Biologiya [bio.. + yun. logos - so‘z, ta’limot] – tirik organizmlarning hayoti va rivojlanish qonuniyatlari haqidagi ta’limot, fan. O‘simliklar biologiyasi. Biologiya darsi.
Havo [atmosfera, havo; iqlim; shamol; ob-havo] – yer atmosferasini hosil qiluvchi, inson, hayvon, o‘simliklar hayoti uchun zarur bo‘lgan, asosan azot va kisloroddan iborat gazlar aralashmasi. Toza havodan nafas olmoq.
Kimyo [oddiy metallarni asl metallar (oltin, kumush)ga aylantirish tushunchasi] – moddalar, ularning tarkibi, tuzilishi, xossalarini, shuningdek, bir moddaning boshqa moddaga aylanishini o‘rganuvchi fan. Analitik kimyo. Noorganik kimyo. Organik kimyo. Kimyo o‘qituvchisi.
Do'stlaringiz bilan baham: |