16 mavzu. Investitsiyalarni moliyalashtirishning lizing mexanizmi



Download 94,72 Kb.
bet1/7
Sana15.06.2023
Hajmi94,72 Kb.
#951416
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
16-ma\'ruza


16 MAVZU. INVESTITSIYALARNI MOLIYALASHTIRISHNING LIZING MEXANIZMI
16.1. Lizingning iqtisodiy tabiati, mazmuni va mohiyati.
16.2.Lizing turlari.
16.3.Lizing krediti asosiy kapitalga qaratilgan investitsiyalarni moliyalashtirish manbai.
16.4.Moliyaviy O‘zbekiston Respublikasining “Lizing to‘g‘risida”gi qonunining mazmun-mohiyati.
16.5.Lizingning zamonaviy ilg‘or texnologiya, uskuna va jihozlarni joriy etishdagi qulayliklari.
16.6.Lizing munosabatlarini tashkil etish va amalga oshirish tartibi. Lizing to‘lovlarini summasini aniqlash.


Tayanch iboralar: ijara, arenda, lizing, moliyaviy lizing, operativ lizing,uch tomonlama, tovar beruvchi, uch tomonlama.


16.1.Lizingning iqtisodiy tabiati, mazmuni va mohiyati.
Lizing so‘zi iqtisodiyot uchun yangilik emas, biroq qadimda lizing (lease) so‘zi amaliyotda foydalanilmagan. Lizingning mazmuni va mohiyatini ochish — Aris­totelь davrlariga borib taqaladi (taxminan miloddan avvalgi 384-383-382 yillarni o‘z ichiga olgan davrlar). Aristotel shunday degan: "Boylik egalik qilishda emas, balki undan samarali foydalanishdadir"deyilgan. Xozirgi zamon tili bilan aytganda, kishining daromad olishi uchun qandaydir bir mulkka albatta egalik qilishi shart emas, balki undan foydalanishi xuquqiga ega bo‘lishi va natijada foyda olishning o‘zi kifoya qiladi.
Hozirgi davrda transport lizingidan tushayotgan yalpi daromadlar yiliga 50 mlrd. AQSH dollaridan oshib ketmokda.
Ijaraga sanoat vositalari yoppasiga berila boshlanishi bilan ijara munosabatlarida xaqiqiy inqilob yuz berdi. Xususan, texnologik asbob-uskunalar, mashinalar, mexanizmlar, kemalar, samolyotlarni ija­raga berish keng rivojlandi. AQSH xukumati bu yutuqni to‘g‘ri qabul qilib, lizing mexanizmlarini tezlikda kayta ishlab chiqdi va uni rag‘batlantirish uchun davlat dasturini qabul qildi.
Jahonda xalqaro lizing operatsiyalari keng ko‘lamda rivojlangan bo‘lsada, mamlakatimizda uning rivojlanishi mustaqillikdan so‘ng keng tus oldi. Xozirgi kunda O‘zbekistan Respublikasi moliya bozorida xorijiy kapital ishtirokida bir necha yirik qushma li­zing kompaniyalari faoliyat yuritmoqda
Iqtisodiyotning muayyan soxasini rivojlantirishga, kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan iqtisodiy isloxotlar O‘zbekistonda lizing xizmatlarini yanada rivojlantirish keng imkoniyatlar yaratdi. Lizing bank kreditlariga qaraganda asosiy vositalarni moliyalashda ancha qulay usul bo‘lib, kreditdagi quyidagi qator shartlar bajarilishini talab qilmaydi: kredit so‘mmasidan 120% dan kam bo‘lmagan ta’minot; o‘z vositalari xisobiga loyixa qiymatidan 25% dan ortiqroq moliyalash. Lizingning davlat tomonidan tegishli darajada qo‘llab-quvvatlanishi O‘zbekiston korxonalariga zamonaviy texnologiyalarni olib kelish kulami yanada kengayish imkonini berdi.
O‘zbekistonda moliyaviy lizing amallari 1993 yildan boshlab qo‘llaniladi. 1995 yilda birinchi lizing kompaniya - "O‘zbek Lizing Interneyshnl A.O." tashkil etildi va 1999 yil 14 aprelda "Lizing xaqida" Qonun qabul qilindi.
Xalqaro tajriba shuni ko‘rsatadiki, lizing opera­tsiyalari bilan tijorat banklari emas, balki ixtisoslashgan kompaniyalar shugullanadilar.
Mamlakatda lizing xizmatlarini rivojlantirish, iqtisodiyotdagi ishlab chikarish tarmoqlarini rag‘batlantirish va shu orqali ishlab chiqarishni rivojlantirishga kuchli turtki bo‘ladi. Bundan tashqari, xalqaro lizing xalqaro kreditni bir shakli sifatida banklar va lizing kompaniyalari o‘rtasida raqobat kuchayishiga turtki bo‘ldi. Bu o‘z navbatida ssuda foizlari tushishiga va natijada kapitallarii ishlab chiqarish soxalariga oqib kirishi uchun qulay zamin yaratdi. Lizingning eng asosiy yutug‘i — bu kredit doirasida ko‘rsatiladigan xizmatlar kengligi bilan tavsiflanadi.
Hozirgi kunda amalga oshiriladigan xalqaro li­zing operatsiyalarining teng yarmi AQSH xissasiga to‘g‘ri keladi. AQSHda lizing yuksak sur’atlarda rivojlanishining muxim sabablaridan biri — investitsiyaviy soliq imtiyozining mavjudligidir.
Mazkur xalqaro lizing tashkilotlari iqtisodiyotda bir-qancha vazifalarni amalga oshiradilar. Ularning asosiylari:

  • barcha xuquqiy, soliq bilan bog‘lik moliyaviy masalalarni xal etish;

  • ushbu tashkilotlarga a’zo mamlakatlarning qonunchiliklarini o‘rganish va taqqoslash;

  • lizing firmalarini tashkil etish bilan bog‘lik bo‘lgan masalalarni o‘rganish;

  • lizing bitimlarining shartlari to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarni yig‘ish.

Xalqaro lizing milliy iktisodiyotni rivojlantirishda muhim axamiyat kasb etodi. Bunga sabab, rivojlanayotgan davlatlarda ishlab chiqarishni rivojlantirish va shu orqali mamlakatga valyuta tushumini oshirishda ishlab chiqarish uchun zarur bulgan asbob-uskunalar xamda yangi texnologiyalarga extiyoj seziladi.
1998 yilning may oyida Kanadaning Ottava shaxrida "Xalkaro moliyaviy lizing tugrisidagi Konven­tsiya" qabul kilindi. Konventsiyadan ko‘zlangan asosiy maqsad - moliyaviy lizing bo‘yicha asosiy terminologiyani aniqlash va umumlashtirish hamda lizing bitimida ishtirok etodigan xamma tomonlarning o‘zaro munosabatlari xuquqiy jihatdan tartibga solishdan iborat edi. Ushbu maqsaddan kelib chiqib, Konventsiyaning asosiy qismi — lizing munosabatlarini turkumlanishi va tavsifining asosiy jixatlari yoritib berildi.
Respublikamizda lizing munosabatlari o‘ziga xos xususiyatlardan kelib chiqmoqda. Ushbu lizing munosa­batlari jahon amaliyotida umumiy qabul qilingan li­zing munosabatlari bilan muvofiqlashtirilgandir.
Buyurtma lizing beruvchi bank tomonidan ko‘rib chiqilayotganda quyidagilarning tahlili amalga oshiriladi:

  • buyurtma beruvchi daromadlarining lizing to‘lovlarini amalga oshirish uchun etorliligi;

  • buyurtmada bayon etilgan ma’lumotlarning bir-biriga zid emasligi;

  • lizing beruvchi bank oldidagi majburiyatlarni buyurtma beruvchi tomonidan o‘z vaqtida bajarish imkoniyatining mavjudligi.

Lizing shartnomasi lizing ob’ekti xizmat muddatining 80 foizidan kam bo‘lmagan muddatga tuziladi. Bunda lizing ob’ektining xizmat muddati O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 23-moddasining to‘rtinchi qismida belgilangan asosiy vositalarning amortizatsiya normalaridan kelib chiqqan holda hisoblanadi.
O‘zbekistonda lizing bugungi kunda rivojlanib borayotgan sohalardan biridir. Lizing muomilallarini yuzaga kelishining uzoq tarixiy bosqichlarini harakterlash mumkin. Ilk bor "lizing" atamasi 1877 yilda qo‘llanilgan, o‘sha davrda "Bell" telefon kompaniyasi o‘zining telefon apparatlarini mijozlarga sotmasdan, balki ijaraga berish to‘g‘risida qaror qabul qilish bilan uning dastlabki qadamlarini boshlagan edilar. Bunga ko‘ra, o‘rnatiladigan asbob-uskunalar mijozning uyi yoki ofisiga faqat ijara to‘lovlari bo‘yicha o‘rnatiladigan bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasining 14 aprel 1999 yil qabul qilingan “Lizing to‘g‘risida”gi Qonunida lizing tushunchasiga quyidagicha ta’rif berilgan: “Lizing ijara munosabatlarining alohida to‘ri bo‘lib, unda bir taraf (lizing beruvchi) ikkinchi tarafning (lizing oluvchining) topshirig‘iga binoan uchunchi tarafdan (sotuvchidan) haq evaziga egalik qilish va foydalanish uchun lizing shartnomasida belgilangan shartlarda berib qo‘yish maqsadida mol – mulkni (lizing ob’ektini) oladi”.1
SHu bilan birga, prof. D.G‘.G‘ozibekov lizing tushunchasiga aniq va to‘liq qilib quyidagicha ta’rif beradi: “Lizing alohida turdagi mulkiy va huquqiy munosabatlar majmuasini vujudga keltiradigan alohida kredit va ijara munosabatlari vositasida kapitalning pul va buyum shaklida taqsimlanishi sohasidagi iqtisodiy munosabatlar yig‘indisidan iborat”.
Hozirgi vaqtda ham "lizing" va "ijara" tushunchalarini ta’riflashda har hil fikrlar mavjud. Buning mohiyati shundaki, mamlakatimiz amaliyotida bu ikki termin turlicha tushunchalardir. To‘g‘ri, "ijara", "moliyaviy ijara (lizing)", "moliyaviy lizing" va boshqa tushunchalar alohida me’yoriy hujjatlar bilan amaliyotga kiritilgan. Boshqacha qilib aytganda, ijara jarayonlarining ma’lum bir qismi xorijiy "lizing" so‘zi bilan nomlanadi. Lekin albatta ularning farqlanish belgilari mavjud.
Umumiy jihatlari bilan birga, lizing va ijara munosabatlarining Prilutskiy L.N. tomonidan keng asoslab berilgan ma’lum farqlanishlari ham mavjud:2
1.Ijaradan farqli o‘laroq lizing munosabatlari lizing beruvchi va lizing oluvchi bilan bir qatorda lizing mulkining sotuvchisini ham o‘z ichiga oladi;
2.Lizingda mulkni va uni ishlab chiqaruvchisini tanlash huquqi sotib oluvchiga beriladi. Bunda lizing beruvchi lizing predmeti uni lizingga berish maqsadida sotib olinayotganligi haqida sotuvchini xabardor qiladi. Ijarada sotuvchi mustaqil o‘ringa ega emas va deyarli ishtirok etmaydi;
3.Lizingda lizing oluvchiga sotib oluvchiga hosbo‘lgan huquq va majburiyatlar beriladi va yuklatiladi: mulk bevosita sotuvchi tomonidan lizing oluvchiga beriladi, lizing beruvchi esa faqatgina mulk qiymatini to‘lab beradi. Ijara munosabatlariga esa bu hosemas;
4. Ijara va lizing shartnomalarida tavakkalchilik turlicha belgilanadi. Ijara shartnomasi bo‘yicha ijaraga beruvchi mulkni ishlatishga to‘siq bo‘layotgan barcha etishmovchiliklar uchun ijarachi oldida javob beradi. Lizing shartnomasiga muvofiq esa lizing beruvchi lizingga berilgan mulkdagi etishmovchilik va kamchiliklarga iste’molchi oldida javobgar emas, chunki lizing oluvchi ta’minotchini o‘zi mustaqil tanlagan. Lizing oluvchiga yetkazilgan zararga javobgarlik, ta’minotchini yoki mulkni tanlashda lizing beruvchi ishtirok etgan bo‘lsagina, uning zimmasiga yuklatiladi;
5.Lizing beruvchi shartnoma muddati davomida lizing bitimi ob’ekti egasi bo‘lib hisoblanadi, lizing oluvchi esa mulkka egalik huquqi bilan bog‘liq barcha majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi (favqulodda yo‘qotish tavakkalchiligi, texnik hizmat ko‘rsatish). Lizing bitimidagi tavakkalchilikning bu kabi taqsimlanishi asoslidir, chunki lizing beruvchi mulkni lizing oluvchi manfaatlaridan va talabidan kelib chiqqan holda sotib oladi. Ijarada barcha xatar ijaraga beruvchida bo‘ladi;
6. Muddati tugagunga qadar lizing beruvchi yoki lizing oluvchi xohishiga ko‘ra, lizing shartnomasi bekor qilinganda, mulkdan foydalanuvchi shartnoma shartlarini bo‘zgan hollarda, shartnomada belgilangan umumiy summa to‘langunga qadar lizing to‘lovini amalga oshirilishi zarur. Ijarada majburiyatlarni bekor qilinishi bilan ijara to‘lovini to‘lash majburiyati bo‘lmaydi.
"Tadbirkorlik faoliyati uchun foydalaniladigan iste’mol qilinmaydigan har qanday ashyolar, shu jumladan korxonalar, mulkiy komplekslar, binolar, inshootlar, uskunalar, transport vositalari hamda ko‘char va ko‘chmas mulk lizing ob’ektlari bo‘lishi mumkin.
Er uchastkalari va boshqa tabiat ob’ektlari, shuningdek erkin muomalada bo‘lishi qonun hujjatlari bilan taqiqlangan yoki muomalada bo‘lishining alohida tartibi belgilangan mol-mulk lizing ob’ektlari bo‘lishi mumkin emas." («Lizing to‘g‘risida»gi Qonunning 3-moddasi)
Bank kreditini berishda ham, lizing kreditini berishda ham u yoki bu loyihani investitsiyalash qanchalik maqsadga muvofiq ekanligi haqida puxta ishlangan qaror qabul qilinadi. Bank kreditini olishda ham, lizing kreditini olishda ham qarz oluvchi o‘z zimmasiga qarzning asosiy summasini va foizlarni o‘z vaqtida to‘lash majburiyatini oladi.
Lizingning bank kreditidan farqi:
mulkchilik huquqining egalik qilish va foydalanish huquqidan ajratilishi bank kreditining lizing kreditidan eng asosiy farqidir;
uzoq muddatli bank krediti berilganida kreditdan foydalanganlik uchun foizlar to‘lash soliq to‘langanidan keyin foyda hisobidan amalga oshirilsa, lizing berilganida bu to‘lovlar boshqa to‘lov bilan birga mahsulot tannarxiga kiritiladi, bu esa foyda solig‘i bo‘yicha tegishli soliqqa tortish bazasini kamaytiradi;
agar bank krediti moliyalashtirishning qo‘shimcha manbai tarzida namayon bo‘lsa, lizing krediti qoida tariqasida bitimni 100% moliyalashtirishni ta’minlaydi;
kredit ta’minoti bo‘lib, bank kreditida mol-mulkni garovga qo‘yish, bank kafolati, ipoteka, kafillik, sug‘urta va boshqalar bo‘lsa, lizing kreditida asosan lizing ob’ektining o‘zi bo‘ladi.



Download 94,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish