15-mavzu. O’simliklarda energiya tizimining shakllanishi. Uglevodlar parchalanishi



Download 2,2 Mb.
bet4/6
Sana17.07.2022
Hajmi2,2 Mb.
#812339
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
15 mavzu

Aerob nafas olish. Nafas olishning aerob bosqichi - ikkinchi asosiy bosqich sanaladi. Bu bosqichda pirouzum kislota karbonat angidrid bilan suvga to’liq parchalanadi. Bu jarayon aerob sharoitda sodir bo’lib, bir qator oraliq moddalar, di- va trikarbon kislotalar ishtirok etadi. Ularning birbiriga aylanishi halqadan iborat. Shuning uchun ham di- va trikarbon kislotalar sikli deb ataladi. Bu reaksiyalar tizimini (hayvonlar organizmida) 1937 yilda ingliz bioximigi G.A.Krebs taklif qilganligi uchun uning nomi bilan Krebs sikli ham deb ataladi. Bu tizimning o’simliklarda ham mavjudligini birinchi marta ingliz olimi A.Chibnell (1939) isbotlagan.
Piruvat kislota aerob sharoitda avvalo faollashgan birikma asetil-CoA ga aylanadi. Faollashgan asetil - CoAning oksidlanishidan siklik jarayonlar boshlanadi. Krebs siklining birinchi bosqichida asetil - CoA oksaloasetat bilan o’zaro reaksiyaga kirishib, sitrat kislota (limon kislota) hosil qiladi. Bu reaksiyada sitratsintetaza fermenti ishtirok etadi va bu halqadagi eng muhim mahsulotlardan biri hisoblanadi.
Shuning uchun bu jarayon sitrat sikli deb ham ataladi (5-rasm).



5-rasm. Sitrat kislota sikli (Krebs sikli).

Sitrat kislota akonitaza fermenti ishtirokida degidratasiyalanadi va sis-akonit hosil qiladi. Sis -akonit kislota yana birmolekula suv biriktirib izositrat kislotaga aylanadi. Izositrat kislota degidratasiyaga uchrab, oksal osuksinat kislotaga aylanadi. Bu reaksiyada izositratdegidrogenaza fermenti ishtirok etadi.


Uning faol qismini NADF tashkil qiladi va u reaksiyada NADF.Hga qaytariladi. Tezlikda oksalosuksinat kislota dekarboksillanib a-ketoglutarat kislotaga aylanadi. a-Ketoglutarat yana dekarboksillanadi natijada karbonat angidrid ajralib chiqadi, NADH va suksinil -CoA hosil bo’ladi.
Suksinil - CoA - sintetaza fermenti, ADF va fosfat kislota ishtirokida energiyaga boy bo’lgan suksinil - SoA dan suksinat kislota (qahrabo kislota) va ATF hosil bo’ladi. Suksinat kislota oksidlanib, fumarat kislotaga aylanadi. Bu reaksiya o’simliklarda juda ko’p tarqalgan suksinatdegidrogenaza fermenti ishtirokida sodir bo’ladi. Bu fermentning faol qismi FAD bo’lib, u FADH 2 ga qaytariladi.
Fumarat kislota bir molekula suvni biriktirib, fumaraza fermenti ishtirokida malat kislotaga aylanadi. Bu kislota o’z navbatida malatdegidrogenaza fermenti ishtirokida oksaloasetat kislotaga aylanadi. Fermentning faol qismini NAD tashkil qilib, u reaksiya jarayonida NADHga qaytariladi.
Doiraning yakunida hosil bo’lgan oksaloasetat kislota o’z-o’zidan tezda yenol shaklga o’tadi va yangi asetil-CoA olekulasi bilan reaksiyaga kirishi, yangi siklni boshlaydi. Shunday qilib har bir siklda bir molekula pirouzum kislotasidan uch molekula CO2 ajraladi, uch molekula suv ishtirok etadi besh juft vodorod atomlari ajratiladi. Bu sikl o’simliklar tanasidagi modda almashinuv jarayonida katta ahamiyatga ega. U faqat uglevodlar oksidlanishining yakuniy bosqichi bo’lmay, balki boshqa organik moddalarga (oqsillar, yog’lar va boshqalar) ham taaluqlidir.
Nafas olishning bu bosqichida energiyaning asosiy qismi ajraladi. Reaksiyalar natijasida 3NADH, NADFH, FADH2 va bir molekula ATF ajraladi. Agar har bir molekula NADH va NADFH larning energiyasi uch molekula ATFga teng (3,3 + 3 = 12) bo’lsa, u holda 12 molekula ATF bo’ladi. Bir molekula FADH2 ning energiyasi ikki molekula ATF ga teng bo’lsa va reaksiya natijasida bir molekula ajralib chiqqan ATF bilan birgalikda umumiy miqdor uch molekula ATFni tashkil qiladi. Natijada bir molekula pirouzum kislotaning oksidlanishi - 15 molekula ATFni hosil qiladi. Agar bir molekula glyukozaning glikolizi natijasida ikki molekula pirouzum kislota hosil bo’lishini hisobga olsak, u holda 30 molekula ATF hosil bo’ladi. Bundan tashqari 8 molekula ATF boshlang’ich anaerob bosqichda ham hosil bo’ladi. Demak bir molekula glyukozaning oksidlanish jarayonida 38 molekula ATF hosil bo’lib, uning energiyasi 686 kkal/mol ga teng bo’ladi.
Bundan tashqari bu siklda hosil bo’lgan oraliq mahsulotlar yangi organik moddalarni sintez qilish uchun sarflanadi (oqsillar,yog’lar va boshqalar). Krebs sikli reaksiyalari to’la mitoxondriyalarda sodir bo’ladi va nafas olish jarayonining asosiy yo’li hisoblanadi.

Download 2,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish