15-mavzu: Yangi O‘zbekiston – yangicha dunyoqarash



Download 439,11 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/9
Sana23.06.2022
Hajmi439,11 Kb.
#697070
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
15-ma\'ruza

Birinchidan,
korruptsiyaga qarshi kurashda targ‘ibot-tashviqotdan samarali 
foydalaniladi. Binobarin, jamiyatning har bir a’zosi yoshlikdan uning naqadar 
xavfli ekanligini anglashi lozim. SHu tariqa, har bir inson yoshlikdan “halollik 
vaktsinasi” bilan emlanadi va u ushbu kasallikka qarshi kuracha oladi. Bu kabi 
tajriba Finlyandiya, Yaponiya, Singapur, Janubiy Korea kabi davlatlarda keng 
qo‘llaniladi. Buning uchun har bir ota-ona, maktabgacha ta’lim, o‘rta, oliy ta’lim 
muassasalari faollik ko‘rsatishi zarur;
Ikkinchidan,
korruptsiyaga qarshi kurashda ochiqlik va oshkoralik 
mexanizmlaridan samarali foydalaniladi. CHunki xech bir vosita ochiqlik kabi 
samarali natija bermaydi. SHu maqsadda Korruptsiyaga qarshi kurashish 
agentligiga ochiq e’lon qilinishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar ro‘yxatini kengaytirish 
bo‘yicha vazifa yuklatildi.
Bundan tashqari, davlat xaridlari, mahalliy davlat hokimiyati idoralarining 
qarorlarini qabul qilish mexanizmlari takomillashtiriladi. Bu esa ushbu yo‘nalishda 
ochiqlik va oshkoralikni ta’minlab, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat 


hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi qonuni 
talablarini kengroq amalga oshirishga sharoit yaratadi. 
Uchinchidan,
davlat xizmatiga kadrlarni tanlash va ishga qabul qilishning 
ochiq tizimini yo‘lga qo‘yish tizimi to‘liq ishga tushiriladi.
Korruptsiyaga qarshi kurashishning samarali vositalaridan biri – kadrlarni 
tanlash va ishga qabul qilishning ochiq tizimini yo‘lga qo‘yishdan iborat. Ushbu 
tizim asosida kadrlarni tanlashda eski usullardan voz kechib, ularning intellektual 
salohiyatini, ma’naviy fazilatlarini baholaydigan ochiq va oshkora tanlov tizimi 
joriy etiladi. 
Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 
oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat fuqarolik 
xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5843-
son Farmoniga ko‘ra davlat xizmatiga qabul qilishning shaffof mexanizmiga asos 
solindi. Unda quyidagi tartib o‘rnatildi: 
a) davlat organlari va tashkilotlaridagi davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilish 
ochiq mustaqil tanlov asosida quyidagi tartibda amalga oshiriladi, alohida tartibda 
saylanadigan va tayinlanadigan lavozimlar bundan mustasno: 
2020 yil 1 yanvardan boshlab – tajriba tartibida, butun vertikal bo‘ylab – 
davlat boshqaruvi organlarida va Farmonning 2-ilovasiga muvofiq hududlardagi 
barcha davlat tashkilotlarida; 
2021 yil 1 yanvardan boshlab – davlat fuqarolik xizmati nazarda tutilgan 
respublikaning barcha davlat organlari va tashkilotlarida. 
Mazkur farmon asosida joriy yil 1 yanvardan barcha davlat organlari va 
tashkilotlarida kadrlarni tanlash va tayinlashning yangi tartibini joriy etiladi. Ushbu 
tizim davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilishda meritokratiya tamoyilini joriy etadi 
va davlat xizmatiga kirishdagi manfaatlar to‘qnashuvi holatlarining oldini oladi. 
SHu sababli, ushbu tamoyil asosida davlat mansablarini egallagan xizmatchilarda 
korruptsiyaga qarshi immunitet kuchli bo‘ladi. 
SHuningdek korruptsiyaning oldini olish bo‘yicha davlat xizmatchilarini 
muntazam o‘qitish va bilimini baholab borish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. 
2020 yilning 24 yanvardagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat
 
Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida korruptsiyaga qarshi kurashishga 
mas’ul bo‘ladigan hamda barcha kuch va vositalarga ega bo‘lgan alohida organ 
tashkil etish taklif etilgani korruptsiyaga qarshi kurashish sohasida muhim voqea 
bo‘ldi.
SHunga muvofiq, 2020 yil 29 iyunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
“O‘zbekiston 
Respublikasida 
korruptsiyaga 
qarshi 
kurashish 
tizimini 
takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni va 


“O‘zbekiston Respublikasi korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyatini 
tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-4761-son Qarori qabul qilindi.
Farmonga asosan,
 
korruptsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish 
sohasida davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish, davlat organlari, 
ommaviy axborot vositalari, fuqarolik jamiyati institutlari va boshqa nodavlat 
sektor vakillarining birgalikdagi samarali faoliyatini ta’minlash, shuningdek 
mazkur sohadagi xalqaro hamkorlik uchun mas’ul bo‘lgan maxsus vakolatli davlat 
organi ‒ O‘zbekiston Respublikasi Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil 
etildi. 
SHu kabi maxsus tuzilmalar xorijiy davlatlar masalan, Singapur, Janubiy 
Korea, Qozog‘iston Respublikasi tajribasida tajribasida mavjud. 
Ta’kidlash joizki, korruptsiya manfaatlar to‘qnashuvining jiddiy ko‘rinishi 
bo‘lib, u manfaatlar to‘qnashuning barcha turlarini bartaraf etishni talab etadi. SHu 
bois 
xorijiy 
mamlakatlarda 
korruptsiyaga 
qarshi 
kurashish 
manfaatlar 
to‘qnashuning oldini olishdan boshlanadi.
SHu sababli, xorijiy davlatlarda manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish 
bo‘yicha jiddiy tartiblar o‘rnatilgan. Xususan, AQSH, Kanada, Frantsiya va 
Gollandiya kabi mamlakatlarda davlat boshqaruvi sohasida korruptsiyaning oldini 
olish va unga barham berishga qaratilgan bir qator normativ-huquqiy hujjatlar 
ishlab chiqilgan. Masalan, AQSH qonunchiligida davlat xizmatchisining 
qo‘shimcha (asosiy vazifa uchun ish haqidan tashqari) daromad olish huquqi ham 
cheklangan. Bu cheklash hokimiyat uchala tarmog‘ining barcha xizmatchilariga 
nisbatan ham tatbiq etiladi. 
AQSH federal qonunchiligida davlat hokimiyati organlarini tark etgan sobiq 
davlat xizmatchilarining ish faoliyatini cheklaydigan normalar ham nazarda 
tutilgan. Davlat xizmatchisi xizmat o‘tash davrida muayyan muammolarni hal 
qilishda hukumat mansabdor shaxsi sifatida shaxsan va katta vakolatlar bilan 
ishtirok etgan bo‘lsa, u iste’foga chiqqanidan keyin ijro etuvchi hokimiyat 
organlari tomonidan shunga o‘xchash muammolarni hal qilishda birovning 
manfaatlarini rasman va har qanday shaklda ifoda etishga haqli emas. 
Kanadaning jinoyat qonunchiligiga muvofiq, “mansabdor shaxslarni pora 
evaziga og‘dirish”, “hukumatni aldash”, “mansabdor shaxs tomonidan sodir etilgan 
ishonchni suiiste’mol qilish” holatlari mansabdorlik jinoyatlari hisoblanadi. 1985 
yilda Kanadada davlat xizmatchilarining xizmat vazifalari va shaxsiy manfaatlari 
o‘rtasida to‘qnashuv yuz bergan holda ular amal qilishi shart bo‘lgan xulq-atvor 
qoidalarini o‘zida jamlagan kodeks qabul qilingan. Mazkur kodeksning maqsadi – 
“davlat apparati va davlat xizmatchilarining halolligiga jamiyatning ishonchini 
oshirish”dan iborat etib belgilangan. 


Mamlakatimizda xorijiy mamlakatlar tajribasi asosida maxsus vakolatli 
organning tashkil etilishi maqtovga loyiq. SHu bilan birga, korruptsiyaga qarshi 
kurashishning boshqa mexanizmlarini ham joriy etib borish zarur. 
Murojaatnomada belgilanganganidek davlatimizning korruptsiyaga qarshi 
kurash siyosati izchil davom ettiriladi. Mazkur vazifa doirasida, har bir davlat 
organi o‘zining korruptsiyaga qarshi faoliyatida shu kabi huquqbuzarliklarni o‘z 
vaqtida aniqlash va ularga chek qo‘yishga, korruptsiyaviy huquqbuzarliklarni sodir 
etganlik 
uchun 
javobgarlikning 
muqarrarligi 
printsipini 
ta’minlashga 
doir choralarni ko‘rishi lozim.
Ushbu ijtimoiy illatga qarshi kurashishning muhim chorasi sifatida 
jinoyatchilik va korruptsiya atrofida murosasizlik va umumxalq tomonidan 
qoralash muhitini yaratish zarurligini alohida ta’kidlash lozim.
SHuningdek korruptsiyaga qarshi kurashda davlat xizmatchilarining axloqi, 
halolligi, korruptsiyaga murosasizligi muhim rolь o‘ynashi lozim. Zero aynan 
halollik shu vaqtga qadar xalqimizga azob berib kelayotgan dardlarga malham 
bo‘la oladi. CHunki har bir insonni o‘z vijdonidan ko‘ra kuchli nazorat qiladigan 
va boshqaradigan kuch yo‘q. SHu sababli, halollik va vatanparvarlik vijdonimizni 
uyg‘otib, zehniyatimizni tozalaydi. 
Qonun ustuvorligini ta’minlash va korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi 
islohotlar davlat va jamiyat har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-
sharoitlar yaratish, mamlakatni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha 
sohalarini liberallashtirish, shaxs huquqlari kafolatlarini mustahkamlashga xizmat 
qiladi. 

Download 439,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish