16-mavzu. Estetikaning predmeti, maqsadi va vazifalari. Reja “Estetika” fanining obekti va falsafiy mohiyati


Nafosat Universal kategoriyalar



Download 221 Kb.
bet11/14
Sana22.02.2022
Hajmi221 Kb.
#115954
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Nafosat

Universal kategoriyalar

Go‘zallik

Estetik ideal

San’at

Ulug‘vorlik

Estetik did

Badiiy obraz

Fojeaviylik

Estetik tuyg‘u

Ijod

Obektiv kategoriyalar

Obektiv-subektiv kategoriyalar

Subektiv kategoriyalar
E.G.YAkovlevning fikriga ko‘ra, mazkur tizim shu turda yaratilgan boshqa tizimlardan o‘zining universal-kengqamrovli mazmun va falsafiy-estetik mohiyat kasb etib, moslashuvchanlik (subordinatsiya) va muvofiqlashtiruvchilik (koordinatsiya) tamoyilini mujassam etgani xolda “ontologik-fenomenologik va ijtimoiy-gnoseologik jihatlar”ga ega.
Ayniqsa, V.P.SHestakovning estetika kategoriyalari tarixi, ularni tizimlashtirish muammolari, kategoriyalarga o‘ziga xos yondoshuvning zamonaviy talqinlari hamda estetik kategoriyalar tasnifiga doir salmoqli tadqiqotlari bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Faylasuf bu borada yuqorida nomlari tilga olingan estetika nazariyotchilaridan farqli o‘laroq, kategoriyalarni uch turkumga ajratadi: dastlabki kategoriyalar, umumestetik kategoriyalar, estetik kategoriyalar ko‘rinishlari. Tadqiqot davomida mazkur turkumning har biri alohida tahlil qilinadi. Jumladan, dastlabki kategoriyalarni faylasuf nafosatga tegishli, deb biladi va uni beshta umumestetik kategoriyaga ajratadi: go‘zallik, fojeaviylik, kulgulilik, ulug‘vorlik va hunuklik.
Mazkur jadvalda V.P.SHestakov tomonidan tizimlashtirilgan kategoriyalarning umumiy ko‘rinishi aks etgan:

DASTLABKI KATEGORIYA

Nafosat

Go‘zallik

Fojeaviylik

UMUMESTETIK KATEGORIYALAR

Kulgulilik

Ulug‘vorlik

Hunuklik

ESTETIK KATEGORIYALARNING KO‘RINISHLARI

Disgarmoniya

Dahshatlilik

Mubolag‘a

Garmoniya

Hazil

Forig‘lanish

Qahramonlik

Ideal

Latofat

Biroq, ta’kidlash lozimki, aksariyat adabiyotlarda estetika kategoriyalari asosan go‘zallik – fojeaviylik – kulgulilikdan iborat uchlik sifatida taqdim etilgan. Biroq, davrlar o‘tishi bilan bu an’anaga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritildi. Xususan, bu tizimga YU.B.Borev - ulug‘vorlikni, L.N.Stolovich - hunuklikni, M.S.Kagan - garmoniya va dramatiklikni, N.I.Kiyaщenko – qahramonlikni, o‘zbek olimlari T.Mahmudov uyg‘unlikni, Abdulla SHer qiziqarlilikni kiritdi.
SHu o‘rinda Abdulla SHer taklif etgan estetika kategoriyalari (mezoniy tushunchalari) tasnifi o‘ziga xos ahamiyatga ega. Tasnifga ko‘ra, barcha estetik tushunchalar uch guruhga bo‘linadi. Birinchisi, – mezoniy tushunchalar. Ular sub’ekt-ob’ekt munosabatlarida estetik ob’ektning xususiyatlarini sub’ektga ochib beruvchi, tashqi nafosat bilan bog‘liq eng qamrovli, eng mushtarak tushunchalardir. Masalan, go‘zallik ulug‘vorlik, fojeaviylik v.h. Ikkinchisi – sub’ekt – ob’ekt munosabatlarida sub’ektdagi estetik anglash muruvatlarini tushuntirib beradigan, ichki nafosat bilan bog‘liq estetikaning xususiy tushunchalari. Masalan, estetik hissiyot, estetik mushohada, estetik did, v.h. Uchinchisi – san’atning mohiyati, san’at turlari, umuman, badiiy ijod biln bog‘liq estetikaning muayyan tadqiqot ob’ektlariga qaratilgan tushunchalar. Masalan, san’at, ijodkor, dizayn janr, uslub v.h. Bu o‘rinda tushunchalar guruhlarining nomlari shartli ekanini alohida o‘qtirib o‘tish joiz.
Biz yuqorida faylasuflarning estetika kategoriyalarining tarixi, uni tizimlashtirish muammolari, ko‘rinishlari va o‘ziga xos jihatlari bilan bog‘liq qarashlar va nazariyalarga bejiz murojaat etmadik. Agar e’tibor bergan bo‘lsangiz, kategoriyalar tizimi qanday ko‘rinishda bo‘lmasin, ularning har birida go‘zallik markaziy kategoriya sifatida ishtirok etmoqda. Biz manashu jihatga ko‘ra go‘zallik falsafasini tushuntirishdan avval go‘zallikning muhim mezoniy tushuncha - kategoriya sifatidagi mohiyatini ko‘rib o‘tishni maqsadga muvofiq, deb bildik. Zero, estetika kategoriyalarining yaxlit tizimini ishlab chiqish muammosi ko‘p yillardan buyon olimlar e’tiborini jalb etib kelayotganligidan maqsad ham go‘zallikning falsafiy, axloqiy, hatto siyosiy mohiyatini atroflicha o‘rganishga qaratilganligidadir.

Download 221 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish