2. Uglevodlarning aerob va anaerob parchalanishi.
Glikoliz jarayoni va uning ahamiyati.
Moddalar almashinuvi bir-biri bilan o'zaro bog'liq bo'lgan va organizmda bir vaqtda kechadigan ikkita jarayon assimilyatsiya va dissimilyatsiya yoki anabolizm va katobolizmdan iborat.
Katobolizm - hujayraga oziq bilan kiradigan yoki organizmda jamg'arilgan murakkab organik moddalar, oqsillar, uglevodlar, yog'lar, nuklein kislotalami oddiy birikma- largacha parchalab, bir vaqtda ATF energiyasi ajratishga qaratilgan fermentativ o'zga- rishlar yig'indisidir. Katobolizm gidrolitik va oksidlanish reaksiyalari natijasida amalga oshadi va kislorodsiz (anaerob yo'l-glikoliz, bijg'ish) hamda kislorod ishtirokida (aerob) kechadi.
Kislorodsiz bosqich (glikoliz)da - 2 molekula ATF hosil bo'ladi, ATF molekulasida 40 % energiya saqlanadi.
Kislorodli bosqichda - 36 molekula ATF hosil bo'lib, ko'p energiya ajraladi, energiya ATF molekulasida g'amlanadi.
Aerob yo'l evolyutsiya jihatdan yosh bo'lib, enegetik jihatdan foydalidir, u moddalami CO2 va H2O gacha to'liq parchalanishini ta'minlaydi. Hujayraviy nafas olish jarayoni quyidagi ketma-ketlikdagi reaksiyalarga bo'linadi.
Glikoliz - nafas olish jarayoni va bijg'ish uchun umumiy bo'lgan, reaksiyalar ketma-ketligi hisoblanib, u kislorod yo'qligida yagona ATF manbayi hisoblanadi. Gliko- lizda olti uglerodli glyukoza molekulasi ikkita uch uglerodli pirouzum kislotasigacha o'zgaradi, glikoliz jarayonida ikki molekula ATF hosil bo'ladi, demak, glikoliz parcha lanishning kislorodsiz (anaerob) bosqichi bo'lib, sitoplazmada ro'y beradi. Bu jarayon murakkab bo'lib, ko'pgina (10 dan ortiq) fermentlar ishtirokida amalga oshadi. Bu reak- siyani umumlashtirgan holda:
S6N12O6 + 2S3H402 + 4H + 2ATF
Glyukoza pirouzum kislotasi tarzida ko'rsatish mumkin.
Uch karbon kislotasi yoki Krebs sikli. Dastlabki kislorodsiz parchalanishdan hosil bo'lgan modda - pirouzum kislotasi mitoxondriya ichiga kiradi, mitoxondriyaning ichki membranasida aerob - kislorodli parchalanish jarayoni sodir bo'ladi. Pirouzum kislotasining parchalanishi Krebs sikli bo'yicha murakkab fermentativ reaksiyalar natijasida ro'y beradi. Parchalanish murakkab organik moddalardan CO2 va H2O va 36 mol ATF hosil bo'lishi bilan yakunlanadi.
Shunday qilib, bir molekula glyukozaning glikoliz - anaerob va aerob prachalanishi natijasida 38 mol ATF hosil bo'ladi (2-rasm).
C6H12O6 +6O2 = 6CO2+ 6H2O +38ATF.
Hujayrada hosil bo'lgan kimyoviy energiya (ATFdagi makroergik fosfat birikmalari) hujayra va organizm ehtiyoji uchun mushak qisqarishidagi mexanik ish, nerv impulslarining o'tkazilishi, moddalaming membrana orqali faol o'tishi, hujayra va organizm uchun kerakli bo'lgan turli molekulalami sintezlash kabi jarayonlami ta'minlovchi energiyalar sifatida sarflanadi.
2-rasm. Hujayrada energetik almashinuv bosqichlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |