Matematik lingvistika
XX asrning o‘rtalariga kelib tilshunoslikda bir qator lingvistik
tushunchalarni aniqlashtirish ehtiyojini matematik lingvistika yo‘nalishini yuzaga
keltirdi. Bu muayyan matematik apparatlardan foydalaniladigan tadqiqot usuli
bo‘lib, hozirgi kunda ushbu atama 2 xil fan sohasiga nisbatan qo‘llanmoqda:
1)
matematikaning bo‘limi bo‘lgan va mantiq, algoritm nazariyasi bilan bog‘liq
matematik lingvistika;
2)
lingvistika yo‘nalishi bo‘lgan va matematik usullardan foydalaniladigan
tadqiqot metodi ni o‘zida jamlagan soha ham matematik lingvistika.
Tilni matematik yo‘l bilan tasniflash Sossyurning tilga shu til egalarining nutqiy
faoliyati mexanizmi sifatida qarash ta‘limoti asosida yuzaga kelgan.
Nutqiy faoliyat natijasida ―to‘g‘ri matn‖ deb ataluvchi nutqiy birliklar ketma-
ketligi yuzaga keladi. Muayyan qonuniyatlarga bo‘ysungan ushbu birliklarni
matematik tavsiflash usullarini ishlab chiqish va o‘rganish bilan matematik
lingvistika fani shug‘ullanadi. Gapning sintaktik strukturasini tavsiflashda 2 xil
usuldan foydalaniladi: 1) sintaktik birlik sifatida amal qiladigan ishtirokchilarni
aniqlash; 2) gap tarkibidagi so‘zlarning tobelanish munosabatini tavsiflash. Bunda
metod Amerika struktur tilshunosligida
―Bevosita ishtirokchilar metodi‖ deb yuritilib, transformatsion grammatikaning
ko‘rinishi hisoblanadi.
Matematik lingvistikaning yana bir tarmog‘i formal grammatika nazariyasi bo‘lib,
u N.Xomskiy nomi bilan bog‘liq. Formal grammatika alohida matnlarni emas, bir
qancha to‘g‘ri matnlarni va qonuniyatlarni tavsiflash usullarini o‘rganadi. Ushbu
qonuniyatlar abstrakt simvollar orqali belgilanadi, bu esa generativ lingvistikani
yuzaga kelishiga olib keldi. Shuningdek, tilshunoslikdagi variantlilik nazariyasi,
invariat atamasi, tilshunoslikda keng qo‘llanayotgan statistik metodlar matematika
ta‘sirida vujudga kelgan bo‘lib, ular EHM yordamida turli tillarga tarjima
matnlarini, lug‘atlarini yaratish, chastotali lug‘atlar tuzish, matnni muayyan
tartibga solish kabi amaliy vazifalarni bajarishda nihoyatda katta ahamiyatga ega
bo‘lib bormoqda.
Nazorat uchun savollar:
1.Qadimgi hind tilshunosligi nima uchun dastlab sof amaliy ahamiyatga ega
bo‘lgan?
2.Tilshunoslar so‘z shakllarining qismlaridagi o‘xshash va noo‘xshash qismlarni
qiyoslash natijasida nimalarni aniqladilar?
3.Dastlabki tuzilgan lug‘atlar, grammatikalar va ularni kimlar tuzgan?
4.So‘zlar qanday turkumlarga bo‘lingan va qanday grammatik kategoriyalar
aniqlangan?
5.Kim yaratgan grammatikaning bir necha izdoshlari bo‘lgan va nima uchun?
6.Gapga kimlar yuqori baho bergan va nima uchun?
Mavzuga oid adabiyotlar
1.
Irisqulov M.T. Tilshunoslikka kirish. - T., 2009.
2.
Yo‘ldoshev I., Muhamedova S., Sharipova O‘., Madjidova R. Tilshunoslik
asoslari. - T., 2013.
3.
Nurmonov A., Iskandarova SH. Umumiy tilshunoslik. - T., 2007.
4.
Rasulov R. Umumiy tilshunoslik. - T., 2010.
5.
Шарафутдинова Н.С. Теория и история лингвистической науки. - M.,
2007.