15-Ma’ruza. Tilshunoslikning zamonaviy yo’nalishlari
(2 soat)
Reja:
1.
Lingvopoetika.
2.
Psixolingvistika.
3.
Etnolingvistika.
4.
Sotsiolingvistika.
5.
Mentalingvistika.
6.
Neyrolingvistika.
7.
Matematik lingvistika.
8.
Kognitiv lingvistika (kognitologiya)
Tayanch so’z va iboralar:
lingvopoetika, psixolingvistika, etnolingvistika,
sotsiolingvistika, mentalingvistika, neyrolingvistika, matematik lingvistika, kognitiv
lingvistika
Lingvopoetika
Til tinglovchiga ta‘sir qiladigan qudratli vosita bo‘lgani uchun tilshunoslik
fani adabiyot bilan uzviy bog‘liq va bu lingvopoetika fanini yuzaga keltirgan.
Lingvopoetika - badiiy asarlarda qo‘llanilgan lingvistik birliklarning badiiy- estetik
vazifalarini, tilning konnotativ funksiyasini o‘rganadi. Badiiy til keng qamrovli
ob‘ekt sifatida funksional darajalangan qismlarga, fragmentlarga bo‘linish
xususiyatiga ega. Biroq amalda ushbu ob‘ektning ayrim fragmentlarigina badiiy
nutq tahliliga beriladi. Demak, badiiy nutq keng tushuncha bo‘lib, badiiy asar tili
badiiy nutqning bir ko‘rinishi, bir fragmenti hisoblanadi. U tilning ekspressiv
funksiyasini o‘z ichiga olgani uchun, til sistemasining barcha sath birliklarining
badiiy-estetik funksiyasini qamrab oladi. Shundan kelib chiqib, lingvopoetika
fonetik poetika, leksik poetika, sintaktik poetika kabi turlarga bo‘linadi.
Lingvopoetikaning vazifasi ushbu sohalarni alohida-alohida o‘rganish va ularning
o‘zaro munosabatini ham yoritib berishdan iborat.
Jumladan, fonetik-fonologik sathda bir xil tovushlar bir xil bo‘g‘inlarning
takrorlanib kelib, assonans (bir xil unlilarning takrorlanib kelishi), alliteratsiya (bir
xil undoshlarning takrorlanib kelishi) hodisalarini yuzaga keltirishi hamda
ta‘sirchanlikni yuzaga keltiruvchi vosita sifatida xizmat qilishi o‘rganiladi.
hodisalarini bunga Masalan,
Odamiy ersang demagil odami, onikim yo‘q xalq
g‘amidin g‘ami
(A.Navoiy) aforizmidagi
o
tovushining takrorlanib kelishi
assonans hodisasi,
Derazamning tagida bir tup o‘rik oppoq bo‘lib gulladi
(H.Olimjon) she‘rida
oppoq
so‘zida
p
tovushining alohida ohang bilan takror
aytilishi,
Qaro qoshing, qiyiq qoshing, quyuq qayrilma qoshing, qiz,
Qilib qatlimg ‘a qasd, qilich qayrab qotil qaroshing, qiz.
Qafasda qalb qushin qiynab, qanot qoqmoqqa qo ‘ymaysan,
Qarab qo‘ygin qiyokim, qalbni qizdirsin quyoshing, qiz.
(E.Vohidov) she‘rida
q
tovushining
takrorlanib
kelishi
nutqning
ifodaviyligini
oshirib,
kuchli
ta‘sirchanlikni yuzaga keltirgan.
Leksik sathda leksemalarning ko‘chma ma‘nolarda qo‘llanishi (masalan,
Aqlu
balog‘atning shotilaridan yuksala beringiz sekundlar sayin
(G‘.G‘ulom) she‘ridagi
shoti
so‘zi bosqich ma‘nosida ishlatilgan ) sintaktik sathda esa gap bo‘laklarining
joylashishi, gap tarkibida bir xil bo‘laklarning takrorlanib kelishi (masalan,
Aziz
asrimizning aziz onlari aziz odamlardan so ‘raydi qadrin
(G‘.G‘ulom) she‘rida
aziz
so‘zining takror kelishi,
Rozimasman bir yosh tomsa ko ‘zimdan, rozimasman
sal rang ketsa yuzimdan, Yo ‘l oshsam-u, sal yashashdan adashsam, rozimasman
unda tamom o ‘zimdan
(H.Olimjon) she‘rida
rozimasman, sal
so‘zlarining,
Har
bahorda shu bo ‘lar takror, har bahor ham shunday o ‘tadi
misrasida
har bahor
birikmasining takror qo‘llanishi kabi hodisalar badiiy nutqda ta‘sirchanlikni
orttiruvchi vosita sifatida xizmat qiladi.