15-mavzu: Yangi O‘zbekiston – yangicha dunyoqarash


Eng asosiysi — bag‘rikenglikning muhim omillaridan biri bo‘lgan



Download 439,11 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/9
Sana23.06.2022
Hajmi439,11 Kb.
#697070
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
15-ma\'ruza

Eng asosiysi — bag‘rikenglikning muhim omillaridan biri bo‘lgan 
millatlararo va dinlararo totuvlikning to‘la ta’minlanganligi.
Ushbu oqilona siyosatning mahsuli sifatida bugun yurtimizda tinchlik-
osoyishtalik hukm surmoqda, turli din va millat vakillari bir oiladek inoq hayot 
kechirmoqda. Respublikamizda turli dinlarga e’tiqod qiluvchilarning barcha ibodat 
va marosimlarni emin-erkin bajarib, diniy bayramlarini keng ko‘lamda 


nishonlashlariga ham har tomonlama sharoitlar yaratilmoqda. Xususan, 
musulmonlarning Hayit bayramlari, nasroniylarning Pasxa va Rojdestvo 
bayramlari, yahudiylarning Peysax, Purim va Xanuka bayramlari ko‘tarinki ruhda 
tantana etilmoqda. Turli konfessiya yetakchilarining diniy bayram kunlari bir-
birlarini tabriklab, tadbirlarda ishtirok etishlari an’anaga aylangan. O‘tgan 2019 
yilda 7200 dan ortiq fuqarolarimiz haj ziyoratini emin-erkin amalga oshirdilar. 
Kuniga 500 ga yaqin fuqarolarimiz musulmonlar uchun muqaddas bo‘lgan Makka 
va Madina shaharlariga borib, umra ziyoratini ado etishdi. 
Hukumatimiz tomonidan musulmonlar singari boshqa din vakillari, xususan, 
pravoslav xristianlari Isroilning Ierusalim – Quddusi 
shar
if shahriga borib, Pasxa 
bayrami munosabati bilan muqaddas olov olib kelishlariga ham imkoniyatlar 
yaratib berilgan. U yerga zamonaviy samolyotda sharter-reys bilan borib kelishlari 
uchun ham Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Toshkent va O‘zbekiston yeparxiyasi, 
“O‘zbekiston havo yo‘llari” va boshqa tegishli tashkilotlar xizmat ko‘rsatmoqda. 
Mustaqillik yillarida respublikamizda yuzlab masjid, cherkov, sinagoga va 
ibodat uylari qurildi, qayta ta’mirdan chiqarildi. Ular qatorida Toshkentdagi 
“Hazrati Imom” majmui, “Minor” masjidi, viloyat markazlaridagi jome masjidlar, 
Toshkent, Samarqand va Navoiy shaharlaridagi pravoslav cherkovlari, shuning
dek
Toshkentdagi katolik cherkovi va buddaviylik ibodatxonasi, Samarqanddagi 
Arman Apostol cherkovi va boshqalarni ko‘rsatish mumkin. 
O‘zbekiston Prezidenti SHavkat
 
Mirziyoev 2017 yil 19 sentyabrь kuni 
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida “Ma’rifat 
va diniy bag‘rikenglik” deb nomlangan maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish 
taklifini ilgari surdilar. Ushbu taklifdan kelib chiqib, 2018 yil 12 dekabrda 
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 73-sessiyasining 51-
yig‘ilishida A/Res/73/128-sonli “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” rezolyutsiyasi 
tashkilotga a’zo 193 mamlakat tomonidan yakdillik bilan qabul qilindi. BMTga 
a’zo mamlakatlarning 50 dan ortig‘i bu rezolyutsiyani nafaqat qo‘llab-
quvvatlashlarini, balki unga hammuallif bo‘lishlarini ta’kidladilar. 
SHuning
dek
yurtboshimiz murojaatnomada Birlashgan Millatlar Tashkiloti 
Bosh Assambleyasining rezolyutsiyasi bilan har yili 30 iyulь – Xalqaro do‘stlik 
kuni sifatida keng nishonlanishini inobatga olgan xolda ushbu sanani 
O‘zbekistonda “Xalqlar do‘stligi kuni” deb belgilashni taklif etdilar. 
Mamlakatimizda ushbu soxadagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish, inson 
huquq va erkinliklarini ta’minlash, xalq farovonligini oshirish borasida olib 
borilayotgan izchil siyosat jahon hamjamiyati tomonidan keng e’tirof etilmoqda. 
Xususan shu yilning 7 dekabrь kuni AQSH Davlat departamentining rasmiy 
saytida Davlat departamenti O‘zbekistonni diniy erkinliklar bo‘yicha maxsus 
kuzatuvlar ro‘yxatidan chiqarganligi haqida xabar qilindi. AQSH Davlat kotibi 


M.Pompeo diniy erkinlik borasida amalga oshirilgan ijobiy o‘zgarishlar haqida 
gapirar ekan, qisqa muddat ichida O‘zbekiston rahbariyati tomonidan ko‘rilgan 
tezkor va maqsadli chora-tadbirlarning natijasi ekanini qayd etgan. SHuning
dek
Davlat kotibi maxsus ro‘yxatdan chiqishda O‘zbekiston tajribasi boshqa 
davlatlarga namuna bo‘lib xizmat qilishini ham ta’kidladi.
Bugungi kunda dunyoning ayrim mintaqalarida jaholatga qarshi – jaholat 
bilan kurashish oqibatida nizoli vaziyatlar avj olib bormoqda. Ayniqsa Yaqin 
SHar
q mamlakatlarida milliy, diniy, va boshqa ijtimoiy-siyosiy omillar negizida 
yuzaga kelgan qurolli to‘qnashuvlar oqibatida yuzlab odamlarning qurbon 
bo‘layotgani, minglab kishilarning o‘z boshpanalaridan ayrilib, tug‘ilib o‘sgan 
yurtlarini tashlab ketishga majbur bo‘layotgani kabi ayanchli jarayonlarning 
guvohi bo‘lmoqdamiz. 
Ushbu salbiy oqibatlarni bartaraf qilish amaliyotida “O‘zbekiston omili”ning 
o‘rni, jumladan Prezidentimiz SH.Mirziyoevning xalqaro miqyosda o‘tkazilgan 
anjumanlarda, masalan BMT Bosh Assambleyasining 72, 75 sessiyalarida, MDH, 
SHXT davlatlari raxbarlarining oliy darajadagi kengashlarida, Markaziy Osiyo 
davlatlari raxbarlarining uchrashuvlaridagi tashabbuskorliklari omil sifatida muhim 
ahamiyat kasb etmoqda.
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, O‘zbekistonning din soxasidagi 
siyosati zamirida davlatning dunyoviyligi, din va davlat bir-biridan ajratilganligi 
haqidagi tamoyil yotadi. O‘zbekistonning din soxasidagi siyosati, o‘z navbatida, 
xalqaro shartnomalarning bu boradagi talablarini to‘liq e’tirof etadi va 
fuqorolarning shaxsiy, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy huquqlarini ta’minlashni 
nazarda tutadi.


Download 439,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish