitda iqtisodiyotni
rivojlantirish prognozlari tuzilayotganda pulga talab iqtisodiy o„sish va inflatsiyaning
maqsadli (rejadagi) ko„rsatkichlaridan kelib chiqib aniqlanadi. Pul taklifi esa sof
xorijiy aktivlar va ichki kreditlar hajmiga bog„langan holda aniqlanadi. Sof xorijiy
aktivlvr to„lov balansini tuzish prognozlaridan kelib chiqib aniqlanadi. Ichki kreditlar
hajmi esa qoldiq prinsipipida aniqlanadi hamda hukumat va xususiy sektor o„rtasida
taqsimlanadi. Xususiy sektorga ichki kreditlar miqdorini o„zgartirish uchun pul-kredit
siyosatining uchala usuli ham qo„llaniladi.
Markaziy Bank to„lov balansining iqtisodiyotdagi pul taklifiga ta‟sirini valuta
rezervlari o„zgarishini sterillash orqali neytrallashtirishi mumkin. Masalan, (to„lov
balansi taqchilligini yoki almashinuv kursi pasayishini bartaraf qilish maqsadlarida
foydalanilishi natijasida) rezervlar qisqarganida Markaziy Bank ichki aktivlarni pul
taklifi hajmi o„zgarmasligini ta‟minlaydigan darajada ko„paytirishi mumkin.
Ya‟ni :
Do'stlaringiz bilan baham: