15-MAVZU:
Kompyuter tarmoqlari va ularning turlari. Internet tarmog’i va uning tashkil
etilishi. Mobil aloqa texnologiyalari. Internet xizmatlari
.
Darsning maqsadi: Talabalarga
kompyuter tarmoqlarida ishlashni o’rgatish
.
Darsning metodik ta'minoti: ma'ruza matni va prezentasiya
Reja:
1. Kompyuter tarmoqlari haqida tushuncha.
2. Lokal va Global kompyuter tarmoqlari.
3. Internet xalqaro kompyuter tarmog‘i.
4. Internetga ulanish usullari.
5. Internetni ishga tushirish va unda ishlash.
6. Internetda ma’lumotlar topish va undan foydalanish.
Foydalanuvchining ixtiyorida ikkita va undan ortiq kompyuter mavjud bo‘lsa, ular
o‘rtasida ma’lumot almashtirish muammosi paydo bo‘ladi. Bunday almashuvni «axborot
tashuvchilari» deb ataluvchi disketalar, kompakt-disklar yordamida amalga oshirsa bo‘ladi.
Ammo bu jarayonni inson ishtirokisiz, kompyuterlar o‘rtasida kabelli aloqani ta’minlab amalga
oshirish afzalrokdir.
Agar shu tariqa ikkita yaqin joylashgan kompoterni bir-biri bilan ulansa hamda axborot
uzatish uchun dastur tuzilsa, oddiy kompyuter tarmog‘i barpo bo‘ladi.
Bir necha kompyuter tarmoqqa birlashtirish qoidalari ikkita kompyuterni ulash
qoidalaridan farq qilmaydi. Kompoterlar o‘zaro aloqa tizimlari (liniyalari) yordamida ulanishi
kerak. Bir-biridan uzoqda joylashgan kompyuterlarni ulash uchun qo‘shimcha maxsus elektron
qurilmalardan (modem, tarmoq kartalari va h.k.) foydalaniladi, undan tashqari, kompyuterlar
tarmoqda birgalikda ishlashlarini ta’minlovchi dasturlar urnatiladi.
Demak, kompyuter tarmog‘i - bu kompyuterlar, ular orasidagi aloqa qurilmalari hamda
axborot almashinuvini ta’minlovchi dasturlar majmuidir.
Hozirgi vaqtda kompyuter tarmoqlarida ma’lum bo‘lgan aloqa tizmalarining barchasi:
tezligi unchalik katta bo‘lmagan telefon tizmalaridan boshlab, to yuqori tezlikka ega bo‘lgan
raqamli yo‘ldosh kanallaridan foydalaniladi.
-Kompyuter tarmog‘iga ulanish usullarining eng ommabopi ( modem yordamida telefon
orqali axborot uzatishdir. Modem kompyuterda qo‘llanuvchi raqam signallarini telefon
tizmalarida qo‘llanuvchi signallarga va aksincha, telefon signallarini kompyuter signallariga
o‘giruvchi qurilmadir.
Telefon rakamini terganimizda, ATSda mijoz (abonent) o‘rtasida aloqa o‘rnatish uchun
aloqa tizimlari ma’lum usulda bir biriga ulanadi, ya‘ni kommutatsiya qilinadi. Shuning uchun
telefon tizimlarini ko‘pincha kommutatsion tizimlar deb atashadi. Bunday tizimlar yordamida
aloqa ma’lum vaqtga: ikki inson telefonda suhbatlashishi yoki kompyuterlar o‘zaro axborot
uzatishi uchun zarur bo‘lgan vaqtga o‘rnatiladi. Kommutatsion tizimlardan farqli o‘laroq ajratib
berilgan tizimlar kompyuterlarni doimiy ulab turadi. Ajratib berilgan tizim kabellar yoki
radioaloqa yordamida yaratilishi mumkin. Ular axborot almashuvini juda katta teelikda amalga
oshirish imkonini beradi.
Kompyuter tarmoqlarining lokal va global turlari ma’lum.
Bir-biridan uzoq bo‘lmagan masofada joylashgan kompyuterlarni birlashtiruvchi
tarmoq - lokal tarmoq deb aytiladi.
Kompyuterlarni lokal tarmoqqa birlashtirish uchun:
- tarmoqka ulanuvchi hap bir kompyuterning lokal tarmoqdan axborot olishi va
ma’lumotlarni tarmoqqa uzatishini ta’minlaydigan tarmoq kartasi bilan jihozlash kerak;
- kompyuterlarni kabellar vositasida bir-biri bilan ulab chiqish kerak;
Ba’zi turdagi tarmoqlarda kompyuterlar bir-biriga ketma-ket ulanadi (xuddi archa
chiroqlaridagi lampochkalardek), ba’zilarida esa, kabellar ulanishi maxsus kontsentrator-qurilma
(yoki HUB) orqali amalga oshiriladi.
Kompyuter tarmog‘i yaxshi ishlashi uchun aksariyat hollarda maxsus kompyuter-server
ajratiladi. Serverlar bir nechta bo‘lishi ham mumkin. Serverlar diskida ko‘pchilik ishlatadigan
dasturlar, ma’lumotlar bazasi va h.k. joylashadi,
Kompyuter tarmog‘idagi boshqa kompyuterlar ishchi stantsiyalar deb ataladi.
Agarda tarmoqqa ulangan kompyuterlar bir-biridan ancha uzoq masofada, masalan, turli
shaharlarda joylashgan bo‘lsa, bunday tarmoq ularni keng qamrovli kompyuter tarmoqlari deb
ataladi. Aksariyat hollarda keng qamrovli tarmoqqa alohida kompyuterlar emas, balki lokal
kompyuter tarmoqlari ulanadi.
Dunyo miqyosidagi keng qamrovli kompyuter tarmoqlar global kompyuter
tarmoqlari deyiladi.
Internet - ma’lum bo‘lgan global kompyuter tarmoqlarining eng yirigidir,
Internet - bu uzatgichlar, telefon tizmalari radio va kosmik yuldosh orkali plyonka
yordamida uzaro ulangan millionlab kompyuterlardir. Ularning bir kismi katta va salmoqli,
xuddi IBM korporativ tarmog‘i kabi, kompyuter tarmoqlariga birlashgan. Boshqalari -
universitet, litsey, maktab va xususiy uylarda joylashgan shaxsiy kompyuterlardir.
INTERNET xalqaro tarmog‘i
Internet (International Network – xalqaro kompyuter tarmog‘i)-butun dunyoni kamrab
olgan global kompyuter tarmog‘idir. hozirgi kunda Internet dunyoning 150 dan ortiq
mamlakatlarida 100 millionlab abonentlarga ega. Har oyda tarmoq miqdori 5-10% ortib
bormoqda. Internet dun¸dagi turli xil ma’lumotga oid axborot tarmoqlari o‘rtasidagi o‘zaro
aloqani amalga oshiruvchi yadroni tashkil qiladi.
Internet qachonlardir faqat tadqiqot va o‘quv guruhlarigagina xizmat qilgan bo‘lsa, hozirgi
kunga kelib, u ishlab chiqarish doiralari orasida keng tarqalmokda. Kompaniyalarni Internet
tarmog‘ining tezkorligi, arzon, keng qamrovdagi aloqa, hamkorlik ishlaridagi qulaylik,
hammaning ishlashi uchun imkon beruvchi dastur hamda ma’lumotlarning noyob bazasi ekanligi
o‘ziga tortmoqda. Arzon xizmat narxi evaziga (faqat Internet tarmog‘idan yoki telefondan
foydalanganliklari
uchun
oyma-oy
to‘lanuvchi doimiy to‘lovni nazarda tutmasa)
foydalanuvchilar AQSH, Kanada, Avstraliya va boshqa ko‘pgina Yevropa mamlakatlarining
tijorat yoki notijorat axborot xizmatlariga yo‘l topadilar. Internet ning erkin kiriladigan arxivida
insoniyat faoliyatining barcha jabhalarini qamrab oladigan axborotlarga, yangi ilmiy
yangiliklardan tortib, to ertangi kungi ob-havo ma’lumotigacha bilib olish mumkin.
Ayniqsa, kommunikatsiyaga muhtoj shaxslar, tashkilot, muassasalar uchun ko‘pincha
telefon orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqaga nisbatan Internet infrastrukturasidan foydalanish
anchagina arzon tushadi. Bu narsa, ayniksa, chet ellarda filiallari mavjud bo‘lgan firmalar uchun
qulaydir, chunki Internet ning konfidentsial noyob aloqalari butun dunyo bo‘yicha imkoniyatga
ega.
SHu bilan birga yana bir narsani aytish lozimki, yaqindan beri bosma nashrlarni kompyuter
tarmog‘i kanali orqali tarqatish boshlandi. Tez-tez bizga kerakli gazeta va jurnallarimizning
oxirgi ma’lumotlarini WWW so‘zlaridan boshlangan manzilda ko‘rish va uni shu manzildan
nusxasini ko‘rib olish mumkin degan so‘zlar ko‘proq uchrab turibdi. Shu bilan birga elektron
nashrlar tushunchalarining qamrovi oyma-oy kengayib bormoqda. Yangi-yangi elektron usulda
chop etilgan jurnallar paydo bo‘lmoqda.
INTERNET ga ulanish
Internet bilan ishlash uchun biz ishlayotgan kompyuter avalom bor internet tarmog‘iga
ulangan bo‘lishi kerak. Ushbu qismda internetga ulanish usullari ko‘riladi.
Internetga ulanish uchun kuyidagilar mavjud bo‘lishi zarur:
Tashqi modem uchun ketma – ket portga, ichki modem uchun uni qo‘shish uchun joyga
ega bo‘lgan kompyuter;
telefon;modem (ichki yoki tashqi);
kommunikatsion dasturlar; SLIP yoki PPP kaydnomalar dastur ta’minoti;
Internet provayderda (Internet xizmati ko‘rsatuvchi tashkilotda) almashish kaydnomasi
(SLIP yoki PPP); ro‘yxatdan o‘tkazish.
Internetga telefon orqali ulanish. Internetga ulanish usullari ko‘p va ular takomillashib
turadi. Telefon orqali internet bilan ishlashni ikki yo‘li bor. Kommutatsiya qilinuvchi kanalga
terminal orqali kirish (conventional dialup, shell account) va Internet qaydnomasiga
kommutatsiya orqali kirish (IP over dial – up). Ba’zi provayderlar terminal kirishni taklif qilsa,
boshqa provayderlar ikkalasini ham taklif qilishi mumkin. Terminal kirishda foydalanuvchi
kompyuteri go‘yoki terminaldek (ma’lumotlarni kompyuterga kirituvchi qurilma) bo‘lib,
uzoqdagi kompyuter (Internet orqali ulangan) bo‘lsa, sizning kompyuteringizday bo‘ladi.
Internet qaydnomasiga kommutatsiya qilingan kirishda foydalanuvchi kompyuteri RRR (Point to
Point Protocol – nuqtama–nuqta qaydnoma) qaydnomasining qo‘shimcha imkoniyatidan
foydalaniladi. Internetga ulanishning ikkala usuli birgalikda ishlasa, u albatta yaxshi natija
beradi.
Terminal kirishda foydalunuvchi o‘z kompyuteridagi modem va kommunikatsiya
dasturlari (terminalni emmulyatsiya kiluvchi) yordamida o‘z provayderiga uy telefonidan
qo‘ng‘iroq qilinadi va uzoqlashgan kompyuter modemi javobidan so‘ng u bilan ulanadi. Bu
holda foydalanuvchi kompyuteri endi uzoqlashgan kompyuterga ulangan terminaldek ishlaydi va
uzoqdagi kompyuter bilan bog‘lanib, o‘z nomingiz (log bilan) va parolingizni kiritasiz.
Internetga kirgandan so‘ng undan butun dunyoga oid sizni qiziqtirgan barcha masalalar bo‘yicha
sayohat qilish imkoniyati paydo bo‘ladi.
Kommutatsiya yo’llari orqali IP bog‘lanishda foydalanuvchi modemi provayder
kompyuteriga bog‘lanadi (telefon orqali). Bunday bog‘lanishning mohiyati shundan iboratki, bu
holda TSR/IP qaydnomasi formatida maxsus qaydnoma asosida ma’lumotlar almashishni
ta’minlovchi dastur ta’minotidan foydalanadi. Uzoqlashgan kompyuter javob bergandan keyin
bu dastur ta’minot foydalanuvchi haqidagi ma’lumotlarni unga jo‘natadi. Ro‘yxatdan o‘tish
muvaffaqiyatli kechsa, unda bemalol ish boshlash mumkin.
Internet bilan ishlash
HTML va boshqa dastur vositalari yordamida tayyorlangan Web saxifalarida
foydalanuvchiga tushunarli ko‘rinishda tasvirlash uchun maxsus dasturlar ishlab chiqilgan
bo‘lib, bunday dasturlar brauzer dasturlar deb ataladi. Hozirda bir necha shunday dasturlar ishlab
chiqilgan bo‘lib, ular tabiiy ravishda hujjatlarni ko‘rishni turlicha tahrir qiladilar.
Brauzer dasturlar orasida keng tarqalgan Microsoft Internet Explorer va Netscape
Navigator dasturlaridir. Birinchi dastur tekinga berilsa (albatta, Windows litsenzion dastursi
mavjud bo‘lsa), ikkinchisi tijorat shaklida (pulli) taratiladigan dasturdir. Biz asosan Microsoft
Internet Explorerga to‘xtaymiz, chunki hozirda u Web sahifalarni ko‘rishning yuksak quroliga
aylandi. U Windows da brauzer emas, hatto shaxrlovchi deb ham yuritiladi. Buning asosiy
sababi, HTML va boshqa dastur vositalaridan (Java, java Script) foydalanib tuzilgan Web
sahifalarini uning foydalanuvchiga tushunarli ko‘rinishda sharxlab berishidadir. Shunday qilib,
brauzerning asosiy vazifasi URL adreslarda joylashgan Web sahifalarni kompyuterga yuklash va
uni foydalanuvchiga tushunarli ko‘rinishda monitor ekranida ko‘rsatib berishdir. Biz quyida
Microsoft Internet Explorer brauzeriga to‘xtaymiz.
Internet bilan ishlash uchun Internet Explorer dasturi ishga tushiriladi. Internetning
Explorerda ishlashi uchun Windowsning porogramma menyusidan yoki bevosita ish stolidan
kompyuterga yuklanadi. Natijada ekranda quyidagi Microsoft Internet Explorer oynasi paydo
bo‘ladi.
INTERNETning ba’zi foydali manzillari ro‘yxati
http://www.w3.org
- internetning rasmiy hujjatlar saqlanadigan serveri, hususan, siz bu
yerda HTML tilining amaldagi andozalarini va uning yangi namuna versiyalari bayonini, internet
ishi masalalari muhokama qilingan konferentsiya (anjuman)larga murojaatlarni, global
kompyuter tarmog‘ining boshqa manbalariga murojaatlarini topasiz.
http://www.tsau.uz
. Bu Toshkent Davlat Agrar Universiteti sayti bo‘lib, undan universitet
haqida to‘liq ma’lumot olishingiz mumkin.
http://www.machaon.ru/digest/
. Agar siz ingliz tilini yaxshi bilmasangiz, bu sahifada
internetda ishlash haqidagi rus tilida yozilgan hujjatlarga murojaatlarni topasiz.
http://web.canlink.com/helpdesk/window.htmlда
ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning
WWW adreslar ko‘rsatilgan. HTML muharrirlarining ro‘yxati. Bunda erkin tarqatiladigan
dasturlarni ko‘rsatilgan serverlardan yuklab olishingiz mumkin.
http://www2.imagiware.com/RxHTML/htdocs/single.html
- HTML doktori. HTML hujjat
tuzilishi, jadvallar, formatlarning to‘g‘riligi, murojaatlarning haqiqiyligini tekshiradi. Masalan:
rasmga mavjud bo‘lmagan murojaat ishlatiladi yoki ochiluvchi va yopiluvchi teglar soni teng
emas. Bu holda dastur xato qilingan hujjat satrining nomerini ma’lum qiladi.
Http://www.chat.ru
sahifa o‘lchami 3 mb gacha bo‘lishi mumkin. Pochta qutisi havola
qilinadi.
Http://www.real.com/. Bu server Internet orqali “jonli” va video uzatish muammolariga
bagishlangan. Tarmoq orqali radio eshitishni va video ko‘rishni xoxlovchilar uchun juda ko‘p
tavsiyalarni o‘z ichiga olgan.
IP protokoli o‘z vazifasini bajarishi uchun axborotlar almashinuvida ishtirok etuvchi
kompyuterlarga nomerlar yoki adreslar berish kerak .
TSR/IR tarmog‘iga ulangan har bir kompyuter o‘zining IR adresiga ega bo‘lib, u 32
razryadli ikkilik son bilan ifodalanadi. Masalan, 01001011001001001011010010100101.
Bunday ko‘rinishdagi adresni albatta yodda saqlash qiyin. Shu boisdan IP protokolida
adreslarning har biri 8 baytdan iborat bo‘gan 4ta blokka bo‘linib o‘nli sanoq sistemasidagi son
ko‘rinishida yoziladi. Barcha baytlar bir-biridan nuqtalar bilan ajratiladi, masalan, 123.45.67.89,
195.158.8.173, 192.168.0.1,196.201.90.0 204.1.1.23 va h.k. Dastlabki ikkita blok tarmoq
identifikatorini, keyingi ikki blok esa tugun identifikatorini anglatadi. Masalan, ushbu
195.158.8.173 adresda 195.158 tarmoq identifikatorini, 8.173 esa tugun identifikatorini bildiradi.
Tarmoq identifikatori
Tugun identifikatori
Network ID: 195.158
Host ID: 8.173
IP adresdagi dastlabki blok adres sinfini anglatadi. Adres sinflari esa uchta bo‘ladi: A, V va
C.
Adres
sinfi
Birinchi
blok qiymati
Mumkin bo‘gan
tarmoqlarSoni
Mumkin bo‘lgan tugunlar
soni
A sinf
V sinf
S sinf
1-126
128-191
192-223
126
16384
2 097 152
16 777 214
65 534
254
Odatda kichik korxonalarga S sinfdagi adreslar beriladi. Korxona lokal tarmog‘iga 254
donagacha kompyuterlarni o‘zaro bog‘lash mumkin.
Internetdagi asosiy protokollar va ularning qo‘llanilishi
Internet orqali taqdim etiladigan barcha xizmatlar standart protokollar orqali amalga
oshiriladi va foydalaniladigan kompyuterlarga bog‘liq emas, albatta. Protokollar texnologiyalar
orasidagi mantiqiy ko‘prik bo‘lib kommunikatsiyaning ko‘plab elementlarini boshqaradi.
Internet protokollari haqidagi axborotni RFC (Request For Comment)da topish mumkin. RFC bu
fayl ko‘rinishida taqdim etilgan Internet hujjatidir.
Odatda internet tizimidagi barcha prokollar "mijoz-server" sxemasi bo‘yicha ishlaydi.
Server - bu ma’lum bir tarmoqda bir guruh kompyuterlar yoki dasturlarga markazlashgan holda
xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan kompyuter va uning dasturiy ta’minotidir. Agar server
foydalanuvchilar kompyuterlariga kirishlarni, ularga kerakli fayllarni olish va uzatish imkonini
bersa, unda u fayl-server vazifasini bajaradi. Bitta server-kompyuterda bir vaqtning o‘zida bir
necha xizmatlarni ko‘rsatish imkoniyati bo‘lishi mumkin, masalan, WWW, FTP, E-mail va
Proxy serverlar. Mijoz - bu server resurslaridan foydalanuvchi kompyuter yoki dasturdir.
Serverga uning dasturiy imkoniyatlaridan kelib chiqib bir vaqtning o‘zida bir nechta mijoz
bog‘lanib, undan ma’lumot almashinish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin. Internet tizimida
asosan quyidagi protokollar keng qo‘llaniladi:
Telnet – masofada joylashgan kompyuter bilan ulanib, o‘zaro axborot almashinish
protokoli:
FTP – fayllarni uzatish va qabul qilish xizmati:
HTTP (Hypertext Transfer Protocol) –gipermatnlarni uzatish protokoli;
Gopher – matnli ma’lumotlarni qidirish va ko‘rish protokoli:
WAIS –(Wide –Area Information Servers) – ma’lumotlar omboridan axborotlarni qidirish
protokoli.
World Wide Web (WWW)- Gipermatn (matn, tovush, tasvir, video, animatsiya)
ko‘rinishdagi hujjatlarni izlash, ko‘rsatish protokoli.
Shu protokollar bilan yaqindan tanishib chiqaylik.
Telnet protokoli
Telnet bu terminalning emulyatsiya protokolidir. U orqali Internetga olisdan turib kirish
mumkin. Terminal emulyatsiyasi bu boshqa kompyuterga bog‘lanishni ta’minlovchi ish rejimi
bo‘lib, foydalaunvchilar boshqa kompyuter bilan uning terminali sifatida muloqotda bo‘ladi.
Ko‘p hollarda DEC firmasi tomonidan ishlab chiqilgan va UNIX operatsion tizimi uchun
mo‘ljallangan vt100 terminal emulyatsiyasidan foydalaniladi.
UNIX operatsion tizimida fayllarni boshqarish DOSdagi kabi kataloglar asosida amalga
oshiriladi.
Telnet dasturini foydalanuvchi Windows yoki Dos muhitidan ishga tushirishi mumkin.
Agar u Windowsda bo‘lsa, «Pusk» menyusi orqali komandalar satrida telnet komandani kiritishi
lozim; DOSda esa mazkur dastur yozilgan papkadan telnet.exe faylini ishga tushirishi kerak.
Telnet dasturiga kirgach foydalanuvchi bog‘lanmoqchi bo‘lgan xohlagan mashina nomini yoki
IP adresini ko‘rsatish lozim. Masalan, telnet well.cf.ca.us komandaga ko‘ra well.cf.ca.us
tugundagi server bilan bog‘lanish amalga oshadi. Olisdagi kompyuter foydalanuvchining
ro‘yxatga olingan nomini (Login) va parolini (Password) so‘raydi. Chunki telnet aloqani
o‘rnatish uchun foydalanuvchi ushbu olislashgan kompyuterda ro‘yxatga olingan bo‘lishi kerak.
Agar telnet komanda qatorida turib Telnet ning barcha komandalari haqida ma’lumot olish kerak
bo‘lsa, klaviatura orqali so‘roq (?) belgisini kiritishi lozim.
Telnet dasturiga ega bo‘lgan kompyuter lokal, aloqa o‘rnatatiladigan kompyuter esa
olislashgan (masofadagi) kompyuter deb hisoblanadi.
FTP protokoli
FTP protokoli internet tizimi orqali fayllarni jo‘natish va qabul qilish uchun maxsus
yaratilgan. Fayllar matn, tasvir, tovush, video va animatsiya yoki bajariladigan dasturlardan
iborat bo‘lishi mumkin. FTP uchun kerakli fayllar arxivlar deb ataluvchi fayllarni o‘z ichiga
olgan maxsus serverlarda bo‘ladi. Server arxividagi fayllar mavzulari bo‘yicha kategoriyalarga
ajratilgan bo‘ladi. FTP serverlarida foydalanuvchilar o‘zlari uchun kerakli bo‘lgan dasturlarni
ham topishlari mumkin. Bugungi kunda mijozlarning yaratgan WEB sahifalari asosan FTP
protokoli orqali uzatilib yangilanib boriladi. FTP protokollar foydalanuvchiga oddiy matnli yoki
grafik interfeysli ko‘rinishida xizmat ko‘rsata oladi. Matn ko‘rinishli FTP protokoli asosidagi
ish seansi quyida keltirilgan:
Matnli FTP protokolidan foydalanish uchun maxsus komandalarni bilish lozim, bu esa
mijozlardan ba’zi bilim va malakalarni talab qiladi.
Quyida FTP protoklida foydalaniladigan buyruqlardan na’munalar keltirilgan:
Buyruq
(komanda)
Tavsif
Ascii
Matnli fayllarni uzatish rejimiga o‘tish
Binary
Ikkilik kodlar ko‘rinishidagi fayllarni uzatish rejimiga o‘tish
Cd
Olisdagi kompyuterda papkaning yo‘lini almashtirish
Dir
Olisdagi kompyuterda joylashgan fayllar ro‘yxatini ko‘rish
Get
Olisdagi kompyuterdan mijoz kompyuteriga faylning nusxasini ko‘chirib
yozish
Help
FTP buyruqlari xaqida ma’lumot (yordam) olish
Mget
Olisdagi kompyuterdan mijoz kompyuteriga bir necha fayllar nusxasini
ko‘chirish.
Mijozlar foydalanishi qulay bo‘lishi uchun keyinrok grafik interfeysli protokollar ham
yaratilgan. Ulardan bugungi kunda ko‘plab mijozlar keng miqyosda foydalanishmoqda. Grafik
interfeysli protokolning ish seansi quyidagi rasmda keltirilgan:
HTTP protokoli
(Hypertext Transfer Protocol) –gipermatnlarni uzatish protokoli. U internet orqali WEB
sahifalarni uzatish uchun ishlab chiqilgan. HTTP protokoli WWW ning asosi bo‘lib hisoblanadi.
Brauzerlar interfeysi orqali mijozlar HTTP ning buyruqlarini berishadi. Berilgan buyruqqa
binoan brouzer WEB serveridan so‘ralgan resurslarni (sahifalarni) oladi. HTTP protokoliga
asoslangan internet resurslarining adreslari quyidagi ko‘rinishda bo‘lishi mumkin:
http://www.uzpak.uz
Gopher protokoli
Gopher – matnli ma’lumotlarni qidirish va ko‘rish protokoli. U 1991 yilda ishlab chiqilgan.
WWW protokolidan avval iyerarxik fayl strukturasidan axborotlarni olish uchun Gopher
protokolidan foydalanilgan. Bu protokol yordamida mijozlar bir sahifadan ikkinchisiga menyular
yordamida o‘tishgan. Gopher mijoz dasturi tekstli interfeysga ega bo‘lgan. Quyida Gopher
xizmatidagi axborot resursining adresi keltirilgan:
Gopher:// Gopher.tc.umn.edu
WAIS protokoli
WAIS – (Wide–Area Information Servers) – ma’lumotlar omboridan axborotlarni qidirish
protokoli. Bu protokol ma’lumotlar omboridan kerakli axborotlarni qidirish uchun yaratilgan.
WAIS axborot tizimi taqsimlangan ma’lumotlar omboridan tashkil topib, ular alohida serverlarda
joylashgan bo‘ladi. Ma’lumotlar haqidagi axborotlar shu serverlardagi kataloglarda yozib
qo‘yilgan bo‘ladi. Axborot resurslarini ko‘rish WAIS – mijoz dasturi yordamida amalga
oshiriladi. Kerakli ma’lumotni qidirish mijoz tomonidan kiritilgan kalit so‘z orqali amalga
oshiriladi. Kalit so‘z yordamida kerakli ma’lumotlar joylashgan ma’lumotlar ombori qidiriladi.
Qidiruv natijalari topilgan ma’lumotlarga murojaatlar ko‘rinishida chiqadi. Internetda WAIS
resurslari adresi quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi: WAIS://site.edu
WWW protokoli
WWW (World Wide Web) - gipermatn (matn, tovush, tasvir, video, animatsiya)
ko‘rinishdagi hujjatlarni izlash, ko‘rsatish proltokoli. Hozirgi kunda barcha mijozlar WWW
deganda internetni ko‘z oldiga keltirishadi, internet deganda esa WWW ni. Ular aslida bir xil
narsa emas. WWW – axborotlarni tasvirlash va almashinish tizimidir. Aynan shu WWW
yordamida dunyodagi barcha mijozlar global kompyuter tarmog‘i orqali barcha axborotlarni
ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. WWW xizmatini yaratilishida gipermatn texnologiyasini
taklif etilishi katta turtki bo‘lgan.
1965 yilda Teodor Nelson tomonidan taklif etilgan gipermatn texnologiyasi gipermatn
inqilobiga olib keldi. Van Dam boshchiligidagi bir guruh olimlar 1967 yilda matnlar uchun
gipermatn tahrirlovchisini yaratishdi. Nelson esa 1987 yil ma’lumotlarning matn, tasvir, tovush,
animatsiya, video axborot ko‘rinishida qayta ishlay oladigan va ularni mos qurilmalarda aks
ettira olishga imkon yaratib beradigan gipermatn mualliflik sistemasini yaratdi. Jenevaning
CERN ilmiy tekshirish institutida ishlovchi fizik olim Tim Bernes Li 1989 yil gipermatnga
asoslangan loyihani ishlab chiqib institut rahbariyatiga taqdim etdi. Bu loyiha barcha fizik
olimlarga Internet tarmog‘i orqali tadqiqot natijalarini o‘zaro almashish imkonini beradi.
Shunday qilib, Xalqaro axborot tarmog‘i World Wide Webga poydevor qo‘yildi. 1993 yil Mark
Andersen rahbarligida gipermatnlarni aks ettirish va qayta ishlashga mo‘ljallangan birinchi
Mosaic grafik Brauzeri ishlab chiqildi va u keyinchalik Netscape korporatsiyasiga o‘tib,
Netscape brauzerini yaratilishiga asos bo‘ldi. 90-yillar o‘rtalarida Internet Informatika fanidan
boshqa sohalarda ham qo‘llanila boshlandi. Web texnologiyasining yaratilishi dunyoda shaxsiy
kompyuterlarning egalari va kompaniyalar orasida interenetdan keng miqyosda foydalanilish
imkonini berdi. Dunyoda internetdan foydalanuvchilar sonining keskin ortib borishi quyidagi
muammolarni vujudga keltirdi: tarmoq kanallarining zo‘riqishi, axborotlarga birovlarning
tajovuzi va ularning o‘g‘irlanishi, axborotlarning xavfsizlik muammolari va boshqalar. 1981-
2000 yillar orasida internetdan foydalanuvchilar soni haqidagi statistik ma’lumotlari
quyidagicha:
1981 y Internet da 213 ta foydalanuvchi;
1983 y Internet da 562 ta foydalanuvchi;
1986 y 5089 ta foydalanuvchi;
1992 y 727000 foydalanuvchi;
1995 y 20-40 million foydalanuvchi;
2000 y 332 million foydalanuvchi;
2002 y 490 million foydalanuvchi.
Computer Industry Almanac Inc. kompaniyasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra 2005 yilda
dunyoda internetdan foydalanuvchilar soni 945 mln.tagacha, 2007 yilda esa 1 mlrd. 460 mln.
taga yetadi.
Internet – bu xalqaro global axborot tizimi bo‘lib, global adreslar fazosi bilan bog‘langan
va ular orasida ma’lum protokollar asosida axborot almashinib turish imkoniyatiga ega bo‘lgan
kommunikatsiya vositasi ekan. U butun dunyo kompyuterlarini o‘rgimchak uyi singari yagona
axborot aloqa tizimiga bog‘laydi va yer yuzidagi millionlab kompyuterlarni yagona axborot
manbaiga bog‘lanish imkoniyatini yaratib beradi. Axborot resursiga ega bo‘lgan manbalar
internet tizimi orqali bog‘lanishlari uchun ularning adreslari bo‘lishi lozim. Internet orqali
yaratib berilgan xizmatlar orasida World Wide Web (Jahon tartanak uyi) deb ataluvchi va o‘zida
Web-serverlar va Web saytlarni biriktiruvchi global tarmoq tizimi katta ahamiyat kasb etadi.
Web sahifalaridagi axborotlar gipermatn ko‘rinishida tashkil etilgan bo‘ladi. Gipermatn
ko‘rinishdagi ma’lumotlarda alohida rang bilan ajratilgan so‘zlarni sharhlovchi yoki unga
taaluqli bo‘lgan grafik yoki video ma’lumotli fayllar bilan bog‘lash mumkin. Odatda bunday
jarayonlarni amalga oshirish uchun gipermatn muharrir (HTML –Hyper Text Mark up
Language) laridan foydalaniladi.
Internet tizimi har bir professor o‘qituvchi, doktorant, aspirant, talaba va o‘quvchilar uchun
jahonning istalgan burchagidan o‘zlarini qiziqtirgan sohalari bo‘yicha ma’lumotlarni, kerakli
adabiyot va ilmiy maqolalarni qidirib topish va undan foydalanish imkoniyatini yaratadi. Bu
tizimning CHAT (ICQ) deb ataluvchi xizmati jahonning istalgan nuqtasidagi ham kasblar va
tanish bilishlar bilan bir vaqtning o‘zida interaktiv muloqot olib borish imkonini beradi. Bunday
jarayon mohiyatiga ko‘ra telefon aloqa tizimi orqali gaplashish jarayonidek bo‘lib, hamkasblar
o‘zaro axborotni, kompyuter klaviaturasi orqali matnlarni terib amalga oshiradi. Internetning
yana bir imkoniyatlaridan biri bu telekonferensiyalardir. Telekonferensiyalarning mavzulari va
uni muhokama etadigan masalalar oldindan e’lon qilinib, telekonferensiyaning chop etilgan
maqolalari dunyodagi barcha mutaxassislar tomonidan muhokama qilinadi. Odatda bunday
konferensiyalar eng dolzarb masalalar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Dunyoning nufuzli universitetlariga bormasdan o‘z yashash joyida turib o‘qish imkoniyati
faqat internet tizimida qoniqarli amalga oshadi. Bu o‘qish tizimi masofaviy ta’lim deb ataladi.
Albatta, buning uchun talabalar xorijiy tillardan birini mukammal bilishlari lozim.
Internetning imkoniyatlaridan unumli foydalanish uchun quyidagi texnik, dasturiy va
xizmat turlari bo‘lishi kerak:
Pentium-II yoki undan yuqori rusumli multimedia moslamalari bilan jihozlangan
kompyuter;
Internetga ulanish vositasi (Modem, tarmoq kartasi va h.k.);
Korxona yoki o‘quv yurtining barcha tuzilmalarini o‘zaro bog‘lovchi va axborot
almashinish imkonini beruvchi yagona lokal axborot tizimi – Intranet;
Internet xizmatini ko‘rsata oluvchi litsenziyaga ega bo‘lgan provayder tashkilot;
Bir nechta kompyuterlarni yagona kompyuterga ulab beruvchi va u orqali barcha
foydalanuvchilarga internet xizmatini ko‘rsatuvchi markaziy server va Proksi server tizimi;
Internet provayderidan ishlash uchun olingan vaqt (akkaunt);
Ushbu moslamalar va markazlarga ega bo‘lgan tashkilot xodimlari va o‘quv yurti talabalari
jahon axborot tizimidan o‘zlarini qiziqtirgan masalalar bo‘yicha bemalol va istagancha
ma’lumotlarni olishlari mumkin. Foydalanuvchining ehtiyojiga ko‘ra ma’lumotlarning quyidagi
turlaridan foydalanishi mumkin:
Matnlar;
Rasm, tasvir, diagramma va sxemalar;
Tovushlar;
Video tasvirlar;
Animatsiyalar
Axborotning barcha turlaridan foydalana olish uchun, albatta kompyuterda multimedia
moslamalari o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. Bular maxsus tovush kartalari, tovush karnayi, mikrofon
va kompakt diskni o‘quvchi qurilmalardir. Ushbu moslama va vositalar ayniqsa Internet tizimida
masofaviy o‘qishni istagan foydalanuvchilar uchun juda ham zarurdir.
Internetning asosiy tushunchalari
Internetra oid muhim bo'lgan ba'zi bir tushunchalar izoxini keltiramiz. DNS server DNS
server
Protokol: bu kompyuterlar orasidagi aloqa o'rnatilishida, ma'lumotlarni kabo'l qilish va
uzatishda foydalaniladigan signallar standartidir. Ya'ni kompyuterlar protokol yordamida biri -
biri bilan bog'lanadi. Protokol to'g'ri bo'lsagina, kompyuterlar urtasida aloqa o'rnatiladi. Bu
kompyuterlarning bog'lanish tartibi yoki standartidir.
Server: bu boshqa kompyuter yoki programmalarga xizmat ko'rsatadigan kompyuter yoki
programmadir. Ya'ni boshqa kompyuterlarga uzining fayllaridan foydalanishga ruxsat beruvchi
kompyuter Server xisoblanadi. Bitta kompyuterda bir nechta server ishlashi mumkin. Masalan,
FTP, WWW, elektron pochta serverlari.
Mijoz: Server resurslaridan va xizmatidan foydalanuvchi kompyuter yoki programmadir.
Xuddi Server kabi, bitta kompyuterda birdaniga bir nechta mijoz ishlashi mumkin. Masalan,
kompyuter fayl serverning mijozi bo'lishi mumkin (serverda joylashgan fayllardan foydalanishi),
shu bilan bir vaqtda elektron pochta programmasida ishlashi mumkin. Ya'ni bir necha serverning
mijozi bo'lishi mumkin.
Marshrutlashtiruvchi: (Router). Marshrutlashtiruvchi Internetda ma'lumotlar oqimini
qulay va yakin yo'l bilan manzilga etkazishni rejalashtiruvchi va amalga oshiruvchi
programmalar majmuidir.
Shlyuz: (Gateway) ma'lumotlarni uzatishning turli kaydnomalarini Internet foydalanadigan
elektron pochtaning oddiy kaydnomasi SMTP ga (Simple Mail Transfer Protocol-elektron
pochta uzatishning oddiy kaydnomasi) aylantiradigan kompyuter. Aslida shlyuz bu
programmalar majmuidir. Bunda shlyuz maksadida foydalanadigan kompyuterga katta talablar
kuyilmaydi. Buning uchun unda shlyuz vazifasini utaydigan programmalar bilan ishlash imkoni
bo'lsa, bo'ldi xolos. Demak, ilgaridan uz lokal kompyuter tarmog'ingizda biror sistema bilan
ishlab kelayotgan bo'lsangiz, uni Internetga ulamokchi bo'lsangiz ana shunday shlyuz
programmani o'rnatsangiz etarli.
Proxy: bir necha kompyuterning Internetga ulaniishni ta'minlovchi tizim. Proxy server
odatda ko'p ishlatiladigan resurslarni saqlash imkoniyatiga ega. Internet da ba'zi bir
ma'lumotlarga ko'pchilik murojaat qilgani uchun bu ma'lumotlarga oid serverga ulanish (navbat
katta bo'lgani uchun) sekin bo'lishi mumkin. Shuning uchun ko'pchilik murojaat kiladigan
serverlar nusxalari boshqa serverlarda xam saqlanadi. Bunday serverlar Proxy serverlar deyiladi.
Proxy serverdan foydalanish imkoniyati odatda programmalarni o'rnatishda e'tiborga olinishi
zarur. Xozirda ko'p Internet ma'lumotlarni ko'rish uchun MS Internet Explorerdan
foydalanganda, unda Proxy programmasi orqali foydalanish nazarda tutiladi.
URL: (Uniform Resource Locator) Internetra murojaat qilishning eng oddiy va qulay usuli
bo'lib, u manzilni ifodalaydi. URL adresidan ixtiyoriy foydalanuvchi foydalanishi mumkin. Ya'ni
bu adresdagi ma'lumotdan barcha foydalanuvchilar bir paytning uzida foydalanishi mumkin.
URL kuyidagi formatga ega
:
• bog'lanish exemasi> bu HTTP, FTP va Gopher lardir.
faylning uzokdagi kompyuter fayl sistemasidagi tulik
manzilini aniklaydi.Bu sxemaning ko'plab foydalanuvchilarga tanish bo'lgan boshqacha tasviri
shunday ko'rinishga ega.
Bog'lanish sxemasi: //mashina nomi/domen nomi/faylning tulik nomi.
Bog'lanish sxemasi nomi Internet kompyuter adresi bilan ikkita qiya chiziq bilan
chegaralanadi, u esa bitta qiya chiziq bilan faylning tulik nomi bilan ajratiladi. Ko'pchilik
xollarda URL HTTP, FTP va Gopheraap ko'rsatgan ko'rinishga ega.
URL ni batafsilrok tushunish uchun real misoldan foydalanamiz
HTTP:// www. youthcenter. com /index.html
Bu URL adres tarkibiy qismlarini ko'rib chikaylik:
HTTP resursdan foydalanishda gipertekst (HuperTeht Transfer Protocol) protokoli
ishlatilyapti.
www. youthcenter. com
Ushbu ma'lumot joylashgan Internet saxifa nomi
index.html faylning kompyuterdagi tula nomi.
Ko'pchilik WWW saxifalar nomlanishi shu sxemaga mos keladi. E'tibor bergan bo'lsangiz,
ba'zan HTTP, FTP yoki gopher tipidagi resurslarga murojaat kilinganda, faylning tulik nomi
bitta kiyshik chizik bilan tugallanadi. Bu anik faylga emas, balki belgilangan katalog ostiga
murojaat etilganda sodir bo'ladi. Bu adresga murojaat kilinganda, kompyuter mazkur katalog va
faylga mos standart indeksli faylni beradi. HTTP ningstandart indeksli fayli odatda index.html
(yoki index. htm)deb ataladi. Shu bilan birga u yana home.html, homepage.html, welcome.html
yoki deaulthtml deb atalishi mumkin.1997 yildan boshlab Uzbekistonda Internet Provayderlar
xizmat ko'rsata boshladi. Xozirgi kunda Uzbekistonda 40 dan ziyod Internet provayderlar
ishlamoqda. Ba'zi provayderlarning nomi va saxifa manzilini kuyida keltiramiz.
Provayder: Internetga bog'lanishni, uzatilgan elektron pochtani etkazishni va saqlashni
ta‘minlaydi. Bog'lanish uchun zarur narsalar bilan ta‘minlashi, sistemani sozlash bilan bog'liq
to'liq ko'rsatmalar berishi shart. Internetga bog'lanish uchun oldin serverga so`ngra butun
dunyoga bog'lanish mumkin
Internet Provayderni tanlash buyicha maslaxatlar
Internet tezligi va sifati Provayderga bog'lik. Shuning uchun Provayderni ganlashda
kuyidagilarni xisobga olish maksadga muvofik.
• Qaysi tarmoqlar bilan ma'lumot almashadi, tarmog'ning ma'lumotni utkaza olish
kobiliyati.
• FTP imkoniyatining berilishi.
• Aloqa tezligi va sifati, modemga telefon kila olish kobiliyati, provayder modemi turi (bir
xil korxona modemlari muntazam aloqani o'rnatadi).
• Texnik xizmat ko'rsatilishi.
Modem: Internetda yaxshi ishlash uchun modem (moduyator-demodulyator) ning tezligi
katta bo'lishi kerak. Eng kaimda ma‘lumotlarni uzatish va qabo'l qilish tezligi 28,8 Kb/sek.
bo'lishi shart. Modem ishlab chikaruvchi firmalar ichida eng ommabopi bu US Robotis bo'lib
ikki xil: Sportster-havaskorlar uchun va Courier-professionallar uchun modemlarini ishlab
chiqadi. Modemlar ikki tipda ichki va tashqi bo'ladi. Tashqi modem SOM porti orqali ulanadi.
Trafik: Internet aloqa kanallari orqali uzatilgan ma'lumotlar oqimi xajmi.
DNS server: DNS (Domain Name Servise - domen nomlar xizmati) - IP manzillar va
kompyuterlar domen nomlarini aniklovchi server. IP manzil va kompyuterlarning domen
ko'rinishidagi nomlari bilan ishlashni tashkil qilish uchun programma joylashtirilgan
kompyuterining IP manzili ko'rsatiladi.
U yoki bu serverning vaqtincha ishlamay kolishini yoki ular bilan bog'lanish kiyin
bo'lishini nazarda tutib, (sabablar turli bo'lishi mumkin) bir kancha DNS serverlarini ko'rsatish
mumkin.
Mirror serverlar: Ko'pchilikni qiziqtiruvchi serverlar odatda boshqa mamlakatlar
serverlariga xam joylashtiriladi. Bu esa mamlakatlarga yuboriladigan so'roqlarning xajmini
kamaytirishga va tegishli ma'lumotlarni (Internet saxifalarini) tez topishga imkon tug'diradi.
Odatda Mirror serverining borligi home page (uy saxifalarida)da o'z aksini topgan bo'ladi va
unga qarab qaysi server bilan ishlash qulayligi (tezligi) aniqlanadi va u tanlanadi.
Yuqori tezlikka ega bo'lgan uzatish kanallari: Internet ning muhim ko'rsatkichlaridan
biri u orqali istalgan xajmdagi ma'lumotlarni tez uzatishdir. Shuning uchun Internet telefon orqali
ishlaydi. Internet ajratilgan ijaraga olingan telefon yo'llari orqali o'rnatilgan bo'lsa, unda ishlash
tezligi yukori bo'ladi. Xozirgi kunda turli tezliklar bilan ishlovchi T1, T2, T3 tez ishlovchi
yukori tezlikli kanallar sistemasi mavjud.
Drayver - tarmoq adaptori bilan bevosita birxa arakat qiluvchi dastur.
Modul - Drayver, tarmoqdagi qo'llanish dasturlari va boshqa modullar bilan bilan birga
arakat qiladigan dastur.
Tarmoq interfeysi - kompyuterni tarmoqga ulovchi fizik qurilma – Ethernet kartasi.
Kadr - tarmoq interfeysini uzatadigan va qabo'l qiladigan ma'lumotlar bloki.
IP – paket - IP modulini tarmoq interfesi bilan almashadigan ma'lumotlar bloki.
UPD – deytagramma - IP moduli UPD moduli bilan almashinadigan ma'lumotlar bloki.
TCP - IP moduli bilan TCP moduli almashinadigan ma'lumotlar bloki.
qo'llanish ma'lumotlari - Transport darajasida tarmoq qo'llanish dasturlari bilan
protokollar almashinadigan ma'lumotlar bloki
Inkapsulyasiya (kapsula-«idish»ni yot organizmlardan xoli etish uchun tashkil etish
ma'nosini bildiradi) - Bir protokol xajmidagi ma'lumotlarni ikkinchi protokol xajmiga
joylashtirish usuli. Masalan IP paketini Enthenetga yoki TCP ni IP paketiga joylashuvi.
Internetga qanday bog'lanish mumkin.
Internet bir - biriga bog'langan kompyuterlar yagona tarmog'idir. Kompyuterlar bir - biri
bilan qanday bog'lanadi degan savol tugilishi tabiiydir. Internetga bog'lanishning bir nechta usuli
mavjud. Bog'lanish turlari o'zaro imkoniyatlari va ma'lumotlarni uzatish tezligi bilan farqlanadi.
Bog'lanish imkoniyati va tezligi Internetdan foydalanish narxini belgilaydi. Sifat va tezlik oshishi
bilan narx kutariladi. Bog'lanish turlarini narxi kamayishi tartibida keltiramiz:
1.To'g'ridan to'g'ri kirish (pryamoe podsoedinenie vkdelennaya liniya).
2.SLIP va RRR yordamida
3.«Chaqiruv» yordamida bog'lanish (Dialup Access, Dialup)
4.UUCP yordamida.
Internetga maxsus aloqa kanali orqali, yoki telefon tarmog'i orqali bog'lanish mumkin.
Bundan tashqari sun‘iy yuldosh orqali, Ethernet-radio, kabelli televidenie, elektr rozetkasi orqali
ham bog'lanish mumkin.
Windowsni Internetga ulanish uchun sozlash.
Modemning quruq o'zi Internetga bog'lana olmaydi. Buning uchun maxsus dastur kerak.
Bu dastur Udalyonny dostup k seti (Dial-up Networking) deb ataladi. Bu dastur modemni
boshqaradi, nomerlarni teradi, provayder serveri bilan aloqa o'rnatadi. Bu dasturni o'rnatish
zarur. Windows 98 da esa avtomatik ravishda o'zi o'rnatiladi. Faqat protokolni tanlash zarur.
Sobiq Ittifoq mamlakatlarida rus tilidagi aloqa o'rnatish qulayroq. Lekin bizda telefon
kabellari orqali aloqa o'rnatish juda ham yomon. Shuning uchun ma‘lumotlarni juda sekinlik
bilan olishimiz mumkin. Ikkinchi muammo bu til muammosi bo'lib, Rossiyada kirillcha harflarni
kodlashni yagona standarti yuq. Windowsda Windows-1251, Unix da KOI-8 kodirovkalari
ishlatiladi.
To'g'ridan to'g'ri bog'lanish
Bu usul tarmog'ning barcha imkoniyatlaridan tulik foydalanishga imkon beradi. Buning
uchun aloxida tarmoq ajratiladi. Uni odatda provayder ta'minlaydi.Kompyuteringiz server
vazifasini utaydi. Bu bog'lanishning eng sifatli usuli bo'lib juda kimmat baxolanadi.Siz bu xolda
Provayder sifatida ishlashingiz mumkin. Ya'ni Server yordamida maxalliy tarmog'dagi
kompyuterlarni Internetga bog'lashingiz mumkin. Xar bir kompyuter Internetning barcha
imkoniyatlaridan tula foydalanishi mumkin. Bunda ma'lumotlarni uzatish tezligi 10 Mb/sek.
To'g'ridan to'g'ri aloqani Radio Ethernet orqali amalga oshirish mumkin/Radio Ethernet
orqali bog'lanish radio kanal orqali bog'lanishdir. Bu bog'lanish radioantennalar yordamida
amalga oshiriladi. Bunda bog'lanish uchun tarmoq simlarining zarurati bo'lmaydi.Shuning uchun
bu bog'lanish uzok masofalarda xam aloqa bilan ta'minlaydi (Provaydergacha bo'lgan masofa 50
kmgacha bo'lishi mumkin). Ma'lumotlarni uzatish tezligi 11 Mbit/sek ga etadi. SarkorTelekom
provayderi shu usuddan foydalanadi.
SLIP va RRR orqali bog'lanish
SLIP va RRR oddiy telefon tarmoqlarida standart modem yordamida ishlovchi Interneg
programma ta'minotdir. SLIP (Serial Line Internet Protocol) va PPP (Point to Point Protocol) da
siz oddiy telefon tarmoqda ishlaysiz. Ish seansini tugatgandan sung telefon tarmoqni bushatasiz
va unda boshqa foydalanuvchi ishlaydi. SLIP va RRR ning yutugi shundaki, ular Internetga
to'g'ridan to'g'ri kirishga imkon beradi.SLIP bu oddiy telefon tarmog'i va modemdan
foydalanadigan Internet protokoldir.RRR bu SLIP ga o'xshash va undan keyinrok yaratilgan
protokoldir. Uning imkoniyaglari SLIPra nisbatan ko'prok, shuning uchun undan ko'prok
foydalaniladi.
«Chaqiruv» buyicha bog'lanish
«Chaqiruv» buyicha bog'lanish (Dial up access, Dial up) Internetga kirishga imkon beradi.
Bunda foydalanuvchi mantikiy nom (login) va parol yordamida Internetga to'g'ridan to'g'ri kirib
ishlash imkoniga ega bo'ladi. Bunda odatda bir tarmoqdan bir necha foydalanuvchi foydalanadi,
va shuning uchun- tarmoqning tezligi sustrok bo'ladi Internet bilan bog'lanish davomida uning
imkoniyatlaridan tula foydalanish mumkin. Chaqiruv buyicha bog'lanishni o'rnatish juda
oddiydir.Bu usulning narxi boshqa usullarga nisbatan kamrok bo'lganligi tufayli odatda undan
ko'prok foydalaniladi. Bu usuldan xonadonlarda foydalanish xam qulaydir.
"Chaqiruv buyicha" bog'lanishning sifatli usuli ISDN dir
ISDN (Integrated Service Digital Network) bu rakamli telefon tarmog'idir. U odatdagi
telefon tarmoqlaridan ma'lumotlarni uzatish tezligi bilan farqlanadi. ISDN yordamida Internetda
ishlash tezligi odatdagi telefon tarmog'iga karaganda 4.5 barobar oshadi. Bunda tezlik
128kbit/sekdir. ISDN ning narxi balanddir. ISDN turli ma'lumotlarni uzata oladi.Xozirgi kunda
uning ikki standarti mavjud. Bu V ISDN Broadband ISDN, ya'ni yukori tezlikli ISDN va ko`yi
tezlikli N1SDN.Xozirgi kunda Toshkent shaxrida bu tarmoqlar mavjud va ATSlar
iste'molchilarni ISDN bilan ta'minlamoqdalar.
UUCP yordamida bog'lanish
UNIX operasion sistemasi UUCP deb ataluvchi servisdan foydalanadi va ma'lumotlarni
standart telefon tarmoqlari buyicha uzatish imkoniga ega. UUCP faqat fayllarni bir sistemadan
boshqasiga uzata oladi, Internet pochtasi va USENET bilan ishlashga imkon beradi. UUCP keng
tarqalgan. Bu bog'lanish uchun telefon tarmog'i va modem zarur. UNIX programmasining
zarurati yuk.
Nazorat savollari:
1. Kompyuter tarmoqlari haqida ma’lumot bering.
2. Lokal tarmoq deb nimaga aytiladi?
3. Global kompyuter tarmoqlari deb nimaga aytiladi?
4. Ishchi stantsiya deganda nima tushuniladi?
5. Internet xalqaro tarmog‘i haqida ma’lumot bering?
6. Internetga qanday ulanish usullari mavjud?
7. Internetga ishlash qanday amalga oshiriladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |