16- mavzu : m ukammal taqdimot qilish sirlari reja: Startap loyihalar uchun taqdimot tuzish


Investorlarni jalb qilish – bosqichma-bosqich harakatlar rejasi



Download 273,72 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/8
Sana02.03.2023
Hajmi273,72 Kb.
#915960
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
13-mavzu MUKAMMAL TAQDIMOT QILISH SIRLARI

Investorlarni jalb qilish – bosqichma-bosqich harakatlar rejasi 
Biznesga investitsiya topishga qaror qilgan bo‘lsangiz, biror bir sarmoyachi 
shunchaki g‘oya unga yoqqani uchun pul bermasligini yodda tuting. Moliyaviy 
mablag‘ kiritish bilan shug‘ullanuvchilarni birinchi navbatda o‘z daromadi 


qiziqtiradi. Shu bois mablag‘ jalb qilishda eng asosiysi – investorni kiritilgan pul 
vositalari unga daromad keltirishiga ishontira olish. 
Ko‘pchilik agar g‘oya juda original bo‘lsa, 100 foizlik muvaffaqiyatni kafolatlaydi 
deb o‘ylaydi. Bu yanglish fikr. Aslida kompaniya, fond va xususiy tadbirkorlarning 
aksariyati bunday loyihalarga shubha bilan qaraydi. Ularga sizning g‘oyangiz emas, 
barqaror daromad kerak. Barqarorlikni esa odatda sinalgan, odatiy sohalar 
ta'minlaydi. 
Sizning biznes g‘oyangiz qanchalik kattaligi muhim emas. Uni qanday taqdim 
etishingiz, sarmoyachilarni loyihaning daromad keltirishiga ishontira olishingiz 
muhim. 
1-qadam. Bu yerda asosiy gap biznes-rejada. Investorlar birinchi navbatda shunga 
e'tibor qaratishadi. U har tomonlama o‘ylab tuzilgan bo‘lishi, imkon qadar ko‘proq 
ma'lumotni o‘zida jamlashi kerak. Bular: 
o
Loyiha tavsifi; 
o
Talab qilinayotgan summaga doir hisob-kitob; 
o
Sarmoyachi qo‘lga kirituvchi daromad tahlili; 
o
Kiritilgan mablag‘ning qoplanish muddati; 
o
Ish rivoji istiqbollari. 
Bundan tashqari, mayda detallarga ham katta e'tibor berish kerak. Bu yerda hamma 
narsa ahamiyatli, hatto rejaning qanday sifatdagi qog‘ozga tushirilgani ham. 
2-qadam. Investorga ma'qul keluvchi hamkorlik shaklini to‘g‘ri tanlash juda muhim. 
Bu shakl biznes-rejada ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. 
Investor kiritilgan mablag‘dan qanday qilib daromad olishiga doir jami uch asosiy 
usul mavjud: 
Kiritilgan summadan foizlarni chiqarish; 
Kompaniya daromadi foizi
Biznesdagi ulush. 
Siz uchun ikkinchi variant qulayroq. Biroq investorlar bunga har doim ham 
ko‘naverishmaydi. Bu masala odatda loyiha namoyish qilinganidan keyin 
muhokama qilinadi. Taklif etilgan hamkorlik usuli investorga ma'qul kelmasa va u 


boshqa usulda qat'iy tursa, uning shartlariga ko‘ngan yaxshi. Biznesda qat'iylikni 
namoyish qilish kerak, biroq bu masalada emas. 
3-qadam. Muzokaralar. Ularning muvaffaqiyatiga ko‘p narsa bog‘liq. Ularga yaxshi 
tayyorgarlik ko‘rish juda muhim. O‘z g‘oyangizning sifatli taqdimotini tayyorlang. 
Investorlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan barcha ehtimoliy savollarga tayyor 
turing. Loyihaning hatto eng mayda detali ham shubha tug‘dirmasin. 
Agar siz professionalga biznes-reja buyurtma qilgan bo‘lsangiz, muzokaralarga uni 
maslahatchi sifatida olgan yaxshi. U sizga eng nozik savollarga ham javob topishga 
yordam beradi va bo‘lg‘usi biznesning barcha jihatlarini izohlay oladi. 
Shuningdek, o‘zingizni qanday tutishingiz ham juda muhim, albatta. Bunda 
so‘zlayotgan ohangingiz, nutqingiz tezligi va tashqi ko‘rinishingiz ham rol o‘ynaydi. 
Mayda detallar haqida hech qachon unutmang, investitsiyalarni jalb qilishda ular 
juda muhim. 
Agar muzokaralar muvaffaqiyatli tugallansa, sizga shartnomani imzolash taklif 
etiladi. Tabiiyki, uni diqqat bilan o‘qish kerak. Unda kiritilayotgan mablag‘ 
summasi, hamkorlik muddati, tomonlar huquq va majburiyatlari yozilganini 
yaxshilab tekshiring. 

Download 273,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish