Ekologiya [yun. oikos – vatan, uy + logos – fan, ta’limot] – birgalikda yashaydigan tirik organizmlarning o‘zaro va tevarak-atrofdagi muhit bilan bo‘lgan munosabatini, shuningdek, odam va biosfera o‘rtasidagi o‘zaro munosabat masalalarini o‘rganuvchi fan.
Atrof [tomonlar, chekka joylar] –Tevarakdagi yaqin joy, yaqin oradagi yerlar. Motorlar tutab, bir tomondan, insonga yengillik va qulaylik tug‘dirsa-da, ikkinchi tomondan, atrof-muhitni ifloslantiradi.
Biologik – tirik organizmlarning hayoti va o‘sishiga, ya’ni biologiyaga oid. Biologik jarayonlar. Biologik tadqiqotlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |