Kukun materiallari tayyorlash. Ma’lumki, turli shaklli va o‘lchamli metallar kukunlarini metallurgiya zavodlarida va kombinatlarda
mexanik, kimyoviy va fizik-kimyoviy usullarda ko‘plab tayyorlanadi.
Turli metallardan mexanik usulda kukunlar tayyorlashda shar tegirmonlardan foydalaniladi. Bunda shar tegirmon barabaniga cho‘yan, po‘lat
yoki qattiq qotishmalar sharlari va kukunga aylantiriladigan qirindilar, mayda material bo‘laklari kiritilib, baraban qopqog‘i berkitiladida, uni o‘z o‘qi atrofida minugiga 3000 martagacha aylantiriladi. Bunda barabandagi sharchalar materialga urilib uni maydalaydi. Xuddi shu maqsadda tebranadigan tegirmonlardan ham foydalaniladi. Metall oksidlaridan metallarni kimyoviy va fizika-kimyoviy usullarda qaytarganda vodorod, uglerod ikki oksidi gazlari (N2,SO ) dan foydalanilsa, tuz eritmalaridan ajratishda esa elektroliz usulidan foydalaniladi.
Metall kukunlardan detallar tayyorlashda detallar xarakteriga ko‘ra
quyidagi usullardan foydalaniladi.
1. Sovuqlayin presslash. Bu usulda press-qolipga ma’lum tarkibli
va mikdordagi kukun material aralashmasi kiritilib, uni press puansoni bilan ma’lum bosimda presslanadi (60-rasm, a). Bunda kukun zarrachalararo kontakt ortib, g‘ovaklik kamayib, deformatsiyalana boradi va kutilgan shaklli buyumga o‘tadi. Buyumni puxtalash uchun u termik ishlanadi. Bunda zarrachalarning mexanik bog‘lanishi, elektrostatik kuchlar tortilishi va ishqalanish jarayonining borishi hisobiga puxtalanadi. Shuni aytish joizki, presslash bosimi ortgan sari zagotovka puxtaligi ham ortadi. Lekin kukunni press-qolip devoriga ishqalanish kuchi ta’sirida olinuvchi zagotovka bo‘yi bo‘yicha bosim notekis taqsimlanadi. Shu boisdan zagotovka puxtaligi va g‘ovakligi bo‘yi bo‘yicha turlicha bo‘ladi. Oddiy shaklli, bo‘yining diametriga nisbati birdan kichik (l/D < 1) bo‘lgan silindrik (vtulka xildagi) zagotovkalar, shuningdek, tashqi diametrining devor qalinligiga nisbati uchdan kichik (D /t < 3) bo‘lganda bir tomonlama presslash usulida olinadi.
Bunda bosim 600—2000 kgk/mm2 oralig‘ida bo‘ladi. Murakkab shaklli zagotovkalarni olishda ikki tomonlama presslash usulidan foydalaniladi. Bunda press-qolipga tegishli to‘kma kukun material kiritilgach, gidropress puanson bilan dastlabki ustki bosim beriladi.
15.1-rasm. Oddiy shakldagi metallokeramik buyumlarni yopiq pressformada presslash sxemasi:
a — bir tom onlam a presslash ; b — ikki tom onlam a presslash ;
1— puanson; 2 — pressforma; 3 — shixta
So‘ngra gidropress to‘xtatilib, press-qolip presslash ustki va pastki puanson bilan olib boriladi (60-rasm, b). Bu holda tekis zichlikli zagotovka olinib, zaruriy bosim 30—40% ga kamayadi. Yuqoridagi ma’lumotlardan ma’lumki, presslash bosimi olinuvchi zagotovka shakliga, zichligiga, presslash usuliga va boshqa ko‘rsatkichlarga bog‘liq. Shuni ham aytish joizki, presslash jarayonida kukun zarrachalari elastik va plastik deformatsiyaga berilishi sababli deyarli kuchlanish zagotovkada bo‘ladi. Shu boisdan buyum press-qolipdan olinganda elastik deformatsiya ta’siri tufayli o‘lchamlari birmuncha ortadi.
2. Qizdirilgan holatda presslash. Bu usulda press-qolipga kiritilgan kukunni press-qolipni bo‘shliq shakliga o‘tishi va termik
ishlanishi bilan birga olib boriladi. Bunda presslash temperaturasi
asosiy kukunning absolyut suyuqlanish temperaturasining 0,7—0,9
ulushiga teng olinadi. Shu boisdan jarayon sovuqlayin presslab buyum
olishga qaraganda tezroq va presslash bosimi pastroq bo‘ladi. Bu usulda
olingan buyum puxtaligi, zichligi va strukturasining bir xilligi
bilan ajraladi.
Bu usuldagi press-qolip materiali ish sharoitiga chidamli, puxta
bo‘lishi bilan birga kukun bilan reaksiyaga kirishmaydigan va arzonroq materialdan tayyorlanadi. Shuni ham qayd etish zarurki, olingan buyumlar va detallar xossasi va sifati (keng ma’noda) kukun materiallar xili, shakli, donadorligidan tashqari presslash bosimiga, termik ishlovlar rejimiga
va uzil-kesil ishlovlar xarakteriga xam bog‘liq bo‘ladi.
15.2. Gidrostatik presslash. Prokatlash.
Kukun materiallaridan olingan detallar shartli ravishda quyidagicha markalanadi: masalan, JGr1-20PF ; bu yerda J - temir kukuni, 1% grafit, g‘ovakligi 20% bo‘lib, strukturasi perlit bilan ferritdan iborat bo‘ladi. Yoki JGrN7D2—6,8, bu yerda asosi temir, 1% grafit, 7% N i, 2% Si bo‘lib,
Zichligi 6,8 g/sm3 bo‘ladi. Ayniqsa, keyingi yillarda massasi 500 kg gacha va undan ortik, bo‘lgan zagotovkalar olishda xar tomonlama bosim bilan presslash usulidan foydalanilmokda. Bu holda bosimning bir tekisda berilishi, tashqi ishqalanishining yo‘kligi sababli, zaruriy zichlikdagi zagotovkalar olishga erishilmokda.
Bu ishlov usullariga quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
1. Gidrostatik. Bunda kukun material elastik qobiqqa kiritilgach, zaruriy bosim moy, glitserin yoki suv orqali xar a bir tekisda beriladi.
2. Press-qolipga kiritilgan kukun materialga parafin, rezinali
qolip devorli elastik qobiq orqali xar tomonlama bir tekisda zaruriy
bosim beriladi.
3. Metall press qolipga kiritilgan kukun materialga zaruriy bosim
inert gaz, suyuq metall orqali beriladi. Shuningdek, kukun materiallarni prokatlash usuli bilan ham turli xil zagotovkalar (chiviqlar, polosalar va turli kesimlilar) olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |