7. Shaxsiy himoya vositalari
Himoya ko‘zoynagi. Himoya ko‘zoynagi metall va boshqa materiallarni qayta ishlash mobaynida mayda zarrachalar, eritilgan mastika tomchilari, kislotalar, ishqorlar, elektrolitlar va bo‘yoqlarning ko‘zga tushishidan, saqlagichlarning kuyishi natijasida sachrovchi metall zarrachalari hamda uchqunlari, kavsharlash vaqtidagi gaz gorelkalarining alangasi, yoyi va hokazolardan ko‘zni himoya qilish uchun ishlatiladi.
40-rasm. Shaxsiy himoya vositalarining turlari
Himoya ko‘zoynaklari belgilangan vazifasiga qarab, standart va texnik shartlar talablariga javob berishi kerak. Uzoq muddatli ishlarda oynasi terlaydigan kuzoynak-larning ichki yuzasi terlashdan saqlovchi maxsus tarkib bilan moylanishi lozim (41-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |