PTVM-30 (KVGM-30-150M) suv qizdirish qozoni.1-tozalovchi qurilma; 2-konvektiv shaxta; 3-konvektiv qizdirish yuzasi; 4- gaz-mazutli gorelka; 5-o'txona kamerasi; 6-buriluvchi kamera
Qozon oltita gaz-mazutli gorelka bilan jihozlangan, ularning har biri o'txonaning yonlama devoriga uchtadan o'rnatilgan. Qozonlarni yuklamasini rostlash diapazoni nominal unumdorlikni 30...100% ini tashkil qiladi.
Unumdorlikni rostlash ishlab turgan gorelkalarni sonini o'zgartirish bilan amalga oshiriladi. Tashqi qizdirish yuzasini tozalash uchun tozalovchi qurilma 1 o'rnatilgan. Pitra maxsus havo haydagichdan pnevmotransport yordamida yuqorigi bunkerga ko'tariladi. Qozonda so'rish dmasos yordamida ta'minlanadi, havoni uzatish esa-ikkita ventilyator yordamida amalga oshiriladi. Qozonning quvurlar tizimi karkas ramkasiga suyaladi. Umumiy qalinligi 110 mm bo'lgan engillashtirilgan obmurovka bevosita ekran quvurlariga mahkamlanadi. Qozon gazda ishlaganda uning FIK 91% ni, mazutda ishlaganda 88% ni tashkil qiladi.
PTVM-50 va 100 suv qizdirish qozonlari. PTVM-50 va 100 (1.5-rasm) qozonlari minorali komponovkaga ega va to'g'ri burchakli shaxta shaklida tayyorlangan, shaxtaning pastki qismiga to'liq ekranlangan o'txona kamerasi joylashtirilgan. Ekranli yuzalar diametri 60x3 mm bo'lgan quvurlardan tayyorlangan va ikkita yonlama, frontal va orqa ekranlardan tashkil topgan. Yuqoriga (o'txona kamerasini ustiga) konvektiv qizdirish yuzalari joylashtirilgan, ular diametri 28x3 mm bo'lgan quvurlardan zmeevikli paketlar shaklida tayyorlangan. Zmeeviklarning quvurlari vertikal kollektorlarga payvandlangan. PTVM-50 qozoninig o'txonasi alohida purkovchi ventilyatorli o'n ikkita gaz-mazutli gorelka bilan jihozlangan. Gorelkalar yonlama devorlarga (har bir tomonda oltitadan) balandligi bo'yicha ikki yarusli qilib joylashtirilgan. PTVM-100 alohida ventilyatorli o'n oltita gaz-mazutli gorelkaga ega.
Har bir qozonning ustiga tutun quvuri o'rnatilgan bo'lib, u tabiiy tortishni ta'minlaydi. Quvur karkasga suyaladi. Qozonlar yarim ochiq holda o'rnatiladi, shuning uchun xonada faqatgina uning pastki qismi (gorelkalar, armatura, ventilyatorlar va hokazo) joylashtiriladi, qozonning qolgan barcha elementlari ochiq havoda joylashtiriladi. Qozondagi suv nasos yordamida sirkulyasiya qilinadi. Suvning sarfi qozonning ish rejimiga bog'liq: qish mavsumida suv sirkulyasiyasini to'rt yo'lli sxemasi qo'llaniladi va bunda ish rejimi asosiy qabul qilinadi (1.6, a-rasm), yoz mavsumida ikki yo'lli va ish rejimi cho'qqili (1.6, b-rasm) qabul qilinadi. Sirkulyasiyaning to'rt yo'lli sxemasida suv issiqlik tarmog'idan bitta pastki kollektorga uzatiladi va ketma-ket barcha elementlardan o'tadi, ko'tarilib-tushish harakatini bajarib bo'lgandan so'ng pastki kollektor orqali issiqlik tarmog'iga uzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |