O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta ta’lim vazirligi Namangan davlat universiteti rahbariyatining Fizika fakulteti talabalarining ota-onalari bilan o’tkazilgan uchrashuvi
B A Y O N I
16-iyun 2022 yil NamDU
Soat 13:00 Faollar zali.
QATNASHDILAR:
1. N.B.Dexqanov
|
-
|
Namangan davlat universiteti birinchi prorektori
|
2. A.A.Normirzayev
|
-
|
Rektor maslahatchisi.
|
3. S. Usmanova
|
-
|
Rektor maslahatchisi.
|
4. I. Saydaliyev
|
-
|
Profilaktika inspektori.
|
5. O.Ismanova
|
-
|
Fizika fakulteti dekani.
|
6. A.Xalmirzayev
|
-
|
Fizika kafedrasi mudiri
|
7. Sh.Inoyatov
|
-
|
Fizika o’qitish metodikasi kafedrasi mudiri
|
8. D.Yusupov
|
-
|
Fizika fakulteti yoshlar masalalri bo’yicha dekan o’rinbosari
|
9. M.Qurbonov
|
-
|
Fizika fakulteti o’quv bo’yicha dekan o’rinbosari
|
10. H.Abdurahmonov
|
-
|
Fizika fakulteti tyutori
|
11.B.Kenjayev
|
-
|
Fizika fakulteti tyutori
|
|
-
|
Fakultet professor o’qituvchilari va fizika yo’nalishi 1, 2, 3-bosqich talabalarining ota-onalari
|
Ko’rilgan masalalar:
Namangan davlat universitetida amalga oshirilayotgan ishlar.
Talabalar bandligini ta’minlash, bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish ularni qo’llab quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda talabalarni rag’batlantirish masalalari.
Universitet talabablari o’rtasida jinoyatchilik sodir etilishi holatlari, jinoyatchilikni oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar.
Namangan davlat universitetida kiyinish qoidalarini belgilashning huquqiy asoslari.
O’quvchilarni dars jarayoniga qatnashishlari, ularning o’quv jarayonidagi huquq va majburiyatlari.
Ijarada va talabalar turar joylarida yashovchi talalabalarni yashash sharoitlarini tahlil qilish hamda ularning havfsizliklari haqida
Ota-onalar hamda universitet hamkorligini doimiyligini ta’minlash.
K u n t a r t i b i
Yig’ilishni Namangan davlat universiteti birinchi prorektori N.Dexqonov ochib berdi va yig’ilish qatnashchilariga kun tartibidagi masalalarni tanishtirib o’tdi. N.Dexqonov o’z so’zi universitetning talabalar, professor-o’qituvchilar kontingenti, fakultet, kafedra, ta’lim yo’nalishlari haqida yeg’ilish qatnashchilariga ma’lumot berib, talabalar bandligini ta’minlash, bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish ularni qo’llab quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda talabalarni rag’batlantirish masalalari bo’yicha ma’lumot berib o’tdi.
Shundan so’ng Namangan davlat universiteti profilaktika inspektori I. Saydaliyev so’zga chiqib, u o’z so’zida Universitet talabablari o’rtasida jinoyatchilik sodir etilishi holatlari, jinoyatchilikni oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirib, ota-onalarga farzandlarini doimiy tarzda nazoratga olishlari borasida tushuntirish berib o’tdi.
Shundan so’ng Namangan davlat universiteti rektor maslahatchisi A.A.Normirzayev so’zga chiqib, u o’z so’zida Universitet talabasi o’z o’qish va kasbiga mos bo’lgan zamonaviy kiyimda bo’lishlari lozimligi, diqqatni tortadigan, xususan, tanani shaffof ko’rsatib turadigan, yelka, ko’krak va qorin, tizzadan yuqori qismlari ochiq qoladigan hamda haddan ziyod tor kiyimda, shuningdek, quloqchinlar, quloq va barmoqlardan tashqari tananing turli qismlariga turli zirak yoki metall buyumlar bilan, tanasining ko’rinib turadigan qismida pirsing yoki tatuirovkada universitetga kelishlari mumkin emasligi, shuningdek, turli din va konfessiya, submadaniyatlarga mansub bo’lgan libos, shu bilan birga sport kiyimi va poyabzallarida kelishlari mumkin emasligi borasida ta’kidlab o’tdi.
Uchrashuv davomida bir guruh ota-onalar farzandlarining na`munali hulqi, bilimi, ilmga chanqoqligi, jamoat ishlarida faolligi uchun universitat rektorining “Tashakkurnoma”lari bilan taqdirlandi.
Shundan so’ng fakultetning o’quv ishlari bo’yicha dekan o’rinbosari yi’g’ilish qatnashchilariga talabalarning semester yakunlari bo’yicha o’zlashtirish ko’rsatgichlarini hamda ularning dars jarayonidagi faolliklari haqida tanishtirib chiqdi. Kredit-modul tizimi haqida ham batafsil to’xtalib o’tdi.
Uchrashuv so’ngida fakultet dekani O.Ismanova so’zga chiqib fakultetda amalga oshirilayotgan o’quv, ma’naviy-ma’rifiy hamda tarbiyaviy ishlar yuzasidan yeg’ilish qattnashchilariga ma’lumot berib, kelgusida fakultetda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ilmiy sohadagi ishlar haqida gapirib o’tdi. Ota-onalarni qiziqtirgan savollariga javob berildi. So’zga chiqqan Zulfiya Alimova farzandi Z. Tuyaliyeva Fizika yo’nalishi talabasi ekanligidan faxrlanishi, talabalarga yaratilayotgan sharoit va keng imkoniyatlar haqida gapirib yeg’ilganlar nomidan minnatdorchilik bildirdi hamda bundayin uchrashuvlar davomli bo’lishini ta’kidladi.
Yig’ilish yakunida Fizika fakulteti dekani O.Ismanova hamda yig’ilish qatnashchilari ushbu yig’ilish asosida quyidagilarga
Qaror qiladi:
Talabalar uchun berilayotgan imkoniyatlardan oqilona va samarali foydalanilsin.
Talabalar universitetning ichki tartib qoidalariga amal qilishlari nazoratga olinsin.
Yozgi ta’til davrini maroqli va hafvsiz o’tkazishlari yuzasidan ota-onalar hamkorligida ishlarni kuchaytirilsin.
Universitet hamda ota-onalar hamkorligini muntazam yo’lga qo’yilsin.
F otosuratlar ilova qilinadi.
Fizika fakulteti dekani: O.Ismanova
Ilova
Do'stlaringiz bilan baham: |