2. Samimiy istehzo. Kishining kamchiliklarini uning ko’ngliga botmaydigan so’zlar orqali
3. Hazil-mutoyiba. Kulgililikda hazilning o’rni beqiyos. Hazil insonlarni fikrlashga,
so’zlarni o’rinli qo’llashga, qiziqarli iboralar bilan fikrni bayon etishga undaydi. Hazilning
qo’pol ko’rinishi masxara hisoblanadi. Kinoya, piching, kesatiq so’zni hazil orqali ifodalashda
Kulgililik-yuksak taraqqiy etgan tanqidning ibtidosini o’zida namoyon qiladi. Kulgi-
tanqidning ehtirosi estetik shaklidir. Kulgi tabiatiga ko’ra tabaqalanishga qarshi, mansab va amal
oldida bo’yin egmaydi. Kulgi tengsizlik, zo’ravonlik, manmanlik, amalparastlik, nodonlikning
barcha shakllariga qarshi ko’rishuvchi buyuk kuch sifatida maydonga chiqadi. Abdulla
Avloniyning «Hajviyot»idagi «Ko’rning uzri», «Bir munofiq tilidan», «Bilimsiz oliftalarga»,
«Haqiqiy ma’nosi», «Dangasaman», «Soqovraport» kabi maqolalarida asrimiz boshida xalqimiz
ahvoli to’g’ridan-to’g’ri kulgi ostiga olinadi. Yoki buyuk adib Abdulla Qahhor ijodida shunga
mos misollar talaygina Masalan, yaxshilikni bilmaydigan yozuvchilar to’g’risida «Bu odam»
to’nkarilib qolgan to’ng’izga o’xshaydi, o’nglab qo’yadiganlarning qo’lini sasitadi». Jurnal yoki
gazetani o’z saviyasiga moslab olgan muharrirlar to’g’risida bunday deydi: «Redaksiya eshigini
o’z bo’yiga moslab qurib olgan, katta yozuvchilar bu eshikka sig’maydi». Talantsiz yozuvchilar
to’g’risida «Mana bu odam ko’chadan o’tib keta turib oyog’i toyib soyuz eshigining ichkarisiga
yiqilgan. Xaligacha chiqib ketmaydi.» va h.k.
Ma’lumki, «Gulmisiz-rayhonmisiz, jambulmisiz» deb nomlangan askiyapayrov so’z o’yini
o’zbek milliy askiya san’atining gultojisi hisoblanadi. Bunda zukkolik, zakiylik nafaqat fazilat
sifatida, balki u kulgi xissini yuzaga keltiruvchi faol, badiiy shakli sifatida ham namoyon bo’ladi.
Shuningdek, yumor tuyg’usi har qanday iste’dodning ajralmas hamrohi, desak mubolag’a
qilmaymiz. Iste’dodli odam yumor tuyg’usidan benasib bo’lishi mumkin emas va aksincha,
yumor tuyg’usiga ega bo’lmagan odam iste’dodli bo’la olmaydi.
Kulgining bir qancha turlari mavjud bo’lib, hazil va hajviya ularning ichida eng asosiysi
hisoblanadi. Bulardan tashqari, mas’hara, o’xshatma (parodiya), piching, kesatiq, hazil-
mutoyiba, xajviy rasm (karikatura), mubolag’a, latifa, askiya kabilar kulgililikni paydo qiluvchi
muhim omillardir. Insonning tashqi va ichki olamidagi ayrim qusurlar, kasbi yoki kundalik
faoliyatidagi kulgiga daxldor jihatlar hazil uchun sabab bo’ladi. Bunga qo’yidagi xolat misol
bo’la oladi. Bir vaqtlar Toshkentda Penson degan fotojurnalist o’tgan bo’lib, u 20-yillardanoq
shu sohada ishlagan, respublikada bormagan joyi qolmagan, qanday yirik hodisa bo’lmasin,
hammasini suratga olib, gazetaga bostirardi, suratlarining tagiga esa «Foto Pensona» degan imzo
qo’yardi. Shu bois uning laqabi ham «Foto Penson» bo’lib ketgandi. Abdulla Qahor shu odamga
quyidagicha hazil she’r yozgan:
Suvrati olamga mashxur gazetu jurnaldin,
Qayga borsam, shunda hozir foto Pensonim mening.
Xajviya-jamiyat, inson faoliyatidagi illatlar va ularning oqibatlari, olam mukammalligi va
inson ideallariga nomuvofiq kelishini ko’rsatib beruvchi kulgi turidir. Lekin mas’hara, mazax
kabi kulgi turlari ham borki, ular estetik tarbiya vositasi bo’lolmaydi. Aksincha, ular mohiyatan
insonni qoralashga, uni hafa qilishga, obro’sizlantirishga qaratilgan bo’ladi. Bu kulgining o’ta
ziddiyatli va g’ayriaxloqiy ko’rinishidir. Shu bois mas’hara fisqu-fasodning muqaddimasi
sanaladi. Mazah qilish ibosiz so’z bilan insonga daxl etmoq demakdir. Mazah qilish, kalaka
qilish, o’zganing ustidan, jismoniy kamchiligidan kulish mas’haraning real voqyelikdagi
ko’rinishlaridir.
Kulgililikning barcha shakllari ular qanchalik erkin namoyon bo’lish imkoniyatlariga ega
bo’lib borsalar, shunchalik ko’p ahamiyat kasb etadilar. Rivojlangan hazil tuyg’usi, hayotning
kulgili tomonlarini nozik ilg’ab olish va fahmlash qobiliyati rivojlanib borgan sari shaxsning
ma’naviy-ruhiy sog’lomligi hamda barkamolligi yuksalib boraveradi.
Umuman olganda, estetikaning mezoniy tushunchalari (kategoriyalari)ni bir-biri bilan
doimiy hamkorlikda mustahkamlanib boradi. Ayniqsa, bu jarayonda go’zallik kategoriyasi
bog’lovchi vazifasini bajaradi. Shuning uchun fojiaviylikda, ulug’vorlikda, xunuklikda ham
go’zallik unsurlarining uchrashi bejiz emas.
Do'stlaringiz bilan baham: