17 301,0 ming
kishi, yil boshidan buyon
156,9 ming
kishi
yoki
0,92%
ga oʻsdi.
qishloq aholisi-
16 890,7 ming
kishi, yil boshidan buyon
129,6 ming
kishi
yoki
0,77%
ga
oʻsdi.
Urbanizatsiya uzoq va keng jarayon. Bu migratsiya jarayonlari, yer boshqaruvi
samaradorligi, shahar rejalashtirish, shahar infratuzilmasini rivojlantirish va uy-joy
qurilishi masalalarini oʻz ichiga olgan bir qator masalalar va harakatlar boʻlib,
shahar aholisining oʻsishi bilan birga keladi.
Urbanizatsiyaning asosiy maqsadi shahar va shahar aglomeratsiyalarining
kompleks rivojlanishi hisobiga barqaror iqtisodiy oʻsishni taʼminlash va aholi
farovonligini oshirishdan iborat boʻlib, ular mehnat va investitsiya resurslariga
jozibador boʻladi.
Oʻzbekistonning yirik shaharlarini rivojlantirish boʻyicha strategik platforma va
strategiya yaratilmoqda, bu esa ularni aholi uchun rivojlangan infratuzilma, taʼlim,
ish bilan taʼminlash va ijtimoiy himoya qilish salohiyatiga ega oʻziga xos tortishish
markazlariga aylantirish imkonini beradi. Bu esa, oʻz navbatida, hududlardagi
migratsiya mahalliy xarakterga ega boʻlishiga imkon beradi, shu bilan uni
poytaxtga emas, balki har bir mintaqaning yirik shaharlariga yoʻnaltiradi.
Urbanizatsiya jarayoni, shuningdek, yirik shaharlar atrofidagi sunʼiy yoʻldosh
shaharlar tarmogʻini kengaytirish va urbanizatsiya rivojlanishining muhim jihati
boʻlgan ayrim shaharlarning birlashuvi bilan birga keladi, bu esa oʻz navbatida
isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish boʻyicha yirik va yirik
shaharlarni tushirish, shuningdek, uy-joylarni joylashtirish va avtomobil trafigini
optimallashtirish imkonini beradi.
O„zbekistonda beshta ustuvor yo„nalish bo„yicha Harakatlar strategiyasini amalga
oshirish doirasida jahon amaliyotini hisobga olgan holda mamlakatda yuqori
iqtisodiy o„sish sur'atlarini ta'minlovchi yangi instrumentlar va mexanizmlar
yanada kengroq qo„llanilmoqda. Ular qatoriga faol davlat urbanizatsiya siyosatiga
o„tishni kiritish mumkin.
«Urbanizatsiya» so„zi lotin tilida shahar ma'nosini anglatib, mamlakat (mintaqa)
aholisi tarkibidagi shahar aholisining salmog„i orqali o„lchanadi. Urbanizatsiya
jarayonlarining asosiy natijalari quyidagilar bilan bog„liq:
- barqaror iqtisodiy rivojlanishni ta'minlash;
- aholi turmushining sifati yaxshilash va darajasini ko„tarish;
- uy-joy, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma ob'yektlari qurilishini keng
miqyosda amalga oshirish;
- yer uchastkalaridan samarali foydalanish;
- shaharlarni iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik omillar, mavjud shart-sharoitlarni
hisobga olgan holda kompleks rivojlantirish;
- industrial-innovatsion rivojlanishning ustuvor vazifalarini hal etish va raqamli
iqtisodiyotni qo„llash;
- katta, o„rta va kichik shaharlar rivojlanishini maqbullashtirish;
- shahar aglomeratsiyalari orqali ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishning
samarali shakllarini tatbiq etish;
- shaharlarda sanoat zonalari, texnoparklar, innovatsiya markazlari tashkil etish.
Urbanizatsiya jarayonlarini tartibga solish bo„yicha jahon amaliyotining tahlili va
undan chiqadigan xulosalar shuni ko„rsatadiki, Yaponiya, Koreya Respublikasi,
Xitoy, Singapur, Hindiston va boshqa mamlakatlarda aniq maqsadga yo„naltirilgan
urbanizatsiya siyosati faol sanoatlashuv, shaharlarni kompleks rivojlanishini
rag„batlantirish, mavjud salohiyatdan samarali foydalanish, aholi turmush
sharoitini izchil oshirib borish, doimiy va barqaror ish o„rinlarini yaratish, yer
islohotlarini amalga oshirish va yer uchastkalari bozorini shakllantirish kabi qator
chora-tadbirlar bilan uyg„unlikda olib borilgan. Ko„pgina boshqa mamlakatlarda
iqtisodiy o„sish va ijtimoiy taraqqiyotning muhim omili bo„lgan urbanizatsiyaning
barqaror rivojlanish tendensiyasi kuzatilmoqda.
Amalga oshirilgan tadqiqot natijalari shuni ko„rsatadiki, urbanizatsiya darajasining
1 foizga ortishi aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot ko„rsatkichining Xitoyda 10
foizga, Hindistonda esa 13 foizga o„sishini ta'minlagan.
BMT prognoz hisob-kitoblariga ko„ra, jahonda shahar aholisining ulushi 2018
yildagi 55,3 foiz o„rniga, 2030-yilga borib 60,4 foizga yetadi. Shahar aholisining
nisbatan yuqori o„sish sur'atlari rivojlanayotgan mamlakatlarda ham kuzatiladi.
Mazkur mamlakatlarda bu jarayon asosan qishloq aholisining shaharlarga
ko„chishi va shahar aholisi tabiiy o„sishi bilan bog„liq.
Mustaqillik yillarida O„zbekistonda shaharlar rivojlanishi bo„yicha muayyan ishlar
amalga oshirildi. Shahar aholisining salmog„i 1991-yildagi 40,3 foiz o„rniga 2018-
yilga kelib 50,6 foizga o„sdi. Bunday o„sish sur'atlariga asosan ma'muriy
o„zgarishlar, ya'ni 2009-yilda mingga yaqin qishloq aholi punktlarining shahar
posyolkalariga aylantirilishi hisobiga erishildi.
Shu bilan birga, urbanizatsiya jarayonlarida qator nomutanosibliklar kuzatilmoqda:
- urbanizatsiya darajasi bo„yicha mamlakatimizning jahonda tutgan o„rni past.
BMT xalqaro reyting ko„rsatkichlari bo„yicha O„zbekiston 2018-yilda ushbu
yo„nalishda 233 mamlakat orasida 155-o„rinni egalladi. Vaholanki, bu sohada
dunyodagi o„rtacha ko„rsatkich 55,3 foiz bo„lib, u Rossiyada 74,4 foizni,
Turkiyada 75,1 foizni, Qozog„istonda 57,4 foizni, Turkmanistonda 51,6 foizni
tashkil etadi;
- oxirgi 10 yil mobaynida (2009-2018-yy.) mamlakatimizda urbanizatsiya darajasi
51,7 foizdan 50,6 foizga kamaydi. Xorazm (33,3%), Surxondaryo (35,5%), Buxoro
(37,4%) va Samarqand (37,4%) viloyatlarida urbanizatsiya darajasi ayniqsa past;
- 2012-yildan hozirga qadar shaharlar soni o„zgarmadi (119 ta) va ularda 10,1 mln.
kishi istiqomat qiladi. Mamlakat shaharlar tarmog„ining asosini kichik shaharlar
(jami shaharlar tarkibidagi ulushi 68,4 foiz) tashkil qiladi va ularning jami shahar
aholisidagi ulushi 20,5 foizga teng. Shaharlar rivojlanishining o„ziga xos
jihatlaridan yana biri shundaki, shahar aholisining deyarli ¼ qismi (24,2%) poytaxt
- Toshkent shahrida istiqomat qiladi. O„tgan davr ichida 6,4 mln. kishi (38,7%)
istiqomat qiladigan shahar posyolkalari soni 1065 tadan 1071 taga ko„paydi.
Shahar posyolkalari sonining juda ko„pligi ham O„zbekistonda shaharlar
tarmog„ining o„ziga xos jihati sifatida talqin qilinishi mumkin;
- ko„pgina kichik shaharlar va shahar posyolkalari ma'muriy usullar orqali tuzilgan
bo„lib, ular shaharsozlik talablariga to„la javob bermaydi. Amalda aholi qishloq
xo„jalik mehnati bilan band, ularning turmush tarzi esa qishloqqa xos. Tadqiqot
natijalari shuni ko„rsatadiki, bunday toifadagi shaharlar uchun ularning ma'lum bir
sohaga chuqur ixtisoslashganligi, ishsizlikning yuqori darajasi, ishlab chiqarish va
infratuzilma ob'yektlarining eskirganligi, transport kommunikatsiyalari va xizmat
ko„rsatish sohalari holatining qoniqarsizligi, moliyaviy mablag„lar va malakali
xodimlarning yetishmasligi kabilar xosdir;
- 2012-2018-yillarda shahar aholisi soni 1,4 mln. kishiga yoki 9,2 foizga ortdi (shu
davrda qishloq aholisi mos ravishda 1,7 mln. kishi va 11,9 foizga ko„paydi).
Aholining tabiiy harakati (102,0%), migratsiya (-13,4%) va ma'muriy-hududiy
o„zgarishlar (11,4%) shahar aholisi soni o„sishida asosiy omil bo„lib xizmat qilgan.
Yurtimizda urbanizatsiyaning mazkur holatda shakllanishiga quyidagilar sabab
bo„lgan:
- asosan qazib chiqaruvchi sanoatga yo„naltirilgan yirik investitsiya loyihalari
shaharlar sanoatlashuviga ijobiy ta'sir ko„rsatgani yo„q;
- qishloq aholisi harakatchanligining pastligi va tashqi mehnat migratsiya
darajasining yuqoriligi;
- shaharlarni kompleks va barqaror rivojlantirishga yo„naltirilgan maqsadli
urbanizatsiya siyosatining mavjud emasligi;
- shaharsozlik sohasida ishlab chiqilayotgan hujjatlar va me'yoriy-huquqiy
bazaning zamon talablariga mos kelmasligi;
- sanoat va infratuzilma ob'yektlari barqaror rivojlanishini ta'minlash uchun
mahalliy
moliyaviy
resurslar
va
shahar
hokimliklari
vakolatlarining
cheklanganligi;
- iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida yuqori malakali mutaxassislar va
ishchilarning yetishmasligi;
- har bir shahar bo„yicha uzoq muddatli ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish
strategiyalarining mavjud emasligi;
- mahalliy hokimiyat organlari tomonidan shahar aholisining talab va
ehtiyojlarining e'tiborga olinmasligi.
- investitsiya loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish chog„ida alohida toifadagi
shaharlar uchun xos bo„lgan xususiyatlarni yetarlicha hisobga olinmasligi;
- shaharlar, ayniqsa katta va yirik shaharlar aholisi sonini hisobga olish bo„yicha
statistik hisobotlarda xatoliklarning mavjudligi va h.k.
Barqaror
rivojlanishni
ta'minlashning
yangi
omili
sifatida
mavjud
nomutanosibliklar va tizimli muammolarni bartaraf etish, urbanizatsiya
jarayonlarini faollashtirish maqsadida O„zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev o„zining 2018 yil 28 dekabrdagi Oliy Majlisga
murojaatnomasida mamlakatimizda urbanizatsiya darajasini 2030-yilgacha 60
foizga yetkazish vazifasini strategik maqsad sifatida belgilab berdilar. Ushbu
vazifani bajarish uchun mamlakatda davlat tomonidan urbanizatsiyani maqsadli
tartibga solish va shaharlarni kompleks rivojlantirish bo„yicha asosiy yo„nalishlar
va kompleks chora-tadbirlarni ko„zda tutuvchi O„zbekiston Respublikasi
Prezidentining “Urbanizatsiya jarayonlarini tubdan takomillashtirish chora-
tadbirlari to„g„risida”gi Farmoni qabul qilindi (2019-yil 10-yanvar).
Mutlaqo yangi uy-joy siyosatini amalga oshirish asosida urbanizatsiya
jarayonlarini faollashtirish, bunda aholi punktlarining muhandislik, transport va
ijtimoiy infratuzilmalar bilan ta'minlanganligiga e'tibor qaratish; jismoniy va
yuridik shaxslar uchun turar joy va noturar joy bino va inshootlar ostidagi yer
uchastkalariga egalik qilish huquqini amalga oshirishni kafolatlash, yer
uchastkalarini fuqarolik muomalasiga kiritish uchun shart-sharoitlar yaratish;
migratsiya jarayonlarini ma'muriy tartibga solish tizimini takomillashtirish yo„li
bilan aholining qishloq joylardan shaharlarga erkin harakatlanishi uchun shart-
sharoitlar yaratish; aglomeratsiyalarning afzalliklaridan foydalanishni nazarda
tutgan holda o„rta shaharlarni, shu jumladan, tuman markazlarini boshqarishda
ilg„or xalqaro tajribani keng joriy etish; yo„ldosh-shaharlar tarmog„ini
kengaytirish, yirik shaharlarning markaziy qismida sanoat va boshqa zonalar
hududlarini qisqartirgan holda ishbilarmonlik va xizmat ko„rsatish zonalari
hududlarini kengaytirish urbanizatsiya jarayonlarini takomillashtirishning asosiy
yo„nalishlari sifatida qayd etildi.
Tabiiyki, urbanizatsiya siyosatini samarali qo„llash uchun uning aniq mexanizmlari
va amalga oshirish yo„llari ishlab chiqilishi zarur. Bunda eng avvalo, ushbu
yo„nalishda yangi me'yoriy-huquqiy hujjatlarni (“Noqishloq xo„jalik ahamiyatidagi
yer uchastkalarini xususiylashtirish to„g„risida”gi Qonun loyihasi) ishlab chiqish
hamda Yer, Shaharsozlik, Uy-joy Kodekslari va boshqa mavjud qonun hujjatlariga
tegishli o„zgartirishlar kiritish orqali amalga oshiriladi.
Yer uchastkalarini xususiylashtirish jarayonining ijtimoiy-siyosiy ahamiyatini va
o„ziga xos murakkabliklarini e'tiborga olib, bu jarayonlarni tartibga soluvchi
me'yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va ular hukumat tomonidan
qabul qilinishidan avval umumxalq muhokamasiga qo„yish ko„zda tutilgan. Shu
o„rinda bir muhim jihatni e'tiborga olmoq zarur bo„ladi. Buni shoshma-shosharlik
bilan qilib bo„lmaydi, yetti marta o„lchab bir marta kesish kerak. Qaror qabul
qilingunga qadar, bino va inshootlar ostidagi hamda ularga yaqin joylashgan yer
uchastkalarining bozor qiymatini aniqlash va xususiylashtirish tartibi to„g„risidagi
xorijiy davlatlar tajribasini chuqur o„rganish va tahlil qilish lozim bo„ladi.
Faol urbanizatsiya siyosatini amalga oshirish maqsadida quyidagi asosiy tashkiliy-
iqtisodiy mexanizmlardan foydalanish ko„zda tutilgan:
- O„zbekiston Respublikasining 2030-yilga qadar urbanizatsiya Konsepsiyasini
ishlab chiqish;
- strategik rejalashtirish, mamlakat, mintaqalar va shaharlarning uzoq muddatli
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish prognozlari, aholini joylashtirishning Bosh sxemasi,
infratuzilma ob'yektlarini joylashtirish va rivojlantirish Sxemalari, shaharlarning
bosh rejalariga oid hujjatlar to„plamini yagona tizim sifatida ishlab chiqish;
- urbanizatsiyani tartibga solish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish,
alohida yo„nalishlar bo„yicha shaharlarning kompleks rivojlanishiga mas'ul turli
vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat organlari, jumladan ilmiy va loyiha-tadqiqot
ta'minoti bo„yicha faoliyatni muvofiqlashtirish maqsadida O„zbekiston
Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzurida urbanizatsiya agentligini
tashkil etish;
- urbanizatsiya jarayonlarida yetakchilik bo„ladigan istiqbolli qishloq aholi
punktlari, shahar posyolkalari va kichik shaharlarni (xatlab) hamda mintaqalar
iqtisodiyoti barqaror rivojlanishida o„sish nuqtalari bo„la oladigan o„rta va yirik
shaharlar aniqlash;
- urbanizatsiya jarayonlari uy-joy qurilishi bilan bog„liq bo„lishi bilan birga,
raqamli texnologiyalarni qo„llagan holda shaharlarni industrial-innovatsion
rivojlantirishga e'tibor qaratiladi, shaharlarda sanoat korxonalarini ularning
salohiyatidan kelib chiqib oqilona joylashtirish, alohida toifadagi shaharlar
kesimida investitsiya dasturlari va loyihalar aniqlashtirish;
- shahar aglomeratsiyalari shakllanishini tartibga solishga yo„naltirilgan Toshkent
shahri, viloyat markazlari atrofida yo„ldosh-shaharlarni barpo etish mo„ljallangan;
- eng istiqbolli shaharlarga - iqtisodiy rivojlanishning yetakchisi mavqeini berish
va ular uchun ishlab chiqarish va ijtimoiy ob'yektlarni joylashtirish uchun qulay
investitsiya muhiti va shart-sharoitlarni yaratish, yer uchastkalari bozorini
shakllantirish, maqsadli moliya mablag„larini yo„naltirish;
- shaharlar barqaror rivojlanishini ta'minlash maqsadida mavjud tabiiy-iqtisodiy
salohiyatdan, byudjet va byudjetdan tashqari manbalardan hamda yangi tashkil
etilgan urbanizatsiya jamg„armasi mablag„laridan samarali foydalanish evaziga
shahar hokimliklari mustaqilligi va mas'uliyatini ta'minlash chora-tadbirlarini
ko„rish;
- urbanizatsiya jarayonlarini faollashtirish maqsadida mavjud va tashkil etish
ko„zda tutilayotgan erkin iqtisodiy zonalar, ayniqsa kichik sanoat zonalari
imkoniyatlaridan samarali foydalanish;
- xalqaro standartlar va reytinglar bilan uyg„unlashtirgan holda shahar aholisi
sonining statistik hisobini yuritishni takomillashtirish kabilar.
Umuman, O„zbekistonda urbanizatsiya jarayonlarini faollashtirish iqtisodiy
rivojlanishning yangi manbalari va imkoniyatlarini ochib beradi, aholi turmush
sharoitining sezilarli darajada yaxshilanishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |